Moliyaviy tahlilda qo‘llaniladigan usullari. Mundarija: Kirish I. Bob Moliyaviy tahlil qo‘llaniladigan usullari
Moliyaviy tushunchaning iqtisodiy mohiyati
Download 95.92 Kb.
|
Moliyaviy tahlil metodi va usullari
2.2 Moliyaviy tushunchaning iqtisodiy mohiyati
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy oqimlar har qanday korxonada boshqaruv obyekti hisoblanadi, shu sababli har bir moliyaviy qaror pul oqimlari harakati bilan bilvosita yoki bevosita bogʻliq. Shuning uchun ham aksariyat boshqaruvchilar oʻz funksional vazifalarini amalga oshirish jarayonida moliya xizmati bilan oʻzaro bogʻliqlikda faoliyatni tashkil etadi. Bu bogʻliqlik bugungi kunda har bir boshqaruvchidan moliyaviy menejment asoslari haqida bilimga ega boʻlishi, korxona oldida turgan muammolarni toʻgʻri talqin qilishi va oʻz faoliyatini yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tashkil etishi talab etiladi. Bizga ma’lumki, moliya – pul fondlarini tashkil etish, taqsimlash (qayta taqsimlash) va foydalanish bilan bogʻliq iqtisodiy munosabatlarning oʻziga xos sohasidir. Pul moliyaviy munosabatlarning moddiy asosi sifatida bozor iqtisodiyotida tomonlarning manfaatlarini ifodalashda va oʻzaro muvofiqlashtirishda, shuningdek umumiy qiymat ekvivalenti sifatida muhim rol oʻynaydi. Pul fondlari tushunchasi aniq belgilab qoʻyilgan maqsad asosida tashkil etilgan fond ekanligi bilan tavsiflanadi. Bunday fondlardagi pul mablagʻlari moliyaviy resurslar deb ataladi. Yuqorida qayd etib oʻtilganidek, hozirgi kunda moliyaviy resurslarni boshqarish har bir korxona oldida turgan eng asosiy va strategik vazifalardan biri hisoblanadi. Bu yoʻnalishning korxonani boshqarish tizimida strategik ahamiyatga egaligi moliyaviy resurslar va boshqa resurslar (moddiy resurslar, mehnat resurslari va boshqalar)ni jalb qilishning oʻzaro bogʻliqligi bilan izohlanadi. Bunday oʻzaro bogʻliqlikning ratsional, maqsadga muvofiq va samarali tashkil etilishi koʻp jihatdan korxona iqtisodiy barqarorligini belgilab beradi, shuningdek iqtisodiy obyekt faoliyatidan manfaatdor boʻlgan mulkdorlar, xodimlar, kontragentlar, davlat va jamiyat moddiy farovonligi oʻsishiga xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyotida moliyaviy resurslarning (muhim) ahamiyatga egaligi ularni boshqarishning funksiyalarini belgilab beruvchi mustaqil faoliyat sifatida moliyaviy menejmentni tashkil etish zaruriyatini shart qilib qoʻyadi. E.F.Brighаm fikriga koʻra, moliyaviy menejment aktivlarni qancha miqdorda va qanday tartibda jalb qilish, aktivlarni sotib olish uchun zarur kapitalni oshirish hamda firma qiymatini maksimallashtirish uchun firma faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq qarorlar qabul qilishga qaratilgan boshqaruv faoliyatidir2. J.Deepika esa moliyaviy menejment kompaniyalarda moliyaviy resurslar resurslarni rejalashtirish, ularni jalb qilish va foydalanish ustidan nazorat qilishga qaratilgan boshqaruv faoliyatidir3, deya fikr bildiradi. I.A. Blank tomonidan moliyaviy menejment korxonalarda moliyaviy resurslarni shakllantirish, taqsimlash va foydalanish hamda pul mablagʻlari oboroti bilan bogʻliq boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga oshirish prinsiplari va metodlari tizimi4 sifatida izohlanadi. Umuman, moliyaviy menejment – bu korxonaning strategik va joriy maqsadlarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan moliyaviy resurslarni va moliyaviy faoliyatni boshqarishdir. Moliyaviy menejment oʻz xususiyatiga koʻra keng va koʻp qirrali tushuncha sifatida quyidagi kontekstlarda koʻrib chiqilishi mumkin: - ilmiy fan (soha) sifatida; - korporativ moliyani boshqarish tizimi sifatida; - tadbirkorlik faoliyati turi sifatida. Moliyaviy menejment ilmiy fan (soha) sifatida nazariy bilimlar, konsepsiyalar, modellar va ular asosida ishlab chiqilgan amaliy metodlar, boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida qoʻllaniladigan usullar, instrumentlar tizimini oʻzida aks ettiradi. Moliyaviy menejment nazariyasi va amaliyoti iqtisodiy muhitda yuz bergan turli xil oʻzgarishlardan kelib chiqqan holda doimiy ravishda rivojlanib kelmoqda. Download 95.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling