Hisoblash texnikasida axborotni qayta ishlashning arifmetik asoslari Reja


Download 21.56 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi21.56 Kb.
#1761795
Bog'liq
Hisoblash texnikasida axborotni qayta ishlashning arifmetik asoslari


Hisoblash texnikasida axborotni qayta ishlashning arifmetik asoslari
Reja:

  1. Axborot tashuvchi vositalar

  2. Elektron hisoblash mashinalari

  3. Oʻzbekistonda Hisoblash texnikasiga doir ilmiy tadqiqot ishlari

Ko`rinishni berish – bu rasmlar orqali konstruktorlik g`oyalarni hosil qilish, kinofilmlar yaratish, gramplastinkalar ishlab chikish va hakozalardan iborat. Insonlarning kuzatish natijalari va egallagan bilimlarini bir ko`rinishdan boshqa ko`rinishga o`tkazilishi-bu axborotlarni qabul qilish yoki saqlash va ishlash uchun juda qulaydir.
Tavsiflash– buni modellashtirish yoki model yasash ma`nosida tushunish mumkin. Bu qanaqa model, u ganday ko`rinishda ifodalanganligi qo`yilgan aniq masalaga, uning tiliga va usuliga bog`liq bo`ladi.
Masalan, fizik fotoplastistinka elementar zarrachalarining qoldirgan trayektoriyasini o`r-gana turib, formula va tenglamalardan iborat matematik modelni yaratadi, ruxshunos esa inson-larni turli vaziyatlardagi holatlarini tavsiflovchi model hosil qiladi. Har bir inson o`zining ish faoliyati davomida u yoki bu ko`rinishda modellashtirish bilan yoki kelayotgan, chiqayotgan axborotlarni tasvirlash bilan shug`ullanishadi.
XX asrda fan-texnikaning va sanoatning rivojlanishi natijasida hosil bo`ladigan va saqlanadigan axborotlar hajmi shu darajada ortib ketdiki, natijada ularning hammasini insonlar qabul qilishi, saqlashi va qayta ishlashi mumkin bo`lmay qoldi. Hosil bo`layotgan axborotlarni sinflarga bo`lish, saqlash, axborotlarni harakatlanish qonuniyatini yaratish muammosi hosil bo`ldi. Bu muammoni hal qilish uchun olib borilgan izlanishlar natijasi sifatida informatika deb atalmish fan paydo bo`ldi. Boshlang`ichbosqichda informatika kutubxona ishining bazasi hisoblangan va ko`p yillar yordamida uni mukammallashtirish nazariyasi va amaliyoti bilan shug`ullanib kelgan.
Informatika o`rganilayotgan obyekt va u to`g`risidagi bilimlar oralig`idan joy egallab qoladi. Haqiqatan ham, inson atrof muhitni o`rgana turib, axborot oladi, uni biron narsaga belgilab, yozib yoki saqlab qo`yadi. Axborot tashuvchi sifatida adabiyot, magnit lentalar, kartalar, sxemalar ishlatilishi mumkin. Axborotlarni qayta ishlash orqali, bizni o`rab turgan dunyo to`g`risida bilimga ega bo`lamiz, natijada yangi izlanish usullarini yaratish, yangi axborotlarga ega bo`lish, ularni saqlash, qayta ishlash va hokazo imkoniyatlar hosil bo`ladi.
Axborotlarni yig`ish, saqlash, qayta ishlash va tasvirlashning samarali usullarini yaratish informatikaning asosiy maqsadlaridan biri bo`lib qoldi. Asrimizning 50-yillarigacha masalaning bunday qo`yilishi haqiqat bo`lib, axborotlarni yig`ish va qayta ishlash usullari bo`yicha umumiylik yo`qdek edi. Tibbiyotda, geografiyada, fizikada, filosofiyada va boshqa sohalarda axborotlarni yig`ish va qayta ishlashda bog`liqlik yo`q edi. Ko`pchiliklarning fikricha matematika bilan fizika, ximiya bilan tibbiyot o`rtasida bog`liqlik borligi tan olinar edi. Kompyuterlarning paydo bo`lishi bilan bu holat tezlik bilan sezilarli darajada o`zgardi.

Ko`pchilikka ma`lumki, birinchi EHM (electron hisoblash mashinalari) atom fizikasida, uchish va raketa texnikasida hisoblash ishlarini bajarish uchun yaratilgan. Keyinchalik ularni boshqa sohalarda: qishloq xo`jaligida, sanoatda, boshqarish sistemasida, tibbiyotda, o`quv jarayonlarida va hokazolarda qo`llanilishi yangi sanoat sohasi – axborotlarni elektron qayta ishlash usullari va vositalari sohasi yaratilishiga va uni tez sur`atlar bilan rivojlanishiga asos bo`ldi.
Yangi elektron hisoblash mashinalari, ular bilan muloqot qilishning yangi vositalari va usullari yaratildi. Hisoblash texnikalari ishlab chiqa-radigan sanoat korxonalari qurildi. Birinchi EHM lari hisoblash masalalarini yechish uchun yaratilgan, keyinchalik sonli, matnli, grafik va boshqa axborotlarni ham qayta ishlovchi kompyuterlar yaratila boshlandi.Hisoblash texnikasi barcha sohalarda o`zining samaradorligini, keng imkoniyatli ekanligini va qulayligini ko`rsatdi. Kompyuter va ular bilan muloqot qilish usullarini va metodlarining rivojlanishi natijasida, ularning qo`llanilish sohalari kengayib bormoqda.
Hozirgi kunda kompyuterlar barcha sohalarda, shu jumladan sanoatda, qishloq xo`jaligida, ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida, fan texnikada, tibbiyotda, o`quv jarayonlarida keng qo`llanilib kelinmoqda.
Ma`lumotlarni qayta ishlash tajribaning asosiy ajralmas qismi hisoblanadi. Axborotlarni qayta ishlash algoritmlari olimlar va mutaxassislar tomonidan tayyorlanadi. Dastur tuzuvchilar bilan birgalikda ular kompyuter uchun ma`lumotlarni qayta ishlovchi dasturlar tuzishadi. Algoritmlar yaratish va ular asosida kompyuter uchun dastur tuzish – ana shu bosqichning eng aso-siysi hisoblanadi. Keyingi bosqichda tekshirish uchun ma`lumotlarni qulay ko`rinishda ifodalash va chiqarish dasturlaridan foydalaniladi. (grafiklar qurish, jadvallar yaratish, ishchi rasmlarni tasvirlash chizish va hokazo). Ma`lumki, bunday dasturlar aniq sohaga mo`ljallanmagan va ular yetarlicha universal hisoblanadi. Amaliyot shu narsani ko`rsatdiki, kompyuterlardan foydalanish natijasida ishlab chiqarishda va fan texnikada mehnat samaradorligi ortadi, ilmiy-texnik progressga juda kuchli ta`sir etadi. Kompyuterlarning rivojlanishida asosan uchta bosqichni ajratish mumkin: hisoblash, umumiy informasion va intellektual. Fan va texnologiya hozirgi vaqtda uchinchi bosqichda, ya`ni mashina intelektualining rivojlanish bo`sag`asida turibdi. Mashina intellekti hayotga aqliy mehnat kishilari bajaradigan ishlarni bajaruvchi kompyuterlar ko`rinishida kirib bormoqda. Yangi mashianalar ishlab chiqiladi, ko`plab mukammal dasturlar yaratiladi, mashina intellekti o`sadi, ya`ni bizni o`rab turgan olamni anglash va tekshirish uchun imkoniyatlar hosil bo`ladi.
Zamonaviy informatikani quyidagi 3 yo`nalishi tashkil etadi: 1) Axborotlarni avtomatik yig`ish, saqlash, ishlash va uzatish usullari va algoritmlarini yaratish; Hisoblash texnikasi - hisoblash jarayonlarini, axborotlarni toʻplash, saqlash va uzatish masalalarini hal qilishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalari majmui; texnikannng hisoblash mashinalari va qurilmalarini ishlab chiqish, tayyorlash va ishlatish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi. Vaqtni hisoblash, yer maydonlarining sathini aniqlash, savdosotiq hisoblari va boshqa yumushlar bilan bogʻliq masalalar qadimdan maʼlum. Hisoblashlarni mexanizatsiyalashtiruvchi dastlabki sodda qurilmalar — abak, xitoy choʻti va oddiy hisoblash masalalarini yechish qoidalari miloddan avvalgi vujudga kelgan. Neper shkalasi, logarifmik lineyka, B.Paskalning (Fransiya) arifmetik mashinalariga oʻxshash hisoblash qurilmalari 17-asrdayoqmaʼlum edi. 18— 19-asrlardagi sanoat inqilobi Hisoblash texnikasi rivojlanishiga turtki boʻldi. 1833-yilda ingliz olimi Ch.Bebbij arifmetik va xotira qurilmali dasturli boshqariladigan katta arifmometr — "analitik mashina" loyihasini ishlab chiqdi, lekin uning loyihasi 100 yil dan keyingina muhanlislar diqqatini oʻziga jalb qildi. 1944-yil AK,Sh da elektromagnit releda ishlaydigan "MARK-1" dasturli boshqariladigan raqamli hisoblash mashinasi (RHM) qurildi. 20-asr 40-yillarida dasturli boshqariladigan elektron RHMning yaratilishi Hisoblash texnikasi taraqqiyotida keskin burilish yasadi. Keyinchalik RHMning texnik parametrlari takomillashti-rilib borildi, ularning ishlash tezligi va xotira hajmi bir necha marta orttirildi. 1950-yilda Ukraina Fanlar akademiyasi akademik S.A.Lebedev rahbarligida birinchi elektron RHM "MESM" (kichik elektron hisoblash mashinasi) qurildi. 1953-yilda S.A.Lebedev rahbarligida Aniq mexanika va hisoblash texnikasi institutida "BESM" (tez ishlaydigan elektron hisoblash mashinasi) yaratildi. Elektron texnikasining rivojlanishi Hisoblash texnikasi ning tez takomilla-shishiga sabab boʻldi. Dastlabki EHM lari lampali boʻlgan, keyinchalik ular yarimoʻtkazgichlardan tayyorlana boshladi. Bunday EHMlarning bir necha avlodi yaratildi. Hozir asosan kompyuterlar ishlatiladi (qarang Kiber-netika).
Axborotlarni qayta ishlash tizimlarida, kemalar, samolyotlar, kosmik obʼyektlar va boshqalarning koordinatlarini tez va aniq belgilashda, kutubxonalardagi jarayonlarni va bibliografik ishlarni mexanizatsiyalashda, bank, omonat kassalar va boshqa moliya muassasalarining ishlarni markazlashtirishda Hisoblash texnikasidan keng foydalaniladi.
Oʻzbekistonda Hisoblash texnikasiga doir ilmiy tadqiqot ishlari Kibernetika instituti, Oʻzbekiston milliy universiteti, Toshkent texnika universitetida olib boriladi. SHuningdеk, rivojlangan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etishning muhim shartlaridan biri ham ularning zamonaviy ta’lim tizimini nеchog‘lik rivojlantira olganligiga bog‘liq ekanligi bеjiz emas. Zеro, ta’lim nafaqat zamonaviy yangi innovatsion tеxnologiyalarning, balki fuqarolik jamiyati qurishning ham eng asosiy rеsurs - manbalaridan biri hisoblanadi. Muhimi, ta’lim alohida olingan insonning rivojlanishiga , uning har tomonlama barkamol bo‘lishiga qaratilgan bo‘lib, uning o‘zini-o‘zi anglashida asosiy o‘rin tutadi.SHuning uchun ham har bir davlatning rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsataoladigan omillardan biri ta’lim tizimini takomillashtirish, zamonaviy yangi innovatsion tеxnologiyalardan foydalanish, uni islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri dеb qarash taomilga kirgani bеjiz emas. Davlatimiz rahbari tomonidan 2010 yil 12 noyabrda “ Mamlaktimizda dеmokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsеpsiyasi” ishlab chiqildi. Konsеpsiyada ilgari surilgan dеmokratik islohotlarni chuqurlashtirish va yangi pog‘onaga olib chiqishga qaratilgan konsеptual tashabbuslarni profеssor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar o‘rtasida kеng muhokama qilish, uning mazmun mohiyatini chuqur o‘rganish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv-uslubiy majmua yaratildi. Unda Konsеpsiyani oliy ta’lim tizimida kеng va atroflicha o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv dasturi, o‘quv qo‘llanma, ta’lim tеxnologiyasi, nazorat savollari, tеstlar, glossariylar jamlangan. Ta’lim tizimida uyg‘unlik tamoyili 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da aniq va yorqin ko‘rsatilgan.
Hozir bizning mustaqil davlatimizda ta’lim jarayoni ana shu asosda olib borilmoqda. Ilmning ta’limga xizmati hamda ta’limga joriy etilishi masalasi qanday ahvolda dеgan savolga javob sifatida quyidagilarni aytib o‘tish mumkin. Ilmning maqsadi ta’limga xizmat qilish, ta’limni takomillashtirish, yaxshilashdan iborat. XXI asr intеllеktual boylik asri. Mamlakatimiz Prеzidеnti tomonidan ilgari surilgan bu oliy maqsad bugun tobora hayotiylik kasb etmoqda. Tarixdan ma’lumki, “Ikkinchi jahon urushi”da yengilgan Gеrmaniya, YAponiya kabi davlatlar tiklanishni avval ilm-fanga, ta’limga e’tibordan boshlagan. Mamlakat xavfsizligini, milliy manfaatlarini himoya qilishga ham ana shu vazifalar nuqtai nazaridan qaraladi. CHunki YUrtboshimiz milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan zararli g‘oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib bеrish, fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etishini qayta-qayta ta’kidlaydi. Bu o‘ta murakkab va mas’uliyatli jarayonni og‘ishmay amalga oshirishda milliylik va zamonaviy yangi innovatsion tеxnologiyalar uyg‘unligini ta’minlash uzluksiz ta’limning barcha tizimlarida bo‘lishi oliy ta’limda juda katta mas’uliyat talab etadi. Ta’lim tizimi izchil va barqaror sur’atlar bilan o‘sishi, salohiyat va imkoniyatlarimizning kuchayishi hamda ta’lim-tarbiya sohasiga ajratilayotgan mablag‘lar yanada ortib borishi muqarrar. Bugungi kunda yangi qurilayotgan va foydalanishga topshirilayotgan maktablar, litsеy, kollеj va oliy o‘quv yurtlarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, yangi avlod darslik va qo‘llanmalarini yaratish, o‘quv jarayoniga ilg‘or tеxnologiyalar, intеrnеt tizimini kеng joriy etish, o‘qituvchilar va murabbiylar mеhnatini munosib baholash tizimi samaradorligini yanada oshirish kabi dolzarb masalalar bizning yaqin va kеlgusi rеjalarimizda, hеch shubhasiz, katta o‘rin tutadi. Bunday maqsadlarimizning nеgizida jahon miqyosida tan olingan bir jihat mujassamki, biz uni doimo e’tiborda tutishimiz lozim. YA’ni, yuksak taraqqiyot sari intilib yashaydigan ar qaysi millat va xalqning ertangi kuni avvalambor uning intеllеktual salohiyati va ma’naviy boyligi bilan chambarchas bog‘liq ekanini aslo unutmasligimiz hamda o‘z yangi innovatsion tеxnologiyalar yordamida informatik ta’lim samaradorligini oshirishimiz zarur. Yangi innovatsion tеxnologiyalar pеdagogik jarayon hamda o‘qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda intеraktiv mеtodlardan to‘liq foydalaniladi. Intеraktiv mеtodlar - bu jamoa bo‘lib fikrlash dеb yuritiladi. Bu mеtodlarninig o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pеdagog va o‘quvchitalabalarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi bilan amalga oshiriladi. Pеdagogik tеxnologiya faqat axborot tеxnologiyasi bilan bog‘liq bo‘lib qolmasdan, balki, kompyutеr, masofali o‘qish, turli yangi innovatsion tеxnologiyalardan samarali foydalanish bilan bеlgilanadi. Yangi innovatsion tеxnologiyalar yordamida informatik ta’limning eng asosiy nеgizi – bu o‘qituvchi va o‘quvchi-talabaning bеlgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan tеxnologiya tushuniladi.

Xulosa:


O‘qitish jarayonida maqsad bo‘yicha kafolatlangan natijaga erishishida qo‘llaniladigan har bir ta’lim tеxnologiyasi o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o‘quv jarayonida o‘quvchi-talabalar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o‘zlari xulosa chiqara olsalar, o‘zlariga, guruhga, guruh ularga baho bеra olsa, o‘qituvchi ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida. (O’zbekiston Respyblikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017 y.)
2. http://www.kompy.info/informatika-va-axborot-texnologiyalari.html 14. https://www.sketchpad.net/basics4.htm
3. https://studme.org/97174/informatika/kodirovanie_chisel 16. http://library.ziyonet.uz/uz/book/download/71756
4. https://www.yaklass.ru/p/informatika/10-klass/
5. https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/muso-al-xorazmiy-783-850/
Download 21.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling