Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarishni axborot bilan


Download 2.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/134
Sana29.10.2023
Hajmi2.83 Mb.
#1732728
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   134
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

 
9.2. Ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarishni axborot bilan 
ta’minlash 
Qanday subyektning olib borayotgan siyosati tadbirkorlik rejalarining 
to’g’riligini o’z vaqtida aniqlash uchun o’z faoliyatining natijalarini doimiy 
kuzatish va nazorat qilib turishini taqozo qiladi. 
Boshqaruvning asosiy muammolaridan biri yangi subyekt qurilishida, 
faoliyatini kengaytirish va rekonstruksiya qilish, zaxiralarni ko’paytirish, ishlab 
chiqarish texnologiyasini yangilash, yangi mahsulot ishlab chiqarish, jihozlarni 
almashtirish, investitsiyani jalb qilish va investitsiyadan daromad olishdir. 
Ayniqsa, investitsiya qarori tavakkal hisoblanadi, chunki ishlab chiqarish 
jarayonida kelgusi davrda daromad olish uchun joriy davrdagi resurslarning 
hisobidan zarur ulushini jalb qiladi. Ushbu yechim uzoq muddatli va xuddi 
shunday tartibda qisqa muddatga aloqador bo’lishi mumkin. 
Qisqa muddatli yechim mahsulot assortimentini boshqarish natijasida birlik 
mahsulotning umumiy foyda jamg’armasiga, buyurtma hajmiga, talab va sotish 


313 
hajmiga, tannarx va narxga, hamda isrofsiz ishlab chiqarish va sotish, ishlab 
chiqarish va sotib olish va hokazo savollarga tegishlidir. Ular qo’yilgan 
kapitalning hajmiga ta’lluqli emas. Qisqa muddatli investitsiya natijasida ushbu 
mablag’ qisqa davrda, ya’ni bir yilgacha pul mablag’lariga aylanadi. 
Uzoq muddatli investitsiyani amalga oshirish va undan daromad olish orasida 
uzoq davrga mo’ljallangan kapital qo’yilmalar haqidagi qarorlar investitsiyaga, 
asosiy fondlarga, ilmiy tekshirishga va tajribaviy konstruktorlik ishlab chiqarishga, 
reklama va omborxona inshootlariga tegishlidir. 
Katta tavakkalchilik oqibatida investitsiyalash bo’yicha subyekt faoliyatining 
tahlili yechimlariga, vaqt omilini e’tiborga oluvchi alternativ tanlash yechimiga 
tayanishi kerak. 
Boshqaruv yechimi variantlari qo’yilgan va rejalashtirilgan daromadning 
hajmiga vaqt ta’sirini hisobga oladi. Variantlar natijasini taqqoslash banklardagi 
ssuda berishdagi o’xshashlik uslubida amalga oshiriladi. Axborot ta’minot tahlili 
boshqaruv yechimini qabul qilish uchun differensiyalangan boshqaruv hisobining 
kirimi va chiqimi tizimini yaratadi. 
Differensiyalangan sarflar deb qaysiki aniqlangan sharoitda boshqa 
sharoitlarda bo’lishi mumkin bo’lgan chiqimlarning kattaligidan a’lo bo’lishi 
mumkin. Ular har doim har qanday aniq holatga ta’lluqlidir. 
Differensiyalangan daromad deb, shunday kirimga aytiladiki, bunda 
aniqlangan sharoitlardagi hajmlar, bo’lishi mumkin bo’lgan hajmdan ajralib turadi. 
Alternativ tanlov muammolarning yechimida kapital qo’yilmadan olingan 
foydani hisoblab aks ettirishdir. Binobarin, qo’yilmadan olingan foyda qancha 
ko’p bo’lsa shuncha yuqori istiqbolli variant hisoblanadi. Bu yerda subyektning 
maqsadi agarda u boshqa maqsadlar bilan muqobillashgan bo’lsa kapital 
qo’yilmadan olingan foydani maksimallashtirish hisoblanadi. Investitsiyalash 
muammosining tahlili besh bosqichda olib boriladi: muomalalarni aniqlash; 
muqobil (alternativ) yechimni tanlash; tanlangan yechimning natijasini aniqlash va 


314 
baholash; miqdordan o’lchab bo’lmaydigan o’sha natijani saralash, ularni bir-
biriga va boshqa natijalarga nisbatan baholash; qarorlarni qabul qilish. 
Boshqaruv hisobi asosan miqdoran o’lchanadigan ma’lumotni tayyorlaydi. 
Differensiyalangan sarflar xarajatlarning hisob tizimida doimiy asosda aks 
ettirilmaydi. Ularning tarkibi har qanday aniq muammolarni tahlil qilish uchun 
tanlanadi. Differensiyalangan sarflar turli xil sharoitlarda farqlanadigan 
tannarxning tegishli moddalarini o’z ichiga oladi. Ularning tarkibi kapital 
qo’ylmalar bo’yicha asosan o’zlashtirilgan sarflarni ayrim olgan holda chiqishga 
xizmat qiladi. 
Differensiyalangan sarflar har doim kelajakdagi sarflarga olib boriladi va 
aniqlangan modulning ishlatilishida ushbu sarflarning qanday bo’lishini 
ko’rsatadi. Ko’pchilik hajmda ushbu sarflar ehtimoli bo’lgan sarflarga kiradi.
Differensiyalangan sarflar va daromadlarning aniqlangan shakllarida ularni 
solishtirish uchun har xil variantlari mavjud emas. Binobarin, umumiy holda ikki 
turdagi miqdorlar chiqim bilan daromadni taqqoslashga imkon yaratadi. 
Birinchidan, qachonki boshda taqdim etilgan loyihani amalga oshirish uchun 
u yoki bu variantga mo’ljallangan mablag’ bo’lishi zarur. Pul mablag’larini 
qo’yish har xil muddatlarda amalga oshiriladi, lekin analitik hisoblarda bu muddat 
vaqtning nolinchi daqiqasiga olib kelinadi. 
Ikkinchidan, har xil variantlarda bir necha yil davomida ushbu 
investitsiyalarning natijasi sifatida pul oqimining kelib tushishi kutiladi. 
Pul mablag’larining bu ikki miqdori- investitsiya va kirim bir va o’sha 
vaqtning o’zida hisoblangan tartibga keltirilgan va taqqoslangan ekvivalent 
miqdorlariga olib keladi. Odatda, kelgusidagi daromadlarning oqimi kapital 
qo’yilmalarni vaqtning nolinchi daqiqasiga olib keladi. 
Odatda, investitsiyaning smetasi axborotlarning manbai bo’lib xizmat qiladi. 
Ular investitsiyalanadigan loyihalarning ro’yhatini qabul qilingan qarorlar 
bo’yicha taqdim qiladi. Investitsiyalash o’lchami va yo’nalishi, toza joriy qiymati, 


315 
kelitirlgan sof samarasi, rentabelligi, o’zini qoplash muddati, investitsiyaning 
sifati, kapitalning qiymati, hisob stavkalari, diskontlangan qiymati va hokazolarga 
tegishli axborotlarni analitik va rejali xususiyatga ega bo’lgan ko’pdan ko’p 
hisoblar beradi. 

Download 2.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling