Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Download 2.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/134
Sana29.10.2023
Hajmi2.83 Mb.
#1732728
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   134
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

Mutanosib xarajatlar – o’zgaruvchan xarajatlarning bir turi. Bir necha 
mahsulot yoki ishlarning turlariga ta’lluqli va subyektning ishbilarmonlik faolligi 
o’zgarsa o’zgarib turadigan xarajatlar.
Muhofaza muddatini uzaytirish – birlik mahsulot uchun zarur bo’lgan ТMZ 
o’zgarish koeffitsentini qoplash uchun zarur bo’lgan muddat.
Nazorat - hisob nuqtasi – o’zi ishlab chiqargan yarimfabrikatlarning 
nazoratini amalga oshirish va hisob yuritish bo’yicha tugallanmagan mahsulotning 
joyini aniqlash. 
Progressiv xarajatlar – subyektning ishbilarmonlik faoliyatiga nisbatan 
tezroq o’sadigan xarajatlar.
Relevant xarajatlar – muqobil boshqaruv qarorini qabul qilishni tanlashda 
e’tiborga olinadigan xarajatlar. Zaxiralarni saqlash va buyurtmalarni bajarish bilan 
bog’liq kelgusidagi xarajatlar.
Samarali xarajatlar – tegishli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun 
sarflangan xarajatlardan olingan mahsulotlarni sotish natijasida daromad (foyda) 
keltiradigan xarajatlar. 
Samarasiz xarajatlar – ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lmagan ya’ni 
ularning ta’sirida mahsulot ishlab chiqarmagan xarajatlar.


463 
SBB (Strategik biznes-birlik – Strategic Business Unit) – xo’jalik 
yurituvchi subyektning tashkiliy tarkibini mukammallashtirishga imkoniyat 
yaratadigan konsepsiya. Bir biznes birligi uchun mustaqil strategiyani ishlab 
chiqishni taqozo qiladi.
Segmentlar bo’yicha hisobot – xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatining 
ayrim segmentlari (sexlar, bo’limlar, ishlab chiqarish, sotish, ta’minot) bo’yicha 
hisobot. 
Standart 
kost 
(Standard 
Costs) 
hamma xarajatlarni qattiq 
me’yorlashtirgan va mahsulotning standart (me’yoriy) tannarxini hisoblash 
imkoniyatini yaratadigan kalkulatsiya qilish tizimi. Хarajatlarning sarflanishi 
jarayonida chetga chiqishlarni nazorat qilish, mas’uliyat va xarajat markazlari
xarajat moddalari bo’yicha hisobga olish, chetga chiqishning sabablarini aniqlash 
maqsadida chuqur tahlil qilish hamda nazoratni o’rnatish imkoniyatini yaratadigan 
tizim. Hozirda amaliyotda qo’llanilayotgan me’yoriy hisobga olish va tannarxni 
kalkulatsiya qilish usuliga o’xshaydi. 

Download 2.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling