Moliyaviy siyosat Reja
Download 23.52 Kb.
|
moliyaviy siyosat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliya siyosati taʼsir koʻrsatadigan asosiy obʼyektlar
Moliyaviy siyosatReja:
1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillariMoliya siyosati, byudjet siyosati — davlat umumiy iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismi; davlat faoliyatini taʼminlash, mamlakat farovonligini oshirish maqsadlarida moliya tizimini tashkil etish, moliyaviy resurslarni safarbar etish va ulardan foydalanish, davlat oldida turgan ichki va tashqi siyosat vazifalarini bajarish buyicha amalga oshiriladigan barcha davlat tadbirlarini uz ichiga oladi.Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning Moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham Moliyaviy siyosat Moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning Moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va sosial rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tyegishli Moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan.Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning Moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham Moliyaviy siyosat Moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning Moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va sosial rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tyegishli Moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan.Moliyaviy siyosat о‘z-о‘zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bо‘lib, bir vaqtning о‘zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, sosial soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bо‘lishi prinsipial ahamiyatga ega emas.Moliya siyosati taʼsir koʻrsatadigan asosiy obʼyektlarMoliya siyosati taʼsir koʻrsatadigan asosiy obʼyektlar — aholining turli qatlamlari, davlat tashkilotlari, sanoat va xoʻjalikning boshqa sohalari, mintaqalar va mamlakatlarning umumiy hududi. Moliya siyosatining asosiy quroli va tarkibiy qismi — davlat byudjeti daromadlari va harajatlari, zayomlari, soliq imtiyozlaridir. Davlat tomonidan tanlagan iqtisodiy siyosatga va maqsadlarga qarab ayrim bandlar buyicha harajatlarni ko`paytirish yoki kamaytirish orqali mamlakat hayotining u yoki bu tomonlariga, davlat tashkilotlariga, iqtisodiyot tarmoqlariga, harbiy harajatlarni yoki ilmiy texnik taraqqiyot uchun harajatlarni ko`paytirib yoki kamaytirib, faol taʼsir etish mumkin. Davlat daromadlar, ularning miqdori, soliqlar tizimi orqali iqtisodiy o`sish surʼatiga, aholi farovonligiga taʼsir koʻrsatishi, inflyatsiya jarayonlarini va h.k.ni boshqarishi mumkin.Download 23.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling