Moliyaviy siyosatning bo'g'inlari Annotatsiya
Download 65.54 Kb.
|
Moliyaviy siyosatning bo\'g\'inlari1
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
- MUHOKAMA VA NATIJALAR
KIRISHByudjet daromadlar qismini shakllantirish sohasidagi byudjet siyosati ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning amaldagi vositasi bo„lib hisoblanadi. Byudjet daromadlari, iqtisodiy, huquqiy va moddiy kategoriya sifatida, shuningdek, ijtimoiy va tarixiy jihatlar pozitsiyasidan aniqlanishi lozim. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLARByudjet daromadlarini tartibga solish yo„nalishlarini iqtisodiyotni o„rta muddatli rivojlantirishning asosiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib belgilash muhim hisoblanadi. Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. MUHOKAMA VA NATIJALARByudjet daromadlari byudjet siyosatining muhim vositasi sifatida mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta‟sir etib, birinchi navbatda, iqtisodiyotning rivojlanish darajasini ta‟minlaydi [1]. Bunda soliq siyosati ichki talab hajmini kengaytirishga va hududdagi tadbirkorlik sub‟ektlarining faoliyatini rag„batlantirishga yo„naltirilishi lozim. Evropa Ittifoqida davlat boshqaruvidagi sektorning 1995-2012 yillar davomidagi daromadlarini o„rtacha ulushi YAIM ning 44,7 foizini tashkil etgan [2]. Rivojlangan mamlakatlardagi soliq tushumlarining elastikligini tahlili, ularning turli soliq qobiliyatini ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi, ishsizlik va to„lov balansi qoldig„i bilan korrektirovka qilinishi to„g„risida dalolat bermoqda. Byudjetni tartibga solish tizimida byudjet daromadlarini bashoratlash muhim tarkibiy qism hisoblanib, kelgusidagi byudjet davriga va o„rta muddatli davriga byudjet ko„rsatkichlarini shakllanishini belgilab berishda, byudjet jarayonlarini samaradorligi va shafoffligini oshirilishini ta‟minlaydi. Ctiglits (1997) ta‟kidlashicha, retsessiya boshlanishida moliyaviy tartibga solishning roli kuchayib, fiskal vositalarning faol qo„llanishi kuzatilgan. Byudjet daromadlari va soliq tushumlarini dinamikasi umumiy holda rag„batlantiruvchi moliyaviy siyosatni amalga oshirish bilan bog„liq. Byudjet daromadlarini makroiqtisodiy tartibga solishda foydalanish imkoniyatlari ishlab chiqarish sharoitlari va natijalari hamda iqtisodiy munosabatlarni rivojlanish darajasi bilan bog„liqdir [3]. Fedorova va boshqalar (2006) ta‟kidlashicha, munitsipal byudjet daromadlarining tushumi hajmiga alohida soliqlar bo„yicha soliq bazasi, soliq stavkasi va hududiy byudjetlarga meyoriy ajratmalar ta‟sir etadi. Mahalliy boshqaruvning daromadlar bazasini mustahkamlash ikki yo„nalishda, ya‟ni byudjet va soliq qonunchiligini takomillashtirish yo„li bilan bazaviy ta‟minlash va mahalliy soliqlar darajasini oshirish orqali amalga oshirilishi lozim. Soliqlarni markaziy va mahalliy byudjetlar o„rtasida taqsimlanish bilan bog„liq muammolarni echimida quyidagi prinsipial yondashuvlarni ajratib ko„rsatish mumkin: birinchisi, soliq va soliq vakolatlarini taqsimlanishi; ikkinchisi, soliq bazasidan birgalikda foydalanish (soliq to„lovchilar bitta soliqni turli darajadagi byudjetlarga to„lashi); uchinchisi, soliq tushumlaridan daromadlarni taqsimlanish ulushi (meyorlar asosida soliqlarning turli darajadagi byudjetlar o„rtasida taqsimlanishi) [4]. Istomina (2011), (Mishina, 2010) tomonidan soliq tushumlarini turli darajadagi byudjetlar o„rtasida taqsimlanishi yondashuvi yuzasidan bahs-munozaralar mavjudligi ko„rsatib o„tilgan. Jumladan, turli darajadagi byudjetlar o„rtasida taqsimlanishi, hududlarning o„z daromadlar bazasini oshirishga rag„batlantirmaydi, hududlar o„z byudjetlarini daromadlar bazasiga ta‟sir ko„rsatish uchun tegishli vositalarga ega bo„lmaydi, hududiy organlar soliq qonunchiligidagi o„zgarishlar tufayli mahalliy byudjetlardagi yo„qotishlarni kompensatsiya qilish bo„yicha choratadbirlar tizimini ishlab chiqishlari lozim. Qoidaga ko„ra, byudjetni tartibga solishda ikki tarkibiy qismni ajratib ko„rsatadi, ya‟ni tartibga soluvchi soliqlar (vaqtlar asosida yuqori byudjetlardan meyoriy ajratmalar) va yuqori turuvchi byudjetlardan moliyaviy yordamlar. Byudjetni tartibga solishni soliqlar hisobiga amalga oshirishda, mahalliy boshqaruv organlarining hududiy soliqlarni to„liq va o„z muddatida yig„ib olinishiga bo„lgan manfaatdorligi saqlanib qolinadi [5-6]. Igudin (2003) ta‟kidlashicha, byudjetni tartibga solishning tarkibiy qismi bo„lgan dotatsiya rag„batlantirish xususiyatiga ega emas va mahalliy boshqaruv organlarida qaramlik kayfiyatni keltirib chiqaradi hamda ularning xo„jalik tashabbuskorligini bo„g„ishga olib keladi. Mahalliy organlarning o„z hududidan yig„ilgan soliq resurslarini hajmini solishtirish mavjud bo„lganda, munitsipal byudjetlarga dotatsiyani maqsadli ajratilishi to„g„risidagi savol tug„ilishi tabiiy holatdir. Mazkur savol noaniq qarshi moliyaviy oqimlarning muammosi bilan uzviy bog„liq: munitsipal byudjetlar dastlab soliqlarni ajratma sifatida hududiy byudjetlarga yo„naltiradi, keyin dotatsiya ko„rinishida qaytarib oladi. Bu a sun‟iy ravishda o„zini moliyaviy resurslar bilan ta‟minlash imkoniyati bo„lgan hududlar hisobiga, dotatsion hududlar sonini oshiradi. SHu munosabat bilan, hududlar etarli darajada soliq salohiyatiga ega bo„lmaganda, mahalliy byudjetlarni soliqlardan ajratmalar hisobiga tartibga solish imkoniyati yo„qligi sababli, dotatsiya usulidan foydalaniladi (Polyak, 2009) [7]. SHunday qilib, byudjetni tartibga solishda soliqni tarkibiy qismlariga ustuvor yo„nalishlar berilishi lozim bo„lib, dotatsiyalarga oxirgi navbatda murojaat etilishi kerak. Govorushina (2014) fikricha, mahalliy byudjetlarning o„z daromadlarini pasayib ketishiga nafaqat byudjet va soliq qonunchiligidagi o„zgarishlar, balki olinayotgan moliyaviy yordamni qisqarishidan munitsipalitetlar manfaatdor emas. Moliyani samarasiz tashkil etish qaramlikning tendensiyalarini keltirib chiqaradi. Byudjet tizimining zvenolari o„rtasida umumdavlat pul resurslarini taqsimlanishi asosida mahalliy byudjetlarning mustaqillik tamoyili yotadi [8]. Dorjdeev (2000) fikriga ko„ra, tartibga soluvchi soliqlardan ajratmalar bir xil yoki differensial meyorlarda belgilanishi masalasi bo„yicha, barcha hududlarga bir xil miqdordagi ajratmalar emas, balki ularni hisoblanishidagi yagona usulda amalga oshirilishi lozim. Tartibga soluvchi daromadlardan barcha hududlar uchun bir xil miqdordagi ajratmalarni o„rnatilishi, to„liq tartibga solish funksiyasini to„la qonli bajarishga to„sqinlik qiladi. Differensiyalangan meyorlar har bir hududni xususiyatlarini hisobga olish va nafaqat vertikal, balki gorizontal tenglashtirishni ta‟minlash imkoniyatini beradi. Biroq, tartibga soluvchi soliqlarning differensial meyorlarni ob‟ektiv asoslarda amalga oshiradigan usul zarur [9]. Bizning fikrimizga ko„ra, hududlardagi byudjet daromadlarini tartibga solishdagi asosiy vazifa, joylardagi boshqaruv faoliyatining samaradorligi uchun sharoit va rag„batlar yaratish, byudjetdan ko„rsatiladigan asosiy xizmatlarga fuqarolar uchun kafolat va imkoniyatlarni ta‟minlash uchun munitsipal byudjetlar o„rtasidagi aholi jon boshiga to„g„ri keladigan soliqli daromadlarni solishtirma nisbatini tenglashtirishga olib keladigan optimal yo„lini topishdan iborat. Hududiy iqtisodiyot taraqqiyoti, mahalliy byudjetlar daromad va harajatlarini tartibga solish va barqarorligini ta‟minlashning nazariy, ilmiy va amaliy jihatlari bir qator iqtisodchi-olimlar tomonidan o„rganilgan va tadqiq qilingan. Xususan, Vahobov, Malikov (2012) mamlakat moliya tizimining sohalari va bo„g„inlarining guruhlanishi va davlat moliyasining tarkibiy qismi sifatida mahalliy moliyani ko„rsatib bergan, mahalliy moliyaning asosi sifatida mahalliy byudjetlar maydonga chiqishini ta‟kidlagan [10]. Qiyosov (2009) mahalliy byudjetlar moliyaviy imkoniyatlarini oshirish uchun mahalliy ahamiyatga ega bo„lgan va byudjet tushumlari hisobidan qoplashga asoslangan qimmatli qog„ozlarni chiqarish, mahalliy hokimiyatlarga qarz majburiyatlarini jalb qilishning qonuniy asoslarini yaratish bilan bog„liq tavsiyalarni bergan bo„lsa [11], Xayriddinov (2018) har bir mahalliy ma‟muriy hududdagi soliq tizimi tomonidan undirilishi lozim bo„lgan umumdavlat soliqlari bo„yicha soliq summalarining ma‟lum bir qismini bevosita mahalliy byudjetlarning ixtiyorlariga biriktirilgan daromadlar ko„rinishida qat‟iy hissada va doimiy asosda qoldirilishi oldindan belgilanib qo„yilishi kerakligini, bunda asosiy urg„u daromadlarni byudjet tizimi bo„g„inlari o„rtasida qayta taqsimlashning asosiy kombinatsion variantlaridan biri bo„lgan me‟yoriy ajratmalar tizimini takomillashtirishga qaratilmoqda, bozor iqtisodiyotining talablaridan kelib chiqqan holda, mahalliy byudjetlar daromad bazalari barqarorligini ta‟minlashda ularning biriktirilgan daromadlariga ustuvorlik berish maqsadga muvofiqligini ta‟kidlaydi [12]. SHuningdek muallif iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida mahalliy byudjetlarning biriktirilgan daromadlarini ko„paytirish va ularni mahalliy byudjetlar harajatlarining taxminan 50 foizini ta‟minlash imkoniyatlarini shakllantirish uchun davlat byudjeti daromadlarini byudjet o„rtasida taqsimlanish mexanizmini restrukturizatsiya qilish lozim, xorijiy mamlakatlar tajribalariga asoslangan xolda soliqqa tortiladigan bazadan hamkorlikda foydalanish amaliyotini milliy iqtisodiyot shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda joriy etish lozim, bunda barcha viloyatlar uchun barqaror tushumga ega bo„lgan ayrim tovarlarga nisbatan aksiz solig„idan xamkorlikda foydalanish tizimini joriy qilinishi, shuningdek, suv resurslaridan foydalanganlik soliq mahalliy byudjet uchun biriktirilgan daromad manbai sifatida berilishi maqsadga muvofiqdir, deb ta‟kidlaydi. Sirojiddinova (2010) moliyaviy ko„mak berish mexanizmlarining qayta ko„rib chiqilishi va takomillashtirilishi moliyaviy ko„makni o„z mablag„i bo„lmagan mintaqalarga ularning barqaror moliyaviy holatini qo„llab-quvvatlash uchun yo„naltirish imkonini beradi, degan fikrlarni bergan [13]. YUldashev (2018)ning fikriga axamiyat beradigan bo„lsak, u hududlarning o„z moliyaviy salohiyati rivojlanishi, mahalliy byudjetlarning imkoniyatlari, ijtimoiyiqtisodiy vazifalari va kafolatlari bilan bog„liq majburiyatlarning ijrosi to„liq, o„z vaqtida hamda manzilli ta‟minlanishi eng mustahkam va ishonchli moliyaviy baza bo„lib xizmat qilishini, shuningdek, hududlar salohiyatini nazarda tutgan holda, mahalliy byudjetlar daromadlarining qo„shimcha manbalarini shakllantirishni, byudjetlar daromadlarini oshirishni, aniqlangan zaxiralardan oqilona foydalanishni taqozo etishini hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ham mahalliy boshqaruv organlari ixtiyorida mustahkam moliyaviy manbalar mavjudligiga asoslanishini ta‟kidlab o„tgan [14]. Burxanov (2018) byudjet tizimining turli bo„g„inlari o„rtasida daromadlarni qayta taqsimlash tizimining negizini hududlar ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish darajasidagi assimetrik tafovut tashkil qiladi, deb hisoblaydi, shuning uchun mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta‟minlashda, birinchi navbatda, hududlar iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va undan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqishni taklif qiladi [15]. Elliott R.Morss ta‟kidlashicha: Soliqlarni turli darajadagi byudjetlar o„rtasida taqsimlash mexanizmlaridan turlicha mezonlardan foydalangan holda daromadlarni hududlar o„rtasida qayta taqsimlashda foydalanish mumkin, asosiy mezon daromadlarning katta qismini daromadlari past bo„lgan hududlarga qaytarishni nazarda tutishi zarur. Soliq taqsimoti ushbu maqsadga erishish uchun juda mos bo„lsa-da, daromadni kambag„al davlatlar foydasiga umumiy qayta taqsimlash hududiy siyosatning maqsadi bo„lishi shubhali. Sanoati rivojlangan o„lka va mintaqalarda soliqlarni taqsimlash emas, balki loyihalar taqdim etish maqsadga muvofiq bo„ladi [16]. Uning aytishicha: "Hududiy hukumat tomonidan to„plangan soliq tushumining bir qismi o„lka va munitsipal davlat hokimiyati organlariga ishlatilish yo„nalishini ko„rsatmasdan berilishi mexanizmini ilgari surgan”. Fikrimizcha, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig„ini to„lig„icha mahalliy byudjetlarga biriktirib berish, qo„shilgan qiymat solig„ini turli darajadagi byudjet bo„g„inlari o„rtasida ulushli tarzda taqsimlash maqsadga muvofiq. Kelgusida respublikada byudjetlararo mutanosiblikni ta‟minlash, mahalliy byudjetning daromadlarini oshirishda sanoat ishlab chiqarishni oshirish hisobiga soliq solinadigan bazani kengaytirish, hududlar soliq salohiyati tushunchasini soliq qonunchiligiga kiritgan holda har bir hududning soliq salohiyatini hisoblab chiqish, uni orttirish borasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbusini rag„batlantirish mexanizmini yaratish lozim [17]. Yuqoridagi iqtisodchilar jamoasi va boshqa iqtisodchi olimlarning ilmiy izlanishlarida ilgari surilayotgan fikr-mulohazalarda mahalliy byudjetlar daromadlari bazasini kengaytirishning xozirgi sharoitdagi dolzarb masalalari, hududlar darajasida davlat byudjeti mablag„larining qayta taqsimlanishi, mahalliy byudjetlarni samarali boshqarishning moliyaviy omillari tadqiq etilgan. Ushbu omillar kontekstidagi islohatlar “markaz - hudud” masshtabida moliyaviy oqimlarni barqarorlashtirish bilan birga, mahalliy davlat hokimiyati organlariiing hududlar iqtisodiy salohiyatidan oqilona foydalanishni rag„batlantiruvchi moliyaviy mexanizmni shakllantirish va takomillashtirish zarurligini ko„rsatadi. Download 65.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling