Moliyaviy savodxonlik va uni moliyaviy qarorlarni qabul qilishdagi o’rni mavzusida testlar


Download 20.96 Kb.
Sana20.10.2023
Hajmi20.96 Kb.
#1714143
Bog'liq
2-mavzu test


Moliyaviy savodxonlik va uni moliyaviy qarorlarni qabul qilishdagi o’rni mavzusida testlar

  1. Moliyaviy savodxonlik nima?

a) Oqilona moliyaviy qarorlarni qabul qilish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma, xulq-atvor va munosabatlar majmuyi.
b) Shaxsiy moliyaviy farovonlikka erishish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma, xulq-atvor va munosabatlar majmuyi.
c)Bu bozordagi vaziyatni to'g'ri baholash va oqilona qarorlar qabul qilish imkonini beradigan moliya sohasidagi bilim va ko'nikmalarning yetarli darajasi.
d)Barcha javoblar to’g’ri
2. Uy xoʻjaliklari tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlarga namuna keltiring
a) Pul mablag'larini iste'mol qilish va jamg'arish to'g'risidagi qarorlar
b) Moliyalashtirish to'g'risida gi qarorlar
c) Riskni boshqarish (riskiy boshqaruv bilan bogʻliq qarorlar
d) Barcha javoblar to’g’ri

  1. Moliyaviy qarorlarni qabul qilish qanday bosqich bilan boshlanadi?

a)Ehtimoliy harakatlar yo’nalishini aniqlash
b)Maqsadni shakllantirish
c)Qarorlar qabul qilinishiga tegishli ma’lumotlar to’plash
d) Mavjud ma’lumotlarni baholash

  1. “Ehtimoliy harakatlar yo‘nalishlaridan har birini ko‘rib chiqish va unga tegishli axborotni aniqlash kerak. Muayyan harakat usuli to‘g‘risidagi ma’lumotlarning hammasi ham muhim emas”. Ushbu jarayon moliyaviy qarorlarni qabul qilishning qaysi bosqichiga tegishli?

a) Ehtimoliy harakatlar yo’nalishini aniqlash
b) Maqsadni shakllantirish

c) Qarorlar qabul qilinishiga tegishli ma’lumotlar to’plash


d) Mavjud ma’lumotlarni baholash

  1. “Agar qabul qilingan qarorning amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha harakat qilinmasa, samarali qaror qabul qilish uchun vaqt sarflash va qiyinchiliklarni yengib o‘tishning foydasi yo‘q.” Ushbu jarayon moliyaviy qarorlarni qabul qilishning qaysi bosqichiga tegishli?

a) Qarorlar qabul qilinishiga tegishli ma’lumotlar to’plash
b)Qabul qilingan qarorni amalga oshirish
c) Ma’lumotlarni baholash va qarorlar ishlab chiqish
d) Ma’lumotlarni analiz qilish

  1. Qaysi variantda moliyaviy qarorlar qabul qilishda kompaniyalar bosh menedjerlariga qo’yiladigan talablarga tegishli javob keltirilmagan?

a)Byudjet-soliq siyosati
b)Kredit foizlari va stavkalari
c)Moliya bozori
d) Riskni baholash

  1. Biznesning maqsadlari yordamida optimal moliyaviy qarorlar qabul qilish imkoniyatlari berilmagan javobni toping

a)Foydani maksimallashtirish
b)Ish haqini taqsimlash
c)Tashqi moliyalashtirish
d)Xalqarolashtirish va xavfni kamaytirish

  1. Moliyaviy qaror qabul qilish orqali biznesning maqsadini belgilash nimalardan iborat?

a)Foydani maksimallashtirish va kapital daromadlikni oshirish
b)Faoliyatni saqlab qolish va doimiy o’sishga intilish
c)Uzoq muddatli barqarorlik va oqilona boylik tamoyili
d)Barcha javoblar to’g’ri

  1. …-bu biznes egasiga o'z moliyasini boshqarish bo'yicha malakali, asoslangan qarorlar qabul qilish imkonini beradigan bilimlar to'plami.

a) Tadbirkorning moliyaviy savodxonligi
b) Moliyaviy savodxonlik
c)Moliya sohasidagi amaliy bilimlar
d)Barcha javob to’g’ri

  1. Moliyaviy qarorlarni qabul qilishning qaysi bosqichida muhim ma’lumotlardan belgilangan maqsadlarga erishish uchun eng yaxshi harakat yo‘nalishi ajratib olinadigan tarzda foydalanilgan holda mavjud imkoniyatlar solishtiriladi?

a) Qarorlar qabul qilinishiga tegishli ma’lumotlar to’plash
b)Qabul qilingan qarorni amalga oshirish
c) Ma’lumotlarni baholash va qarorlar ishlab chiqish
d) Ma’lumotlarni analiz qilish
Download 20.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling