463
SBB (Strategik biznes-birlik – Strategic Business Unit) – xo’jalik
yurituvchi subyektning tashkiliy tarkibini mukammallashtirishga
imkoniyat
yaratadigan konsepsiya. Bir biznes birligi uchun mustaqil strategiyani ishlab
chiqishni taqozo qiladi.
Segmentlar bo’yicha hisobot – xo’jalik yurituvchi
subyekt faoliyatining
ayrim segmentlari (sexlar, bo’limlar, ishlab chiqarish, sotish, ta’minot) bo’yicha
hisobot.
Standart
kost
(Standard
Costs)
– hamma
xarajatlarni qattiq
me’yorlashtirgan va mahsulotning standart (me’yoriy) tannarxini hisoblash
imkoniyatini yaratadigan kalkulatsiya qilish tizimi.
Хarajatlarning sarflanishi
jarayonida chetga chiqishlarni nazorat qilish, mas’uliyat
va xarajat markazlari,
xarajat moddalari bo’yicha hisobga olish, chetga chiqishning sabablarini aniqlash
maqsadida chuqur tahlil qilish hamda nazoratni o’rnatish imkoniyatini yaratadigan
tizim. Hozirda amaliyotda qo’llanilayotgan me’yoriy hisobga olish va tannarxni
kalkulatsiya qilish usuliga o’xshaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: