Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Download 2.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/134
Sana29.10.2023
Hajmi2.83 Mb.
#1732728
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   134
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

Internet saytlari 
http:// www. accounting. rut gars. edu 
http:// www. buhgalteria. com. ua 
http:// www. 1c. ru 


397 
11-BOB. KAPITAL, FONDALAR VA MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI 
11.1. Ustav kapitalining shakllanishi va ularning hisobini tashkil qilish 
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o’z moliyaviy resurslarini 
mustaqil shakllantirishlari mumkin. Korxona moliyaviy resurslarinining asosiy 
manbalari bo’lib foyda, amortizatsiya ajratmalari, qimmatli qog’ozlarni sotishdan 
olingan mablag’lar, aksionerlar yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa 
badallari, shuningdek, kreditlar va qonunchilikka zid bo’lmagan boshqa tushumlar 
hisoblanadi. 
Korxonaning o’z mablag’larini shakllantirish asosiy manbai bo’lib, uning 
mulkdorlari tomonidan korxonaga qo’yilgan mablag’lar majmui bo’lgan ustav 
kapitali hisoblanadi. Ustav kapitalini shakllantirish tartibi qonunchilik va ta’sis 
hujjatlari bilan amalga oshiriladi. Chunonchi, davlat korxonalarining ustav fondi 
korxona foydalanishga topshirilgan vaqtida o’z faoliyatini amalga oshirish uchun 
davlat tomonidan ajratilgan mablag’larni aks ettiradi. 
Aksioner jamiyati deb maxsus nom bilan ta’sis etiladigan, ma’lum miqdorda 
teng qismlarga bo’lingan (aksiyalar) asosiy (ustav) kapitaliga ega bo’lgan, va 
majburiyatlari bo’yicha faqat o’zining mulki bilan javob beradigan yuridik 
shaxslar tushuniladi. Bu ta’sischilarning tenglik prinsipiga asoslangan ixtiyoriy 
birlashmadir. Asosiy sharti – faoliyatiga o’z kapitalini qo’yish, ya’ni aksioner 
jamiyati – bu kapitalning birlashishi demakdir. Aksioner jamiyatining faoliyati 
ustav bilan belgilanadi. Aksioner jamiyatining majburiyatlari bo’yicha aksionerlar 
mulklari bilan to’la mas’uliyatli emas, ularning mas’uliyatlari faqat ustav 
kapitaliga qo’yilma bilan cheklanadi. 
Aksioner jamiyatining ustav kapitalini hajmi uning ustavida ko’rsatiladi va 
uning o’zgarishi ustavini o’zgarishi uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Ustav kapitali miqdorini o’zgartirish to’g’risidagi qaror, agar korxonaning ustav 


398 
kapitalini yangi miqdori ro’yxatdan o’tkazilgan bo’lsa, umumiy majlis qabul 
qilgan kundan boshlab kuchga kiradi. 
Jamiyat ta’sis etilgan paytdagi ustav kapitali bir xilda nominal qiymatga ega 
bo’lgan oldindan belgilangan miqdordagi bir qancha oddiy aksiyalardan iborat 
bo’lishi kerak. Aksioner jamiyatlari faqat nomi ko’rsatilgan aksiyalar chiqaradi va 
ular albatta tegishli reestrlarda ro’yxatdan o’tkazilishi kerak. Aksiyalarni to’lash 
mulklar, inshootlar, nomoddiy aktivlar va boshqa moddiy qimmatliklarni
so’mdagi va xorijiy valutadagi pul mablag’larini o’tkazish yo’li bilan bo’lishi 
mumkin. 
Ustav (fondi) kapitalining hisobi 8300 «Ustav kapitalini hisobga oluvchi 
schyotlar» schyotida yuritiladi. Bu schyot passiv bo’lib quyidagi: 8310 «Oddiy 
aksiyalar»; 8320 «Imtiyozli aksiyalar»» 8330 «Pay va ulushlar» schyotlarga 
bo’linadi. 
Yuqorida keltirilgan schyotlar davlat korxonalari, birlashmalari va 
tashkilotlarining ustav fondini va aksioner jamiyatlari va shirkatlarning ustav 
kapitalini hisobga olish uchun tayinlagan. Bu schyotlarda ro’yxatdan o’tkazilgan 
miqdor doirasidagi haqiqiy ustav kapitali yoki to’langan aksiyalarni nominal 
qiymati aks ettiriladi. Ustav kapitalining miqdori ustavda ro’yxatdan o’tkazilgan 
summadan ortiq bo’lishi mumkin emas. Тa’sischilarga qaytarilgan ulushi ustav 
kapitalni kamaytirmaydi, balki aksioner jamiyati tomonidan o’z aksiyalarini sotib 
olingandek rasmiylashtirilib 8610 «Sotib olingan xususiy aksiyalar - oddiy» va 
8620 «Sotib olingan xususiy aksiyalar - imtiyozli» schyotlarning debetida aks 
ettiriladi. 
Bu schyotlarning debet aylanmasi ustav kapitalini kamayishini, kredit oboroti 
esa qonunchilikka binoan turli sabablarga ko’ra ustav kapitalini ko’payishini 
ko’rsatadi. 8310, 8320 va 8330 – schyotlarda aks ettiriladigan muomalalarning 
hisobi 12 – jurnal – orderda yuritiladi. 


399 
Aksioner jamiyat ro’yxatdan o’tgandan so’ng ro’yxatdan o’tkazilgan ustav 
kapitali summasiga jamiyat oldida aksionerlarning qarzi vujudga keladi. 
Тa’sischilar bilan olib boriladigan hisob – kitoblarning hisobi 4610 «Ustav 
kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi» schyotida olib boriladi. 
Ro’yxatdan o’tkazilgan ustav kapitali summasiga 4610 schyoti debetlanib, 
8310 «Oddiy aksiyalar», 8320 «Imtiyozli aksiyalar» va 8330 «Pay va ulushlar» 
schyotlari kreditlanadi. 
4610- schyoti aktiv bo’lib, debet saldosi oy boshiga qolgan ta’sischilarning 
qarzlarini ko’rsatadi. Debet oboroti hisobot oyida vujudga kelgan ta’sischilarning 
qarzlarini aks ettirsa, kredit obroti debitor qarzlarni kamayishini, ya’ni ta’sischilar 
tomonidan o’tkazib berilgan pul mablag’lari, moddiy qimmatliklar va mulklar 
qiymatini ko’rsatadi. 
Jamiyatning aksionerlari maxsus reestrda ro’yxatga olinadi. Qo’yilmalar 
bo’yicha aksionerlar bilan olib boriladigan hisob – kitobning analitik hisobi 
aksionerlarning har biri bo’yicha kartochkalarda yoki qaydnomalarda ustav 
kapitaliga qo’yilmalar bo’yicha qarzlari, qarzlarni qaytarish muddati, qarzni 
qaytarish hisobiga topshirilgan aktivlar summasi ko’rsatilgan holda yuritiladi. 
Sotib olingan aksiyalar summasini ta’sischilar asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, 
so’mda va xorijiy valuta pul mablag’lari va boshqa moddiy qimmatliklari bilan 
to’lashlari mumkin. 
Analitik hisob yuritish uchun asos bo’lib ta’sis hujjatlari, asosiy vositalar va 
nomoddiy aktivlarni qabul qilish – topshirish dalolatnomalari, kirim kassa 
orderlari va boshqalar hisoblanadi. 
Aksioner jamiyatlarining xo’jalik faoliyati amaldagi qonunchilik asosida olib 
borilsa, ularning ishlab chiqarish xarajatlari va moliya – xo’jalik faoliyatining 
hisobi Nizomga asosan yuritiladi.
43
Chunonchi, jamiyat tomonidan olingan balans 
43
ЎзР Вазирлар Маҳкамасининг 54-сонли қарори билан «Маҳсулот (ишлар, хизматлар) ни ишлаб чиқариш ва 
сотиш харажатларининг таркиби ҳамда молиявий натижаларни шакллантириш тартиби тўғрисида Низом» 1999 
йил 5 феврал. (2003 йил 15 октябрдаги янги қайтадан ишлаб чиқилган нашри)


400 
foydaga hisobot davrida sotilgan mahsulot tannarxiga yoki davr xarajatlariga yoki 
foydani kamaytirishga kiritilgan xarajatlar qo’shiladi. Natijada soliqqa tortiladigan 
baza aniqlanib, undan foyda (daromad) dan ajratma solig’i summasi hisoblanadi. 
Foydaning qolgan summasi sof foyda hisoblanib, u aksionerlar majlisining 
qaroriga binoan taqsimlanadi. Mehnat jamoasining tasarrufida, qolgan sof foyda, 
odatda, ikki maqsadga foydalaniladi: dividend to’lashga va ishlab chiqarishni 
kengaytirish ham ijtimoiy ehtiyojlar uchun. Dividend har chorakda yoki bir yilda 
bir marta to’lanishi mumkin. Oraliq dividend direktorlar kengashi tomonidan e’lon 
qilinib qat’iy belgilangan miqdorda bo’ladi. Yillik dividendlar miqdori 
aksionerlarning umumiy majlisi tomonidan yillik ish natijasi bo’yicha belgilanadi. 
Yillik dividendlarga oraliq hisoblangan dividendlar qo’shilmaydi. Dividendlar 
hisoblash va to’lash amaldagi Nizomga asosan rasmiylashtiriladi.
44
Imtiyozli aksiyalar bo’yicha oldindan belgilangan dividend ularni muomalaga 
chiqargan paytda ko’rsatiladi. Bunday aksiyalar bo’yicha dividendlar olingan 
foyda miqdoridan qat’iy nazar birinchi navbatda hisoblanadi va to’lanadi. Basharti 
imtiyozli aksiyalar bo’yicha hisoblangan dividendlarni to’lash uchun olingan 
foyda yetarli bo’lmasa, maxsus tashkil etilgan zaxira kapitali yoki boshqa 
manbalardan foydalaniladi. Muomalaga chiqarilmagan aksiyalar bo’yicha 
dividend hisoblanmaydi. Agar jamiyatning ustavida nazarda tutilgan bo’lsa, 
dividendlar aksiyalar, obligatsiyalar, tovarlar bilan to’lanishi mumkin. Jamiyat 
soliqni hisobga olmagan holda dividend e’lon qiladi. Dividend faqat qo’shilgan 
ulushga yoki sotib olingan aksiyalar uchun to’langan summaga mutanosib 
ravishda beriladi. Dividend tarzida olingan daromaddan soliq dividendlarni to’lash 
manbaida, ya’ni aksioner jamiyatida ushlab qolinadi. 
Aksionerlar bilan daromadlar bo’yicha olib boriladigan hisob 6610 
«Тo’lanadigan dividendlar» schyotida yuritiladi. Bu schyot passiv bo’lib, uning 
44
ЎзР Молия Вазирлиги ва Давлат мулк қўмитаси томонидан қабул қилинган «Акционерлар жамиятлари 
томонидан дивидендлар ҳисоблаш, тўлаш ва фойдаланиш тартиби тўғрисида»ги Низом. 1999 йил 26 ноябр 


401 
kredit qoldig’i AJ ning aksionerlar oldidagi qarzini ko’rsatadi, debet oboroti 
ushlangan soliq va to’langan dividendlar summasini aks ettiradi. Aksioner 
jamiyatida ishlayotgan xodimlarga dividendlar hisoblansa, 6710-«Mehnat haqi 
bo’yicha xodimlar bilan xisoblashishlar» schyotidan foydalaniladi. 
Dividendlar aksionerlarning umumiy majlisi protokoli va qaroriga binoan 
ham ushlangan soliqlar to’g’risidagi buxgalteriyaning ma’lumoti bo’yicha 
hisoblanadi. Dividendlarni naqd pul va naqd pulsiz to’lanishi kassa chiqim orderi 
va to’lov topshiriYoi bilan rasmiylashtiriladi. 
Yuridik va jismoniy shaxslarga to’lanadigan dividend va foizlar O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan stavkalarda to’lash 
manbaida soliqqa tortiladi.
45
Aksioner jamiyatidan chiqib ketayotgan ta’sischilar bilan olib boriladigan 
hisob – kitoblar hisobi 6620-«Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo’yicha 
qarz» schyotida yuritiladi. Bu schyot passiv bo’lib kreditida chiqib ketayotgan 
ta’sischilarga to’lanadigan summa aks ettirilsa, debetida ularga to’langan summa 
ko’rsatiladi. 
Chiqib ketayotgan ta’sischilardan aksiyalar sotib olinsa, 8610-«Sotib olingan 
xususiy aksiyalar – oddiy» yoki 8620-«Sotib olingan xususiy aksiyalar – 
imtiyozli» schyotlari debetlanib 6620-«Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari 
bo’yicha qarz» schyoti kreditlanadi. 
Sotib olingan aksiyalar bo’yicha puli to’langanda 6620-schyot debetlanib 
5010, 5110-schyotlari kreditlanadi. 6610 «Тo’lanadigan dividendlar» va 6620 
«Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo’yicha qarz» schyotlari bo’yicha 
analitik hisob har bir aksioner bo’yicha 7-qaydnomada yuritiladi. Sintetik hisob 
esa 8-jurnal – orderda aks ettiriladi. 
11.1- jadval 
45
Ўзбекистон Республикаси Солиқ Кодексининг 29 ва 56 бандлари 


402 
«Тa’sischilarga bo’lgan qarzni hisobga (6600) oluvchi schyotlar» bo’yicha 
schyotlar korrespondensiyasi 
№ Хo’jalik 
muomalalarining 
mazmuni 
Schyotlar 
korrespondensiyasi 
Yozuvni tasdiqlovchi 
hujjatlar 
Debet 
Kredit 

Aksionerlarga 
dividendlar hisoblandi 
8710 
6610 
Majlis bayonnomasidan 
ko’chirma, dividendlar 
hisobi 

Hisoblangan 
dividendlarni to’lash 
6610 
5010, 
5110 
Kassa hisoboti 
bankning ko’chirmasi 

Chiqib ketayotgan 
ta’sischilarga ularning 
ulushlari bo’yicha 
qarzlar hisoblandi 
8610, 
8620 
6620 
Majlisning 
bayonnomasidan 
ko’chirma, rahbarning 
bo’yruYoi 

Chiqib ketayotgan 
ta’sischilarga ularning 
ulushlari bo’yicha 
qarzlarni to’lanishi 
6620 
5010, 
5110 
Kassa hisoboti
bankning ko’chirmasi 

Aksionerlardan 
daromad solig’i ushlandi 
6610, 
6620 
6410 
Buxgalteriya hisob-
kitodi 

Download 2.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling