Moliyaviy siyosatning moliya tizimi orqali amalga oshirilishi va uning printsiplari
Download 47.88 Kb.
|
Moliyaviy siyosatning moliya tizimi orqali amalga oshirilishi va uning printsiplari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Moliya mexanizmining bo‘g‘inlari
Moliya mexanizmining soha va bo‘g‘inlari bir-birlari bilan murakkabligi va boshqa jihatlari bo‘yicha farq qiladi. Masalan, budjet mexanizmi: - soliq turlarining ko‘pligi; - ularni undirish usullarining turli-tumanligi; - moliyalashtirish usullarining turlichaligi; - byujet mablag‘laridan foydalanishning ko‘p o‘nalishliligi bilan xarakterlanadi. Korxona moliya mexanizmi orqali esa, - korxona pul jamg‘armalari shakllari belgilanadi; - foyda va daromadlar taqsimlanadi; - moliyaviy resurslar taqsimlanadi; - turli maqsadli fondlar tuziladi va ulardan foydalanish ta’minlanadi. Moliya mexanizmining elementlari tarkibida fondlar va to‘lovlarni miqdor jihatdan aniqlash usullari qismi eng harakatchan va tez o‘zgaruvchan bo‘lib, ular ishlab chiqarish shart-sharoitlarining hamda jamiyat oldida turgan vazifalarning o‘zgarishiga qarab tez-tez o‘zgarib to‘g‘rilanib turiladi. Masalan, pul mablag‘lari fondlarining shakllari o‘zgarmagani holda, foydani taqsimlash usullari bir necha bor o‘zgardi, taqsimlash qoldiq usuli, normativ usuli, majburiy to‘lovlar usuli; soliq turlari o‘zgarmagani holda, ularning stavkalari, ular bo‘yicha imtiyozlar, sanksiya va jarima kabi jazo choralari iqtisodiy talablari bozor talablariga ko‘ra tez-tez qayta qurilib, o‘zgarib turadi. O‘zbekiston soliq tizimida uzoq davr mobaynida samarali faoliyat qilib kelgan oborot solig‘i o‘rniga joriy qilingan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)ning stavkasi dastlab 30% miqdorida, keyinchalik 25, 20, 18, 17 % miqdorlarigacha tushirildi. Hozirgi kunda esa, 20 % lik miqdor qo‘llanilmoqda. Moliyaviy mexanizmni shakllantirish bilan davlat uni u yoki bu davr moliya siyosati talablari bilan iloji boricha to‘la mos kelishiga intiladi. Bu esa davlatning maqsad va vazifalarini to‘laqonli bajarilishining garovi hisoblanadi. Adabiyotlar: Vahobov A. va boshqalar. Budjet - soliq siyosati yaxlitligi. O‘quv qo‘llanma. - T.: Iqtisod va moliya. 2005.285 b. Vahobov A. va boshqalar. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. Darslik. T.: Sharq 2005. 220 b. Malikov T., Xaydarov N. Davlat budjeti. O‘quv qo‘llanma, T.: "IQT1SOD-MOLIYA", 2007, 84 b. Malikov T., Xaydarov N. Budjet daromadlari va xarajatlari. O‘quv qo‘llanma, T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2007 , 245 b. Malikov T., Xaydarov N. Budjet: tizimi, tuzulmasi, jarayoni. O‘quv qo‘llanma, T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2008, 84 b. Yo‘ldoshev Z., Malikov T. Uy xo‘jaligi moliyasi. O‘quv qo‘llanma, T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2008, 105 b. Неshитой А.С. Финансы. Уchебник.-М.:”Даshков и К”, 2007. 512 с. Романовский В.М. Уchебник.-М.:”Юрайт”, 2008. 462 с. 1 Manba: http://www.cbu.uz/uz/monet_policy/monet_direct2009.htm Download 47.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling