Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab olishi mumkin bо‘lgan Moliyaviy munosabatlar rivojlanishi yо‘nalishlarining umumiy komplyeksi bilan belgilanadi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin: - Moliyaviy siyosatning umumiy konsepsiyasini (uning maqsadlarini, prinsiplarini, vazifalarini, amalga oshirish bosqichlarini va eng samarali myetodlarini) ishlab chiqish;
- makrodarajada va bozor iqtisodiyotining sub’yektlari darajasida iqtisodiy о‘sishni rag’batlantiradigan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga mos (adyekvat) bо‘lgan dinamik holdagi Moliya mexanizmini shakllantirish;
- markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan resurslar va Moliyaviy oqimlarning samarali boshqarilishini oshirish bо‘yicha choralar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- ijtimoiy takror ishlab chiqarish va iqtisodiyotni istiqbolli ryestrukturizasiya qishlishdagi roliga muvofiq ravishda sosial iqtisodiy tizimning barcha darajalari va sohalari bо‘yicha Moliyaviy resurslarni oqilona (optimal) taqsimlashni tashkil qilish;
- iqtisodiy о‘sishning joriy va istiqboldagi Moliyaviy salohiyatini shakllantirish.
2. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yо‘nalishlari) - Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yо‘nalishlari) quyidagilardan iborat:
- byudjet siyosati;
- soliq siyosati;
- pul siyosati;
- kredit siyosati;
- baho siyosati;
- investision siyosat;
- sosial Moliyaviy siyosat;
- boj siyosati.
Budjet siyosati Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yо‘nalishi) sifatida davlatning byudjet siyosati, eng avvalo, har bir mamlakatning Konstitusiyasi va byudjet jarayonida hamda qonun ijodkorligida alohida hokimiyat organlarining funksiyalarini belgilovchi boshqa qonunlar majmuiga muvofiq aniqlanadi. О‘zining hajmi va muhimligi jihatidan eng katta ish bо‘lishiga qaramasdan byudjet siyosatini faqat byudjet jarayoniga tyegishli dyeb hisoblash maqsadga muvofiq emas. Qonun byudjet jarayonida hokimiyatning qonunchilik va ijroiya organlari funksiyalarini, mamlakat sub’yektlari funksiyalarini, byudjet fyedyeralizmi prinsiplarini, byudjet jarayoni sub’yektlarining huquq va majburiyatlarini va h.k.larni aniq belgilashi kerak. Biroq byudjet siyosati Shu bilan cheklanmaydi. Byudjet siyosati byudjetda konsyentrasiya qilinadigan (tо‘planadigan) YAIM hissasini aniqlashda, mamlakat Yuqori va quyi organlarining о‘zaro munosabatlarida, byudjet xarajatlar qismining tarkibiy tuzilishida, turli darajadagi byudjetlar о‘rtasida xarajatlarni taqsimlashda, davlat qarzini boshqarishda, byudjet defisitini qoplash yо‘llarini aniqlashda va h.k.larda ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |