Moliyaviy siyosat Topshirdi: Ahmedova N. Br-51 guruh


Download 86.85 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi86.85 Kb.
#1390035
Bog'liq
Moliyaviy siyosat BR 51 Ahmedova Nilufar

Moliyaviy siyosat

Topshirdi: Ahmedova N. BR-51 guruh

Qabul qildi: PhD. M. A. Qurbonov

  • Reja: 1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari 2. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yо‘nalishlari) 3.Hozirgi bosqichdagi Moliya siyosati va uning о‘ziga xos xususiyatlari

1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari

  • Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning Moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham Moliyaviy siyosat Moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning Moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va sosial rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tyegishli Moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan.
  • Sosial rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog’liqni saqlash va boshqa sosial ehtiyojlarning rivojlanishi tuShunilibgina qolmasdan jamiyatning sosial tuzilmasi ham tuShuniladi. Shuning uchun ham Moliyaviy siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga bog’lab qо‘yish maqsadga muvofiq emas.
  • Siyosat davlat faoliyatining barcha yо‘nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta’sir ob’yekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog’liq ravishda iqtisodiy yoki sosial, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat tо‘g’risida gapiriladi.
  • Moliyaviy siyosat о‘z-о‘zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bо‘lib, bir vaqtning о‘zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, sosial soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bо‘lishi prinsipial ahamiyatga ega emas.
  • Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi:
  • bosh maqsadni aniqlash va qо‘yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir davriga xos qо‘yilgan maqsadlarga erishish uchun yechilishi zarur bо‘lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni konkryetlashtirish;
  • yordamida qо‘yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan, yaqin kunlardagi va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlarning myetodlari, vositalari va konkryet shakllarini ishlab chiqish;
  • qо‘yilgan vazifalarni yechishga qodir bо‘lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qо‘yish, ularning bajarilishini tashkil qilish.
  • Ayrim hollarda Moliyaviy siyosat davlatning о‘z funksiyalarini bajarishi uchun Moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan bog’liq bо‘lgan davlat organlarining ma’lum bir faoliyati sifatida talqin qilinadi. Bunday talqin о‘zida bir nyecha xavfni mujassam etadi. Buning boisi Shundaki, milliy xо‘jalik taraqqiyotida davlatning roli tо‘g’risidagi jamiyatda hukmron bо‘lgan tasavvurlarga muvofiq ravishda davlatning vazifalari va funksiyalari ham о‘zgaradi, transformasiyalanadi. Masalan, mamlakat iqtisodiyotiga davlatning aralaShuvi, aholi turmush darajasi sosial-iqtisodiy sharoitlarini tyenglashtirish va Shunga о‘xshash davlatning funksiyalari va vazifalarini aniqlaydigan boshqa bir qancha masalalar hamon munozaraligicha qolmoqda.
  • Buning ustiga, Moliyaviy siyosatdan faqat davlatning funksiyalarini bajarish vositasi (instrumyenti) sifatida foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari bilan Moliya tizimining boshqa sub’yektlari, ya’ni aynan mamlakatning aholisi va xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlari manfaatlari о‘rtasida qarama-qarshiliklarni kyeltirib chiqadi.
  • YUqorida bayon qilinganlardan quyidagi uch mantiqiy xulosa kelib chiqadi:
  • birinchidan, Moliyaviy siyosat faqat о‘z manfaatlarini kо‘zda tutadigan hokimiyat organlarining u yoki bu maqsadlarga erishishining instrumyenti emas, balki jamiyatning sosial-iqtisodiy vazifalarini yechish vositasi bо‘lishi kerak;
  • ikkinchidan, davlatning Moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organlarining emas, balki Moliya tizimi barcha sub’yektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim;
  • uchinchidan, davlat Moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat organlarining Moliyaviy siyosatini farqlash zarur.
  • Shunday qilib, davlat Moliyaviy siyosatini mamlakat Moliya tizimining barcha bug’inlarida Moliyaviy resurslarning о‘sishini balanslashtirilgan (mutanosiblashtirilgan) holda ta’minlash bо‘yicha davlat sosial-iqtisodiy siyosatining bir qismi sifatida qarash kerak. Xorijiy tajribalarning kо‘rsatishicha, Moliyaviy resurslarning balanslashtirilgan (mutanosiblashtirilgan) holda о‘sishining zarurligini inkor etish mamlakat Moliya tizimining о‘zini dyegradasiyalaShuviga, iqtisodiyotning yemirilishi va vayron bо‘lishiga olib kyeladi.
  • Moliyaviy siyosatning о‘ziga xos bо‘lgan eng asosiy xususiyati Shundan iboratki, bu siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga va iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta’sir kо‘rsatib turishga yо‘naltirilgan bо‘lishi kerak. Bunday siyosat aholining turmush farovonligi ta’minlab va davlat daromadlarining manbaini kо‘paytirib, Moliyaviy xо‘jalikka nisbatan eng Yuqori natijalarni berishi mumkin. Moliyaviy siyosatning ana Shunga yо‘naltirilganligi orqali uning quyidagi eng asosiy maqsadini aniqlash mumkin: jamiyatning sosial-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi turmushining darajasi va sifatini oshirish uchun Moliyaviy sharoitlarni yaratish Moliyaviy siyosatning eng asosiy maqsadidir.
  • Moliyaviy siyosat Moliyaning о‘zida (boshqaruv ob’yektlarida) bevosita mujassam bо‘lgan boshqaruvning salohiyatli imkoniyatlarini, ishning konkryet myetodlari, Moliya tizimining (boshqaruv sub’yektlari) organlarini tashkil qilish bilan yagona joyga bog’lashga imkon beradi. Dunyoning barcha mamlakatlarida Moliyaviy siyosat Moliya tizimi orqali amalga oshirilib, uning faoliyati quyidagi prinsiplar asosida quriladi:
  • Moliya tizimi bug’inlarining о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatlarini inobatga olib Moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish;
  • barcha Moliyaviy muassasalar funksiyalarining umumiyligi;
  • barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan umumiy boshqarish.
  • Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning (о‘tkazishning, hayotga tatbiq etishning) asosiy myetodologik prinsiplari quyidagilardan iborat: pirovard maqsadga bog’liqlik;
  • xо‘jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy balanslashtirilganligi (muvozanatliligi, mutanosibligi);
  • jamiyat barcha a’zolarining manfatlariga muvofiqligi (mos kelishi);
  • real (haqiqiy) imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.
  • Hukumatning Moliyaviy siyosatiga baho berish uchun va uni о‘zgartirish (korryektirovka qilish) bо‘yicha ryekomyendasiya (tavsiya) berish uchun, birinchi navbatda, butun jamiyat manfaatlari va aholining alohida guruhlari manfaatlarini ajratgan (taqsimlagan) holda jamiyat taraqqiyotining aniq dasturiga, yechilishi lozim bо‘lgan masalalarning muddatlari va myetodlarini aniqlagan holda istiqboldagi va yaqin yillardagi vazifalarning tavsifiga ega bо‘lmoq lozim. Faqat ana Shunday sharoitdagina Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning konkryet mexanizmini ishlab chiqish va unga ob’yektiv (xolisona) baho berish mumkin.
  • Moliyaviy siyosat, eng avvalo, Moliyaviy resurslarning maksimal hajmini shakllantirishga yо‘naltirilgan (qaratilgan) bо‘lishi kerak. CHunki aynan Moliyaviy resurslar har qanday о‘zgarishlarning moddiy asosini tashkil etadi. Shunga muvofiq ravishda Moliyaviy siyosatni aniqlash va uni shakllantirish uchun davlatning Moliyaviy ahvoli tо‘g’risida ishonchli ma’lumotlar zarurdir. Huquqiy dyemokratik davlatda Moliyaviy statistikaning kо‘rsatkichlari keng jamoatchilikka ham tyegishli bо‘lishi kerak. Moliyaviy hisobotlar esa doimiy, о‘z vaqtida beriladigan, hamma olishi mumkin bо‘lgan va eng asosiysi ishonchli bо‘lmog’i lozim.
  • Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab olishi mumkin bо‘lgan Moliyaviy munosabatlar rivojlanishi yо‘nalishlarining umumiy komplyeksi bilan belgilanadi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:
  • Moliyaviy siyosatning umumiy konsepsiyasini (uning maqsadlarini, prinsiplarini, vazifalarini, amalga oshirish bosqichlarini va eng samarali myetodlarini) ishlab chiqish;
  • makrodarajada va bozor iqtisodiyotining sub’yektlari darajasida iqtisodiy о‘sishni rag’batlantiradigan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga mos (adyekvat) bо‘lgan dinamik holdagi Moliya mexanizmini shakllantirish;
  • markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan resurslar va Moliyaviy oqimlarning samarali boshqarilishini oshirish bо‘yicha choralar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • ijtimoiy takror ishlab chiqarish va iqtisodiyotni istiqbolli ryestrukturizasiya qishlishdagi roliga muvofiq ravishda sosial iqtisodiy tizimning barcha darajalari va sohalari bо‘yicha Moliyaviy resurslarni oqilona (optimal) taqsimlashni tashkil qilish;
  • Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarning Moliyaviy siyosati zamonaviy nazariyalar ostida bо‘lib, bu nazariyalar amalda tartibga solish ikki tizimining konvyergensiyasidan (qо‘shilib kyetganligidan, aralaShuvidan) iborat. Shunga muvofiq ravishda ayrim davlatlar davlat tomonidan tartibga solishning ham kyeynschilik va ham nyeokyeynschilik tizimining turli-tuman elementlaridan foydalanadilar.
  • Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda Moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlashning nyegizida quyidagilarning yotishi prinsipial ahamiyatga egadir:
  • taqsimlash munosabatlarining sub’yektlarini tanlash, ya’ni Moliyaviy resurslarning egalari va taqsimlovchilarini tanlash;
  • Yuridik shaxslar va aholining о‘z ehtiyojlarini qondirishdagi mustaqillik darajasi va davlatning funksiyalariga bog’liq ravishda davlat ixtiyoridagi Moliyaviy resurslarning markazlashtirilish darajasini aniqlash;
  • birinchi darajali ijtimoiy ehtiyojlar va ularni qondirish choralarini aniqlash va Shularga mos ravishda Moliyaviy resurslardan foydalanishning ustuvor yо‘nalishlarini belgilash;
  • Moliyaviy resurslarni shakllantirishning manbalari va myetodlarini tanlash.
  • Moliyaviy siyosat kо‘p о‘lchamli(dir) tuShuncha hisoblanadi. Agar umumiy holda uning sohasi jamiyat taraqqiyotining alohida bosqichlarida hukmronlik qilgan nazariy konsepsiyalardan kelib chiqqan holda iqtisodiy va sosial sohalarni boshqarishda davlatning ishtirok etish paramyetrlari bilan aniqlansa, uning qiymat munosabatlarining elementlari bо‘yicha diffyeryensiasiya qilinishi (tabaqalanishi) Moliya tizimining rivojlanganligiga va uning ayrim (alohida) bug’inlarining mustaqilligiga bog’liq bо‘ladi.

Download 86.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling