Moliyaviy texnologiyalar


Download 5.69 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi5.69 Kb.
#1630152
Bog'liq
tavsifnoma


Toshkent moliya instituti
Iqtisodiyot fakulteti
Moliyaviy texnologiyalar” yo’nalishi IMT-50 guruh talabasi Kurashev Sobirga
TAVSIFNOMA

Kurashev Sobir Saidmurod oʻgʻli 2023-yil 13-martdan 2023-yil 10-iyunga qadar “AERIS GROUP” MCHJda amaliyot oʻtadi. U amaliyot davrida mehnatsevarligi, ishga masʻuliyat bilan yondashishi bilan birgalikda oʻziga biriktirilgan rahbar tomonidan berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarib bordi hamda oʻz bilim-koʻnikmalarini oshirishga bo’lgan yuqori intilishi bilan korxona xodimlari, xususan, moliya bo’limi jamoasining eʻtiborini qozondi.


Amaliyot davomida mahsulotlar ishlab chiqarish, sotish hamda xom-ashyolar hisobiga oid turli hisob-kitoblarni ko’zdan kechirdi, ular bo’yicha hisobot shakllantirdi va tahlil natijalarini rahbariyatga taqdim etdi. Boshqarma mutaxassislari bilan sohaga oid oʻzini qiziqtirgan turli masalalarda fikr almashdi va bu boʻyicha bir qator o’z taklif-mulohazalarini bildirdi. Bu orqali oʻzining talabchanligi va ilmga chanqoqligini ko’rsatgan Kurashev Sobir kelajakda oʻz sohasining yetuk mutaxasissi boʻlishi haqida jamoada iliq fikrlar yuzaga keldi. Tavsifnoma Toshkent moliya instituti “Korporativ moliya va qimmatli qogʻozlar” kafedrasiga topshirish uchun berildi.

AERIS GROUP” MCHJ


rahbari U. Aberaev
Download 5.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling