Moliyaviy tahlilda qo‘llaniladigan usullari. Mundarija: Kirish I. Bob Moliyaviy tahlil qo‘llaniladigan usullari
III.Bob Moliyaviy menejmentning kontseptsiyalari
Download 95.92 Kb.
|
Moliyaviy tahlil metodi va usullari
III.Bob Moliyaviy menejmentning kontseptsiyalari
3.1 Moliyaviy menejmentning kontseptsiyalari Hozirgi kunga kelib moliyaviy menejmentning muhim nazariy asoslari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: - pul oqimlari konsepsiyasi; - pul mablagʻlarining vaqt boʻyicha qiymati konsepsiyasi; - risk va daromadlilik konsepsiyasi; - bozor samaradorligi haqida gipoteza; - portfel nazariyasi va aktivlar narx shakllanishi modeli; - kapital tarkibi va dividend siyosati nazariyasi; - agentlik munosabatlari nazariyalari va boshqalar. Yuqorida sanab oʻtilgan moliyaviy menejmentning nazariy asoslari xususida qisqacha toʻxtalib oʻtamiz. Pul oqimlari konsepsiyasi Har qanday korxona (MChJ, AJ va boshqalar) faoliyat koʻlami va turidan qat’iy nazar oʻz moliyaviy munosabatlarini aniq tizim asosida tashkil etadi va bu tizim pul mablagʻlari harakati asosida ishlaydi. Pul oqimlarini tashkil etishda e’tibor qaratiladigan asosiy jihat bu pul mablagʻlarining kirib kelishi va chiqib ketishidagi oʻzaro mutanosiblikka erishish hisoblanadi. Bunda vaqt va miqdor omili birlamchi e’tibor talab qiladi. Ya’ni moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijasi korxona ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablagʻlari miqdori korxonadan chiqib ketayotgan pul miqdoridan ortiqni tashkil etishi lozim. Boshqa tomondan esa korxona tomonidan olinadigan pul mablagʻlarining kelib tushish vaqti pul mablagʻlarining chiqib ketish vaqtidan qisqaroq boʻlishi talab etiladi. Keltirilayotgan bu ikki jihat har qanday korxona uchun moliyaviy barqarorlik va toʻlovga layoqatlilikni ta’minlashdan tashqari faoliyat samaradorligiga erishishga ham xizmat qiladi. Shu oʻrinda aforizmga aylangan bir iborani keltirish maqsadga muvofiq: “Pul hech qachon koʻp boʻlmaydi!” Shuningdek, xorijiy adabiyotlarda “Erkin pul oqimlari konsepsiyasi (concept of free cash flow) – firma faoliyat yuritishiga ziyon etkazmaydigan va kelgusi pul oqimlarini ijobiyligini ta’minlaydigan naqd pul oqimlarini ta’minlashni nazarda tutadigan konsepsiya ham keltiriladi”5. Pul mablagʻlarining vaqt boʻyicha qiymati konsepsiyasi “Vaqt – puldir!” degan iborani koʻp eshitganmiz va koʻp ibora uni ishlatganmiz. Lekin bu iboraning asl moliyati haqida koʻp ham oʻylab koʻrmaganmiz. Pul mablagʻlarining vaqt boʻyicha qiymati (time-value of money) konsepsiyasi korporativ moliyaning fundamental asoslaridan biri hisoblanadi. Mazkur konsepsiyaga muvofiq biz turli vaqtlarda egalik qiladigan pul mablagʻlari bir xil boʻlmagan qimmatga egalik qiladi. Ustiga-ustak biznesda va kundalik hayotimizda pulga egalik qilish vaqti pul mablagʻlarining miqdoriga nisbatan katta amamiyatga ega. Masalan, milliy pul birligining bugungi qimmati bir qancha vaqt oʻtgandagiga nisbatan qadrliroq. Ya’ni u ayni paytda joriy iste’molni qanoatlantirishga sarflanishi yoki kelajakda qoʻshimcha daromad olish uchun investitsiya sifatida qoʻyilishi mumkin. Ma’lum vaqtdan soʻng zarur miqdordagi pul mablagʻlariga egalik qilish uchun korxona ma’muriyati mavjud pul mablagʻini hozirning oʻzida yoʻnaltirish lozim boʻladi. Bunda qaror qabul qilishda kelgusidagi pul oqimlari pul mablagʻlarining joriy vaqtdagi qiymati (present value – PV)dan kelib chiqqan holda baholashni amalga oshirish lozim. Pul mablagʻlarining joriy qiymati va kelgusi qiymatini baholash uchun moliyachilar pul oqimlarini diskontlash boʻyicha maxsus metodikadan foydalanadilar. Risk va daromadlilik konsepsiyasi Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyati risk bilan chambarchas bogʻliq. Shu oʻrinda yana bir iborani ham keltirish lozim: “Kim risk qilmasa u hech qachon yutmaydi!”. Biror bir operatsiya boʻyicha yuqori riskning mavjudligi yuqori foyda olish imkoniyati boʻlsada nafaqat ijobiy balki salbiy natijaga ham sabab boʻlishi mumkin. Risk va daromadlilik konsepsiyasi moliyaviy menejerdan nafaqat moliyaviy-xoʻjalik operatsiyalaridan olinishi mumkin boʻlgan natijalarni baholash, shu bilan bir vaqtda natijaga erishish bilan bogʻliq risklarga ham diqqatini qaratishi lozimligiga urgʻu beradi. Mazkur konsepsiyaga muvofiq agar riskning yuzaga kelishi natijasida kutilgan daromadning pasayishi biznes uchun salbay oqibatlarga olib kelmasa risklarni qabul qilish mumkin. Shunday qilib, ma’lum bir natijaga erishish, biznesning kelgusi taraqqiyotini ta’minlash uchun risklarni toʻgʻri baholash, ularni kamaytirish boʻyicha oʻz vaqtida va mos chora-tadbirlarni qoʻllash talab etiladi. Bozor samaradorligi haqida gipoteza Bozordagi holat haqida doimiy axborotga ega boʻlish va ularni tahlil qilish doimiy ravishda e’tibor talab qiladigan masala hisoblanadi. Chunki bozordagi holatdan kelib chiqqan holda samarali moliviy qarorlar qabul qilish bevosita korxona moliyaviy barqarorligi oʻsishiga xizmat qiladi. Portfel nazariyasi va moliyaviy aktivklar daromadliligini baholash modeli Investitsion portfel nazariyasining mohiyati mashhur kundalik prinsipda yetarlicha aniq aks ettirilgan: “Barcha tuxumni bitta savatga solma!” Bu prinsipning biznes sohasida yuzaga kelishi mablagʻlarni turli xil aktivlar, korxonalar va faoliyat turlari boʻyicha taqsimlash lozimligi bilan ifodalanadi, ya’ni investitsion portfelni ulardan shakllantirish qoidaga koʻra qandaydir bitta yoʻnalishdagi risklarni taqqoslaganda jamlangan risklarning pastligi bilan bogʻliq. Masalan, pul mablagʻlarini bir vaqtning oʻzida bir nechta sohaga joylashtirish natijasidagi risklar pul mablagʻlarini faqat bitta sohaga joylashtirishdagi risklarga qaraganda kamroq. Oʻz navbatida aktivlar narx shakllanishining turli modellari (CAPM, APT va boshq.) investitsion portfel risklarining asosiy omillarini aniqlash va ularning daromadlilik darajasiga va biznes qiymatiga ta’sirini baholash imkonini beradi. Kapital tarkibi va dividend siyosati nazariyasi “Qayerdan mablagʻ olish kerak va uni qanday taqsimlash lozim?” – bu doimiy savol barcha vaqtlarda va davrlarda insoniyatni tashvishga solgan. Moliyaviy menejer ham muhim muammolar tarkibida mazkur muammodan holi tarzda faoliyat koʻrsata olmaydi. Ya’ni “faoliyatni tashkil etish yoki davom ettirish uchun zarur kapitalni qaysi manbalardan jalb qilish zarur?”, degan savol moliyaviy menejer oldidagi doimiy muammolardan biri hisoblanadi. Bunda qarz mablagʻlari jalb qilish yoki oʻz moliyaviy resurslari bilan cheklanish lozimligiga aniqlik kiritiladi. Mazkur oddiy boʻlmagan savollarga har tomonlama asoslangan javob topish kapital tarkibi nazariyasining tadqiqot predmetini tashkil etadi. Kapital tarkibi nazariyasining fundamental asoslarini oʻrganish korxona faoliyatini moliyalashtirish boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida hisobga olinishi lozim boʻlgan omillarni a’lo darajada tushunish imkonini beradi. Dividend siyosati doirasida koʻrib chiqiladigan, olingan foydani taqsimlash yuqoridagi muammo bilan bevosita bogʻliq va muhimligi boʻyicha kam boʻlmagan muammo hisoblanadi. Dividend siyosatidagi asosiy muammo olingan foydaning ta’sischilarga dividendlar koʻrinishida toʻlanadigan qismi va foydaning biznesni yanada rivojlantirish uchun yoʻnaltiriladigan qismi oʻrtasidagi optimal nisbatni belgilashni nazarda tutadi. Agentlik munosabatlari nazariyasi Iqtisodiy munosabatlarda har bir obyekt doimo oʻz manfaatlarini qanoatlantirish uchun intiladi va bu manfaatlar biznes yuritish jarayonida har doim ham mos kelavermaydi. Agentlik tushunchasi ikki ishtirokchi oʻrtasidagi munosabatda ulardan birining (buyurtmachi, prinsipal) oʻz funksiyalarini boshqa shaxsga, ya’ni agentga oʻtkazishini anglatadi. Korporativ moliyani boshqarish nuqtai nazaridan eng muhim agentlik munosabatlari sifatida mulkdorlar va menejerlar oʻrtasidagi munosabatlar, shuningdek kreditorlar va aksiyadorlar oʻrtasidagi munosabatlarni keltirish mumkin. Masalan, biznesda kapital egalari moliyaviy boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun yollanma menejerlar (agentlar)ni jalb qilish holatlari tez-tez yuzaga kelib turadi. Lekin menejerlar oʻz ish joyini saqlash, karerasini rivojlantirish, ish haqini oshirish va boshqa maqsadlarda shaxsan oʻzi uchun foydali, biznes egasi uchun esa zararli qarorlar qabul qilishi mumkin. “Prinsipal – agent” munosabatlarida yuzaga keladigan nizolarni iqtisodchilar agentlik muammolari, agentlik nizolari yoki manfaatlar toʻqnashuvi natijasidagi muammolar, deya ataydilar. Agentlik munosabatlari nazariyasi agentlik munosabatlarida yuzaga keladigan muammolarning mohiyati va yuzaga kelish sabablarini oʻrganadi, shuningdek ularning oldini olish yoki salbiy oqibatlarini kamaytirish imkonini beruvchi metodlar va instrumentlarni ishlab chiqadi. Download 95.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling