Moliyaviy tahlilning metodi va unga qo’llaniladigan usullar Reja: Kiish
Mutloq va nisbiy farqlarni aniqlash usuli
Download 46.33 Kb.
|
iskandar tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Zanjirli bog’lanish usuli va uning tahlilda qo’llanilishi
6. Mutloq va nisbiy farqlarni aniqlash usuli
Mutloq va nisbiy farqlarni aniqlash usuli - ko’proq statistika fanida keng qo’llanilib, tahlilda ko’pgina o’rganiladigan ko’rsatkichlarni o’sish va o’zgarishini hisoblashda ishlatiladi. Mutloq o’zgarish tahlilda har bir o’rganiladigan ma’lumotlarni avvalgi davrlarga nisbatan farqlarini ko’rsatsa, nisbiy ko’rsatkichlar esa foiz, koeffitsiyent, indeksda hisoblanadi. Bu ko’rsatkichlarni hisoblash va o’rganish tartiblari statistika fanida yoritiladi. Moliyaviy va boshqaruv tahlilida mutloq va nisbiy ko’rsatkichlarini qo’llanilishi mehnat haqi fondini sarflanishida o’rganishda ayniqsa ko’proq ishlatiladi. 7. Zanjirli bog’lanish usuli va uning tahlilda qo’llanilishi Zanjirli bog’lanish usuli alohida omillarning umumiy ko’rsatkichga ta’sir darajasini aniqlashda qo’llaniladi. Xo’jalik faoliyati tahlili ning bu usuli shu paytda qo’llaniladiki, qachonki o’rganilayotgan ko’rsatkichlar orasidagi bog’lanish funksional xarakterga, ya’ni to’g’ridan-to’g’ri va takroriy aloqadorlikka ega bo’lsa. Bunda har bir ta’sir etuvchi omilning o’rganilayotgan umumiy ko’rsatkichga ta’sirini topish uslubiy ketma-ketlikka ega. Omillar ta’sirini aniqlashdagi uslubiy ketma-ketlik, qarab chiqilayotgan ko’rsatkichlarnitahlil etishda to’g’ri o’rinlashdan va u yoki bu omilning ta’sir darajasini topishda reja (yoki o’tgan yil) ko’rsatkichlarini haqiqiy (joriy davr) ko’rsatkichlar bilan navbatli almashtirishni to’g’ri belgilashdan iborat. Ko’rsatkichlarni to’g’ri o’rinlash yoki qatorlashda ularning miqdor va sifat jihatlariga ahamiyat beriladi. Ya’ni, analitik jadvallar tuzishda dastlab miqdor ko’rsatkichlar, so’ngra sifat ko’rsatkichlar o’rganiladi. Bazis (o’tgan yil)ko’rsatkichlarini haqiqiy (joriy davr) ko’rsatkichlari bilan navbatli almashtirishdagi uslubiy ketma-ketlik ham yuqoridagi belgilashga asoslanadi. Ya’ni, dastlabki hisob-kitob bo’yicha barcha ko’rsatkichlar bazis (ajasida olinadi. Hisob-kitobning har qaysi keyingi qatori bo’yicha ta’sir etuvchi birlik yangilanadi. Oxirgi hisob-kitob qatori bo’yicha barcha ko’rsatkichlar haqiqatda (joriy davr bo’yicha) olinadi. Oraliq har bir o’zgarish umumiy o’zgaruvchiga ta’sir etuvchi omilning ta’sir darajasini ifodalaydi. Buning uchun shartli aniqlangan ko’zidan oldingi ko’rsatkichdan farqlanadi va ularning qiymat ifodasi topiladi. Masalan, dehqonchilik mahsulotlarining tannarxi, hosildorlik va bir gektar yerga sarflar normasini o’zgarishi bilan bog’liqdir yoki sarflangan materiallar qiymati sarf normasi va bir birlikning bahosining o’zgarish sabablari bilan bog’liqdir. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt biror-bir mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarishni tashkil qilishi uchun asosan to’rt xil resurs mujassam bo’lmog’i lozim bo’ladi. Bunday resurslar tarkibiga: Moddiy resurslar; Moliyaviy resurslar; Mehnat resurslari; Tadbirkorlik resursi. Mazkur resurslar tarkibida bugungi kunda eng asosiylaridan biri bu moddiy resurslar bo’lib, ularning tarkibida ham muhimlaridan biri asosiy vositalar hisoblanadi. Chunki, keyingi yillarda asosiy vositalarning bahosini muntazam oshib borishi va ularga qilinadigan xarajatlar mahsulot tannarxining asosini tashkil qilayotganligi ham ushbu vositalarni tahlil qilib borishni taqozo etmoqda. Asosiy fondlar (vositalar) ishlab chiqarishning muhim omili sifatida qaralib, ular vositasida bevosita mehnat predmetlari va mehnat kuchlari birikuvida mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlar bajariladi va xizmatlar ko’rsatiladi. Asosiy fondlar deb ishlab chiqarish siklida bir necha bor qatnashib o’zining qiymatini yaratilayotgan mahsulotlarga qisman-qisman o’tkazuvchi hamda jismoniy shaklini saqlab qoluvchi mehnat vositalariga aytiladi. Asosiy fondlar yoki vositalarni tarkiblashda jahon va respublika hisob belgiloviga muvofiq quyidagi ikkita jihat mezon sifatida olingan. Birinchisi, ularning qiymat ifodasi, ikkinchisi – xizmat muddati. Assosiy vositalarning qiymat ifodasi uning kam baholi va tez eskiruvchi buyumlardan farqlanish chegarasini xarakterlaydi. Bu ifoda O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2000 yil dagi qarori bilan ish haqi minimumining 50 barobarida qilib belgilangan. Asosiy vositalarning xizmat muddati ularning bir yildan ortiq muddat xizmat etishini xarakterlaydi. Xizmat muddati bir yildan ortiq bo’lgan, lekin qiymat jihatdan qat’iy chegaradan oshmaydigan qiymatliklar, shuningdek, qiymatliklar, xo’jalik inventarlarining ayrim turlari asosiy vositalar qatoriga kiritilmaydi. Bu qator bevosita kam baholi va tez eskiruvchi buyumlari tarkibida hisobga olinadi. Asosiy vositalar tahlilida korxonaning asosiy vositalar bilan qurollanish darajasiga, ularning texnik holati va harakat ko’rsatkichlariga, samaradorlik ko’rsatkichlariga, dinamikasi va holatiga baho beriladi. Asosiy vositalar bilan ta’minlanish deyilganda korxonaning biznes rejasiga yoki o’tgan yillarga nisbatan asosiy fondlar bilan qurollanishi darajasi tushuniladi. Shuningdek, asosiy vositalarning tarkibi bo’yicha, turi bo’yicha o’zgarishlariga baho beriladi. Tahlil etishda asosiy vositalarning holat va harakat ko’rsatkichlariga muhim e’tibor qaratiladi. Bu orqali bevosita asosiy vositalarning eskirish darajasi, yaroqlilik darajasi, kirimi va chiqimi ko’rsatkichlariga baho beriladi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligini o’rganishda moliyaviy tahlilning eng asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: xo’jalik sub’ektlarining asosiy vositalar bilan yetarli darajada ta’minlanganlik holatiga baho berish; asosiy vositalarning tarkibi, tuzilishi va dinamik o’zgarishlariga baho berish; korxonaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik holatini yaxshilash bo’yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash va ularga baho berish; asosiy vositalarning texnik holatiga baho berish; xodimlarning asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajalariga baho berish; asosiy vositalar samaradorligini oshirish bo’yicha mavjud imkoniyatlarni ko’rsatib berish va hakozo. Bugungi Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalarning asosiy vositalarini tahlil etishda asosiy axborot manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: korxonaning biznes reja ma’lumotlari; “Buxgalteriya balansi” (1-shakl); “Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi” hisobot (3-shakl); .Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida har bir vositani ma’lum bir xususiyatlari bo’yicha tasniflash va tarkibiy joylashtirib chiqish mumkin bo’ladi. Xususan, korxonalarning asosiy vositalarini ham ma’lum bir xususiyatlari bo’yicha tasniflab chiqish va ularni tahlil qilib chiqish maqsadga muvofiq sanaladi. Bugungi kunda asosiy vositalarni quyidagi xususiyatlari bo’yicha tasniflashimiz mumkin: Download 46.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling