Moliyaviy risklar va ularni minimallashtirish usullari
Download 38.68 Kb.
|
Zarmasov Fayoz Kurs ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Kirish
MOLIYAVIY RISKLAR VA ULARNI MINIMALLASHTIRISH USULLARI REJA: Kirish 1. Moliyaviy risklar va ularni tasniflanishi. 2. Moliyaviy risklarning korxona faoliyatiga ta’sir. 3. Moliyaviy risklarni boshqarish va minimallashtirish usullari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Kirish Moliyaviy risklar nazariyasi moliya sohasida yuzaga keluvchi xavf-xatar va risklarni tasniflash sohasida kasbiy bilim beruvchi, bo‘lg‘usi moliyachilarni mazkur risklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirishga yo‘naltiruvchi, hamda risklarni baholash va boshqarishning asosiy qonunlarini o‘rgatuvchi fandir. Ma’lumki, moliya sohasida risklarni minimallashtirishga risk strategiyasini ishlab chiqish orqali erishish mumkin. Moliyaviy risklarni boshqarish tizimi riskning yuzaga kelishini oldindan xom-cho‘t qilish, risk tufayli yuzaga keladigan salbiy xolatlarga yo‘l qo‘ymaslik yoki ularning ta’sirini kamaytirish borasida chora-tadbirlar, usullar yig‘indisini o‘z ichiga oladi. Moliyaviy risklarni boshqarish tizimining obyekti moliya sektori faoliyatida yuzaga keluvchi risklar bo‘lsa, uning subyekti sifatida riskga o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi guruh, moliya sohasi hodimi yoki menejeri hisoblanadi. Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish uchun bank faoliyatini chuqur bilish, moliyaviy korxonalari bajaradigan operatsiyalarning samaradorligini aniqlay bilish, banklarning kredit, investitsiya, valyuta siyosati va boshqa faoliyatlari bo‘yicha optimal qarorlar qabul qilishga erishish, mijozlarning xo‘jalik faoliyati va ularning moliyaviy ahvoli, tarmoqlar faoliyatining xususiyatlari va boshqalarni bilish lozim. Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyasi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning barcha imkoniyatlaridan to‘la foydalanish, korxonalarni rivojlantirish istiqbollarini belgilab berish va moliyaviy risklarni oldini olib banklar faoliyatining samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Hozirgi paytda O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayoni moliya-bank sektorini barqaror faoliyat yurituvchi tizimini yaratishni ko‘zda tutadi. Chunki moliya-bank sektori bozor infratuzilmasining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ularning barqarorligi davlat ahamiyatiga egadir. Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida barcha xo‘jalik subyektlari qat’iy yo‘riqnomalar, buyruqlar, me’yoriy xujjatlar bo‘yicha faoliyat olib borganligi uchun risk va uning darajasini o‘ylashga to‘g‘ri kelmasdi. Oldindan qancha foyda olish yoki zarar ko‘rish mumkinligi aniq bo‘lar edi. Ko‘rilgan zarar odatda, korxonaning yuqori tashkiloti yoki vazirlik tomonidan, ba’zi hollarda turli xil yo‘qotishlar bilan birga budjet mablag‘lari hisobidan qoplanardi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko‘rsatish korxonalardan faoliyatning yuqorida keltirilgan tamoyillarini o‘zgartirishni talab qiladi. Zamonaviy moliya-bank tizimini risksiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Moliya sohasini risksiz operatsiyasi yo‘q, uning barcha operatsiyalari risk bilan bog‘liq bo‘lib, ularning darajasi operatsiya turiga qarab har xil bo‘lishi mumkin. Moliya-bank amaliyotida riskni umuman yo‘q qilish mumkin emasligi bois, uni oldindan ko‘ra bilish, uni kamaytirish choralarini ko‘rish lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida risk bu – tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi eng asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Riskning o‘ziga xos xususiyatlari bu - noaniqlik, kutilmagan xolat, ishonchsizlik va tahmin. Siyosiy va iqtisodiy nobarqarorlik sharoitida risk darajasi oshadi. Riskning ikkita funksiyasi bor: rag‘batlantiruvchi va himoyalovchi. Riskning rag‘batlanturuvchi funksiyasining ikkita jihati bor, ya’ni konstruktiv va destruktiv. Konstruktiv jihati shunday bir holatda yuzaga keladiki, bunda risk iqtisodiy qarorlarni hal qilishda katalizator rolini o‘ynaydi, ayniqsa innovatsion, investitsion qarorlarni qabul qilishda. Destruktiv ko‘rinishi esa asoslanmagan risk bilan qabul qilingan va amalga oshirilgan qarorlar natijasida yuzaga keladi. Riskning himoyalovchi funksiyasi ham ikki jihatga ega: tarixiy-genetik va ijtimoiy - huquqiy. Tarixiy-genetik jihati shundan iboratki, insonlar doimo stixiyali tarzda kutilmagan noxush voqealardan o‘zlarini asrash shakllari va vositalarini izlaydilar. Amaliyotda bu sug‘urtalangan rezerv fondlarini tashkil etish, tadbirkorlik risklarini sug‘urtalash kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy-huquqiy jihati esa, xo‘jalik, mehnat, jinoiy qonun hujjatlari to‘plamida risk kategoriyalarini joriy qilishda namoyon bo‘ladi. Bulardan tashqari riskning yana quyidagi xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular qarama-qarshilik, alternativlilik va noaniqliklardir. Download 38.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling