Mehnat vositalari va ulardan samarali foydalanishni tahlili.
Asosiy faoliyatda foydalaniladigan mehnat vositalariga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar kiritiladi. Ularning odatda aktiv va passiv turlari tarkiblanadi.
Aktiv asosiy vositalar bu ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashuvchi mehnat vositalaridir
Passiv asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayoniga muhim sharoit ta’minlab beruvchi mehnat vositalaridir.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni tahlil etishda ularning tarkibi, harakati, holati, samaradorligi, rentabelligi va dinamik o‘zgarishlariga muhim ahamiyat qaratiladi.
Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi: - bir yildan ortiq xizmat qilish muddati;
- bir birlik (to‘plam) uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasida (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar.
Aktivlarni buxgalteriya hisobiga nomoddiy aktivlar sifatida qabul qilishda bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlar bajarilishi kerak: Aktivlarni buxgalteriya hisobiga nomoddiy aktivlar sifatida qabul qilishda bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlar bajarilishi kerak: - a) moddiy-ashyoviy tuzilishga ega bo‘lmasligi;
- b) aktivlardan mahsulot ishlab chiqarishda (ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishda) yoxud korxonaning ma’muriy va boshqa funksiyalari uchun uzoq muddat, ya’ni davomiyligi 12 oydan yuqori foydali xizmat muddati yoki agar u ushbu muddatdan oshadigan bo‘lsa, oddiy operatsion sikl mobaynida foydalanish;
- v) korxona ushbu aktivni keyinchalik qayta sotishni mo‘ljallamaydi;
- g) ishonchlilik, ya’ni korxonada aktiv va unga bo‘lgan mutlaq huquqning mavjudligini tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar (patentlar, guvohnomalar, boshqa muhofaza qiluvchi hujjatlar, patent, tovar belgisidan voz kechish (sotib olish) shartnomasi)ning mavjudligi.
- d) korxona tomonidan boshqa aktivlardan identifikatsiyalash (bo‘lish, ajratish) imkoniyati, ya’ni aktivni undan foydalaniladigan xo‘jalik faoliyatidan alohida foydalanishning mumkin bo‘lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |