Moliyaviy tahlilning metodi va unga qo’llaniladigan usullar Reja: Kiish
Taqqoslash usuli va uni qo’llashda amal qiladigan shartlar
Download 46.33 Kb.
|
iskandar tahlil
3. Taqqoslash usuli va uni qo’llashda amal qiladigan shartlar
Xo’jalik faoliyati tahlili ining oddiy-an’anaviy (odatdagi) usullaridan eng ko’p va avvaldan qo’llanilib kelinayotgani taqqoslash usulidir. Har qanday iqtisodiy hodisa, jarayonni o’rganish, taqqoslash, ma’lum ko’rsatkichlar bilan nisbat, solishtirish yo’li bilan o’rganiladi. Bunday o’rganishda hodisa va jarayonlarni o’zgartirishining asosiy va qo’shimcha sabablari aniqlanadi, taraqqiyot darajasiga baho beriladi. Odatda tahlil taqqoslash bilan boshlanadi deyiladi. Taqqoslashning bir necha turlari mavjud: biznes reja ma’lumotlari, o’tgan yillar erishilgan ko’rsatkichlar, eng ilg’or va yuqori, o’rtacha erishilgan natijalar bilan. Bizga ma’lumki xo’jalik faoliyati tahlili ning muhim vazifalaridan biri tuzilgan biznes, reja ko’rsatkichlarini bajarilishiga baho berishdan iboratdir. Shundan ham ma’lumotlardagi hisobot (o’rganilayotgan) yil erishilgan natijalarini taqqoslash tahlilining ahamiyati yuqoriligi ko’rinadi. Biznes reja ma’lumotlari bilan haqiqatda erishilgan natijalarni taqqoslab, aniqlangan farqlar tahlilning keyingi chuqur o’rganish uchun obekt bo’ladi, ya’ni hisoblangan o’zgarishlar tuzilgan biznes rejaning asoslanganligi, to’g’ri va bor haqiqiy imkoniyatga yaqin, bajarilish imkoniyati kengligini bildiradi. Shuningdek, bu aniqlangan farqlar biznes rejaning sifatli tuzilganligi yoki bor haqiqatdan uzoqliligini ifodalaydi. Haqiqatda erishilgan ma’lumotlarni biznes rejada ko’zda tutilgan ko’rsatkichlar bilan taqqoslashda aniqlangan katta farqlar, ayrim hollarda baho o’zgarishlari yoki past rejalashtirilishi, imkoniyatlarni to’la hisobga olinmaganligi sababli yuzaga kelishi mumkin. Bunday hollarda avvalgi tuzilgan biznes-reja ko’rsatkichlari qayta hisoblanishi (korrektirovka) lozim va so’ngra o’rganiladigan ma’lumotlar taqqoslanadi. Xullas, tahlilda ko’rsatkichlar asoslangan bo’lishi (mumkin) talab qilinadi. Xo’jalik faoliyati tahlili ining taqqoslash usuli joriy davr ma’lumotlari bilan o’tgan yillar ko’rsatkichlarini bog’lab o’rganishda ham keng qo’llaniladi. Ayniqsa kunlik, o’n kunlik, oylik, kvartallik va yillik faoliyatini aynan o’tgan yillarning shu davrlarida erishilgan natijalarga taqqoslash zarur, faqat aniq natijalarni bilish uchun taqqoslanish shart va talablarga amal qilinsa bas. Mahsulotlar tannarxi, xarajat turlari va elementlarini o’rganishda bunday qayta hisoblashlar, bir xil baho o’lchamida o’rganishlar talab etiladi. Tahlilda muhim ahamiyatni chet el tajribalarini o’rganish maqsadida tashkil etiladigan xorijiy firmalar bilan korxona (firma) ma’lumotlarini taqqoslash egallaydi. Bunda ko’rsatkichlar bir-biri bilan taqqoslashi moslashtirilib, so’ngra esa ilg’or tajriba natijalari o’rganiladi va kelgusi faoliyatda bu tajribalarga amal qilish yo’llari ko’rsatiladi. Korxona (firma) faoliyatida qanchalik ko’p chet el ilg’or tajriba va texnologiyasi joriy qilinish yo’llarini belgilash, kelgusida shunchalik samarali, ishlab chiqarishni tashkil qilishga asosiy zamin bo’ladi. Moliyaviy va boshqaruv tahlilida taqqoslanishning turli usullarini muntazam qo’llash, yo’l qo’yilgan kamchiliklarni tuzatishga, yuqori ko’rsatkichga va tajribaga ega bo’lgan qo’shni xo’jaliklar yutuqlaridan foydalanishga imkon yaratadi. Taqqoslash usuli korxonalar faoliyatining tahlilida qo’shni xo’jaliklar, o’rtacha tuman, viloyat va respublika ma’lumotlari bilan o’rganilayotgan xo’jalik ma’lumotlarini solishtirishda ham ishlatiladi. Bo’larning barchasi xo’jalik faoliyatining to’la va chuqur o’rganishga, ko’rsatkichlarni o’sish yoki kamayganini aniq bilishga imkon yaratadi. Xo’jalik faoliyati tahlili fanida ko’rsatkichlarni taqqoslab o’rganishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim: 1. Taqqoslab o’rganishi lozim bo’lgan ko’rsatkichlarning aniqlanish usuli aynan bir xil bo’lishi kerak. Xo’jalik faoliyatini tahlil qilishda o’rganiladigan ko’rsatkichlarni to’g’ri taqqoslash uchun mazmunan bir xil usulda aniqlanganligini tekshirish lozim. Masalan korxonalarni rentabellik darajasini foydani ishlab chiqarish fondlariga yoki mahsulotlarning to’liq tannarxiga nisbatan, ayrim hollarda esa sof foyda yoki sotilgan mahsulotlarning to’liq tannarxiga nisbatan ham aniqlanishi mumkin. Shuning uchun ham rentabellik ko’rsatkichini o’rganiladigan davrlar bo’yicha bir xil usulda hisoblab, so’ngra o’zgarish darajasini tahlil qilishi lozim. Demak, faqatgina ko’rsatkichlarni aniqlash usuli bir xil bo’lganligiga ishonch hosil qilishidan so’nggina tahlil bilan shug’ullanish lozim. 2. Bir xil bahoda hisoblangan ko’rsatkichlargina taqqoslanishi lozim. Tahlil qilishda o’rganiladigan ko’rsatkichlarni turli yillar bahosida hisoblab o’rganib bo’lmaydi. Chunki baho o’zgarishi qiymat shaklda mahsulotlarni hisoblashda katta ta’sir etadi. Shuning uchun ham xo’jaliklar amaliy faoliyatida o’zgarmas (har 5-10 yilgi) solishtirma baholar qabo’l qilingan. Masalan, hozirgi davrda korxonalarda o’tgan hisobot davridagi baholar solishtirma baho sifatida qo’llanilmoqda. Bir xil bahoga aylantirishlik metodining kamchiligi shundaki, tahlil davrida solishtiriladigan mahsulot tarkibini o’zgarmay turishini chegaralab qo’yadi. 3. Reja topshiriqlarining bajarilishi og’irligi mos kelishi lozim. Bu shart ayniqsa korxonalarning reja topshiriqlarini bajarilishi darajasini tahlil qilishda ko’proq e’tiborga olinishi lozim. Reja topshiriqlarini bajarilish og’irligini hisoblash bo’yicha metodik qo’llanmada koeffitsentlardan foydalanish lozimligi ko’rsatilgan. Kuyidagi misolda reja topshiriqlarining og’ir-yengilligiga qarab ko’rsatkichlarni tahlil qilishni ko’rib chiqamiz. Masalan: №1- sexda mehnat unumdorlik rejasi 103 % ga bajarilgan, mahsulot ishlab chiqarishni vazmin bajarilishini og’irliq koeffitsiyenti 0,9 ga teng, №2- sex esa mehnat unumini 105 % ga, rejaning bajarilishini og’irliq koeffitsiyenti 0,8 ga teng bo’lsa, ¹2 sex 0,9 koeffitsiyentda mehnat unumining 100 foizini bajarar ekan. Demak, bu bilan ¹2 sexga yuqori imkoniyatli deb baholash mumkin. yoki reja topshiriqlari bajarilishi og’irligini korxonadagi aniq imkoniyatlarga qarab ham aniqlanib, so’ngra tahlil bilan shug’illanish lozim. 4. Taqqoslab o’rganiladigan davrlar bir xil bo’lishi lozim. Bu talabning mazmuni avvalgi talabga nisbatan bir muncha oddiy bo’lib, tahlilda o’rganiladigan ko’pgina ko’rsatkichlarning hajmi va o’zgarishi davr-vaqtning uzun va qisqaligiga bog’liqdir. Masalan: oy, kvartal, dekada va yil oxirlarida korxonalarda ish qizg’in va tezlashib ketishi bu davrdagi ma’lumotlarni o’rganishda e’tiborga olinishi lozim. Qurilish tashkilotlarida yil mobaynida ob’ektlarga xarajat sarflari turlicha bo’lishi mumkin, shuning uchun ham ayrim ko’rsatkichlarni tahlil qilishda, bu omil e’tiborda bo’lishi kerak. Demak, xo’jalik faoliyati tahlili da taqqoslab o’rganiladigan ko’rsatkichlarning sodir bo’lishi vaqti va davri albatta hisobga olinadi. 5. Korxonaning joylanishi va iqlim sharoiti teng darajada hisobga olinishi lozim. Turli xil iqlim va sharoitda joylashgan korxoanlarning ko’rsatkichlarini hato xulosalarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham bu tabiat omillarini ta’siri xo’jalik faoliyati tahlili da e’tiborga olinishi lozim. Shuning uchun ham taqqoslash belgisi sifatida turli tizim va tabiiy omillar ta’sirini hisobga oluvchi maxsus usullar joriy qilinishi lozim. Faqat aniq shart-sharoitni hisobga olgan holda xo’jalik faoliyati tahlili ning taqqoslash usulini qo’llab o’rganishgina to’g’ri natijalarni beradi. 6. Ko’rsatkichlari taqqoslanuvchi korxonalarning ixtisoslashuvi, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi va xo’jalik yo’nalishlari bir-biriga o’xshash bo’lishi kerak. Bu talabning muhim tomoni shundaki, har xil korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlicha mehnat, mashina-xarajatlar talab qilishi, asosiy fondlarning tarkibidagi o’zgarishlar va farqlar, o’rtacha mehnat unumdorlikni, fond qaytimini va mahsulot birligiga sarflar hajmini o’zgarib ketishini e’tiborga olishlik lozimligini ko’rsatadi. Lekin yuqorida ko’rsatilgan farq va tafovutlarni aniq hisoblashning umumiy tartibi iqtisodiy adabiyotlarda ham yetarli darajada yoritilmagan. 7. O’rganiladigan ob’ektlar soni ham mos bo’lishlik sharti - bunda taqqoslanuvchi ko’rsatkich faqat ayrim sex yoki brigada bo’yicha olingan bo’lsa qolgan talab qilingan ma’lumotlar ham faqat shu ob’ektlarga tegishli bo’lishi lozim. Umuman tarmoq yoki xo’jalik bo’yicha o’rganiladigan ma’lumotlar bilan ikkinchi korxonadagi ayrim kichik ma’lumotlar solishtirilishi aniq natijani aks ettirmaydi. Faqatgina hajmi jihatidan mos keluvchi belgilar bo’yicha ma’lumotlarni o’rganishgina tahlil natijalarini yanada aniqlashtiradi. Iqtisodiy ma’lumotlarni taqqoslash yuqoridagi shartlarga amal etgan holda tahlilni bajarish, natijalarni aniq va bor haqiqatni to’g’ri ifodalashga yordam beradi. Bunday taqqoslash natijasida korxonaning yangi mahsulot ishlab chiqarishi to’g’risidagi ko’rsatkichlarini o’tgan davrlarga nisbatan o’zgarishini tahlil qilish mumkin. Download 46.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling