Moliyaviy risklar va ularning tasniflanishi topshirdi: karimbekova a. R tekshirdi: xidirov n moliyaviy risklarning iqtisodiy mohiyati va tasniflanishi


Moliyaviy risklarni bartaraf etishning mexanizmlari


Download 7.67 Kb.
bet7/7
Sana09.01.2022
Hajmi7.67 Kb.
#259447
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Moliyaviy risklar va ularning tasniflanishi topshirdi karimbeko-hozir.org

Moliyaviy risklarni bartaraf etishning mexanizmlari

Korxonalar miqyosida moliyaviy risklarni bartaraf etishning ichki va tashqi mexanizmlari keng qoʻllaniladi. Bunda moliyaviy risklarni bartaraf qilishda ichki mexanizmlari sifatida risklardan qochish, moliyaviy operatsiyalar boʻyicha chegaralar belgilash, diversifikatsiyalash, risklarni taqsimlash va boshqa metodlarni keltirish mumkin.

Risklarni bartaraf etishda korxonada quyidagilarda e’tibor qaratiladi:


  • Risklilik darajasi yuqori boʻlgan moliyaviy operatsiyalardan voz kechish;

  • Shartnoma majburiyatlarini buzib kelayotgan hamkorlardan voz kechish;

  • Yuqori miqdordagi qarz kapitalidan foydalanishdan voz kechish;

  • Past likvidli aylanma aktivlardan foydalanishdan voz kechish;

  • Vaqtincha boʻsh pul mablagʻlaridan qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarda foydalanishdan voz kechish.

      Diversifikatsiyalash amaliyoti bevosita risklarni taqsimlash imkoniyatini

      yuzaga keltiradi va bu jarayon quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin:


  • Moliyaviy faoliyat turlarini diversifikatsiyalash;

  • Risklarni investitsion loyiha ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash;

  • Xomashyo va materiallar boʻyicha risklarni yetkazib beruvchilar va xaridor oʻrtasida taqsimlash;

  • Lizing munosabatlarida asosiy vosita ma’naviy eskirishini lizing oluvchi va lizing beruvchi oʻrtasida taqsimlash.

Shuningdek, moliyaviy risklarni bartaraf etishda boshqa metodlar sifatida quyidagilarni ham keltirish mumkin:


  • Moliyaviy jarimalar yoki chegirmalar qoʻllash;

  • Kafolatlar olish;

  • Fors-major holatlari roʻyxatini qisqartirish.


http://hozir.org
Download 7.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling