Moliyaviy tahlil maqsadini belgilash va rejasini tuzish
Download 14.94 Kb.
|
jav tahlil
O‘tkazish davri bo‘yicha moliyaviy tahlil oldingi, joriy va istiqbolli tahlil turlariga tarkiblanadi. Oldingi moliyaviy tahlil – korxona moliyaviy faoliyatini bir butunlikda yoki alohida olingan moliyaviy jarayonlar bo‘yicha shart-sharoitlarni bilish bilan bog‘lanadi (masalan, uzoq va qisqa muddatga bank kreditlarini olish yuzasidan korxonaning to‘lov layoqatini baholash).Joriy (operativ) moliyaviy tahlil – alohida moliya rejalarini bajarilishida yoki moliya operatsiyalarini amalga oshirish davomida operativ tarzda moliyaviy holatga ta’sir etish yuzasidan o‘tkaziladigan tahlil turidir. Istiqbolli moliyaviy tahlil – amaldagi holatni o‘rganish asosida moliyaviy holat va uning alohida birliklari bo‘yicha kelajakdagi o‘zgarishlarning kutilishlarini baholab beruvchi tahlil turidir. Moliyaviy tahlilni tashkil etish bosqichlarini iqtisodiy tahlil va uning tarkibiy qismlariga nisbatan yagona asosda birday belgilash to‘g‘ri, lekin aynan moliyaviy tahlil yuzasidan uni quyidagi ketma-ketlikda o‘tkazish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. -Moliyaviy tahlil maqsadini belgilash va rejasini tuzish; -Moliyaviy tahlil yuzasidan ma’lumotlar bazasini to‘plash; -Moliyaviy tahlilni bevosita o‘tkazish bosqichi; -Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi; -Qarorlar tayyorlash bosqichi; -Tahlil natijalarini realizatsiya qilish bosqichi. Iqtisodiy tahlilni yoki moliyaviy tahlilni tashkil etishdagi yondashuvlar turlicha bo‘lganligi bilan ularning mazmuni albatta bitta jihatga ya’ni tahlilni sifatli va foydali o‘tkazishga qaratilgan. Moliyaviy tahlilni tashkil etishda albatta har bitta tarmoqning va sohaning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi lozim. Jumladan, xo‘jalik subektlarining faoliyat turlari bir-biridan tubdan farq qiladi. Farqlanish nafaqat ularning faoliyat turida‚ balki mulkiy shaklida, kapitalda qatnashishi, mulkiy taqsimotida, ko‘lamida ham mavjud. Moliyaviy hisobotlar bir xil shakl va mazmunni ifoda etgani bilan ularning qatorlari, qatorlarning shakllanish tartiblari bir-biridan tubdan farq qiladi.Moliyaviy holat va natijaviylikni baholashda bu jihatlarni farqlanishi muhim o‘rin tutmasa ham, aslida masalaning echimi uning quyi bo‘g‘iniga, faoliyatning turiga, xususiyatiga, taqsimotning shakliga, mulkiy va moliyaviy munosabatlarga borib taqaladi. O‘rtacha miqdorlar. Mutlaq va nisbiy miqdorlarning hodisa va jarayonlarni o‘rganish, baholash va tahlil etishda ustunliklari, ijobiy tomonlari bilan bir qatorda, ularning qator kamchiliklari ham mavjud. YA’ni ular o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarga umumlashtirib ta’rif bera olmaydi.Bu vazifani o‘rtacha miqdorlar bajaradi. O‘rtacha miqdorlardan rejalashtirish, boshqarish, ilmiy-tadqiqot ishlarida keng qo‘llaniladi. O‘rtacha miqdorlar deb, bir xildagi va bir turdagi hodisalarni o‘zgaruvchan belgilari asosida umumlashtirib xarakterlovchi, ta’riflovchi miqdorlarga aytiladi. Moliyaviy tahlil jarayonida o‘rtacha miqdorlarning qator turlari foydalaniladi: o‘rtacha arifmetik miqdorlar; o‘rtacha garmonik miqdorlar; o‘rtacha geometrik miqdorlar; o‘rtacha xronologik miqdorlar; o‘rtacha kvadratik miqdorlar. O‘rtachaning miqdorlarning sodda va amaliyotda keng qo‘llaniladigan turi bu o‘rtacha arifmetik miqdordir. O‘rtacha arifmetik miqdor o‘z navbatida oddiy va tortilgan ko‘rinishga bo‘linadi. Oddiy arifmetik o‘rtacha variantlar (x) bir yoki teng marta takrorlangan paytda qo‘llaniladi. Tortilgan ko‘rinishdagi o‘rtacha arifmetik miqdor quyidagi bog‘lanishlar orqali topiladi. Tahlilda o‘rtacha arifmetik bilan bir qatorda o‘rtacha garmonik ham keng qo‘llaniladi. O‘rtacha garmonik– bu o‘rtacha arifmetik miqdorning teskari bo‘lgan darajasidir. O‘rtacha garmonik miqdor ham o‘rtacha arifmetik miqdorga o‘xshab oddiy va tortilgan shakllariga ega. Oddiy o‘rtacha garmonik miqdorlarni aniqlash formulasi: Tortilgan o‘rtacha garmonik miqdorlarni aniqlash formulasi: Tahlilda o‘rtacha geometrik miqdorlardan odatda o‘sish sur’atlarini o‘rganishda keng foydalaniladi. Download 14.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling