Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Kapitallashtirish darajasi –


Download 2.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/134
Sana29.10.2023
Hajmi2.83 Mb.
#1732728
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   134
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

Kapitallashtirish darajasi – aktivlardan foydalanish natijasida kutilayotgan 
hajmining aktivlar qiymatiga bog’liqlik da-rajasini o’rnatadigan koeffitsiyent. 
Kassaning umumlashtirilgan smetasi – budjetlashtirish tizimidagi ishlab 
chiqarish muomalalariga to’g’ri keladigan ma’lum vaqtda kassadagi naqd pullarni 
hisoblash. 
Keltirilgan (diskontlangan) sof qiymat – boshlang’ich investisiya xarajatlari 
summasiga kamaytirilgan, diskontlangan qiymat.
Qayishqoq budjet – xo’jalik yurituvchi subyektning faoliyatining bir necha 
darajasini ko’zlab tuzilgan budjet. 
Qaytarilmaydigan sarflar – ilgari qabul qilingan qarorlarning natijasida 
sodir bo’lgan oldingi davr xarajatlari. 
Qayta tiklanadigan zaxiralar – to’liq ishlov berish natijasida tiklanadigan 
xomashyo va materiallar. 
Qaytarilmaydigan xarajatlar – boshqaruv qarorlari orqali ta’sir qilish 
mumkin bo’lmagan xarajatlar. 
Kiritiladigan xarajatlar – kelgusida daromad olib keladigan sotib olingan va 
mavjud bo’lgan resurslar. 
Qoplashning ichki koeffitsiyenti – kapital quyilmaning sof keltirgan qiymati 
nolga teng bo’lgan holatidagi foiz darajasi (diskonti). Ushbu koeffitsiyent izlanish 
va xatolar usulida aniqlanadi, uning taxminiy miqdori statistika jadvali 
ko’rinishida keltirilishi mumkin. 


461 
Marjinal xarajatlar va daromadlar – ishlab chiqarilgan bir-lik mahsulotga 
tegishli qo’shimcha xarajatlar va daromadlar.
Marjinal daromad – “Direkt - kosting“ tizimida ishlab chiqarilgan mahsulot 
va buyumning tannarxini hisoblash usulini qo’llashda ushbu mahsulotni sotishdan 
olingan daromadning summasidan o’zgaruvchan xarajatlarni qo’shgan holda 
hisoblangan mahsulotning tannarxi chegirilgandan keyin qolgan summa. 
Marjinal daromad usuli – mahsulotlarni sotishdan olingan daromad va 
ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishda sarflangan o’zgaruvchan xarajatlarning 
farqiga asoslangan tenglik usulining turi.

Download 2.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling