Korxona operasion faoliyatining tahlili
Download 0.87 Mb.
|
Xoliyorov Xolmurod 1
Korxona operasion faoliyatining tahliliBajardi: Xoliyorov XolmurodTekshirdi:Xolmurzayev M.Operatsion faoliyat – xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy daromad olib keluvchi faoliyat turidir.Operatsion faoliyat tahlilida xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy faoliyatining muhim obyektlari: mehnat vositalari, predmetlari va mehnat resurlarining ta’minoti, ishlab chiqarish, sotish va natijaga ega bo‘lishdagi kompleks tizim o‘rganiladi. Korxona faoliyatining turlari: operatsion, investitsion, moliyaviy faoliyat Operatsiya- (latincha “Operatsion” so‘zidan olingan bo‘lib) muayyan maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan xarakatlarlarni anglatadi. Faoliyat- maqsadga erishish yo‘lida muayyan vositalardan foydalanishning rag‘batlantiruvchi jarayoni. Operatsion faoliyat – xo‘jalik yurituvchi sube’ktning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek subyektning investitsiya va moliyaviy faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyatidir. Operatsion faoliyat-mahsulotlar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishga xarajatlarni amalga oshirish va ularni sotishdan daromadlar olishga qaratilgan.Operatsion faoliyat zamonaviy tahlilining muhim jihatlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin: -ishlab chiqarish va biznes samaradorligini o‘stirish istagining yuqoriligida; -erkin qarorlar qabul qilish yuzasidan xo‘jalik yuritish imkoniyatlarining kengligida; -reja va dasturlarni doimiy koorektirovka qilish imkoniyatlari mavjudligida; -boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ko‘p variantli hisob-kitoblarni amalga oshirishda axborotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlarning yuqoriligida; -faoliyatni rivojlantirishda barcha ichki va tashqi omillarning hisobga olinishida; -joriy va istiqbolli rejalashtirish funksiyalarining o‘zgarishida; -real erishilgan natijalarni boshqaruvning barcha bo‘g‘inlari bo‘yicha baholash imokniyatlarining mavjudligida -matematik usullardan va elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish imkoniyatlarining kengligida; -keng jamoaning boshqaruvga jalb etilishida; -innovatsion jarayonlarni faoliyat va boshqaruvning barcha bo‘g‘inlarida qo‘llash imkoniyatlarining majudligida; -risklarni baholash va ularnri boshqarishda menejerlar rolining ortishida ko‘rish mumkin.Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling