Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Download 2.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/134
Sana29.10.2023
Hajmi2.83 Mb.
#1732728
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   134
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

Budjetlashtirish – subyekt va uning bo’linmalarining faoliya-tini boshqarish 
usuli. 
Vertikal tahlil – har bir ko’rsatkichlarning tarkibiy qismlarini va chetga 
chiqishning umumiy hajmidagi ularning o’zgarishini o’rganish. 
Gorizontal tahlil – o’tgan davrdagi yoki hisobot davrida tasdiqlangan smeta 
xarajatlarining o’rtasidagi farqlarni aniqlash usuli. 
Grafik (chizma) usuli – zararsizlikning iqtisodiy va buxgalteriya modulini 
tuzish uchun asos bo’ladigan daromad, xarajatlar va foyda hajmining ishlab 
chiqarish hajmiga bog’liq bo’lishi. 
Davriy xarajatlar (hisobot davrining xarajatlari) – mahsulot (ish, xizmat) 
larni ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan xarajatlar. Ushbu xarajatlar 
asosan tijorat (sotish) va ma’muriy boshqaruv va moliyaviy faoliyat bilan bog’liq 
xarajatlaridan tashkil topgan. 
Degressiv xarajatlar – o’zgaruvchan xarajatlarning bir turi, ya’ni 
xarajatlarning o’sish darajasi subyektning ishbilarmonlik faolligining o’sishidan 
ortda qoladi.
Direkt - kosting (Direct–Costing-System) – bevosita xarajatlarni ishlab 
chiqargan mahsulot yoki buyumlar bo’yicha umumlashtiradigan boshqaruv 
hisobining tizimi. Mahsulot-buyumning to’liq bo’lmagan tannarxini kalkulatsiya 
qilish usuli bo’lib ushbu usulni qo’llaganda mahsulotning tannarxiga faqat 
o’zgaruvchan xarajatlar qo’shiladi. Natijada bilvosita xarajatlar esa hisobot 
davrining moliyaviy natijalari (xarajatlarning jamlamasi)ga olib boriladi. 
Diskontlangan qiymat – joriy qiymat va diskontlash koeffitsiyentini qo’llash 
orqali aniqlangan pul mablag’larining kelgusidagi tushu-mining miqdorini 
hisoblash. 


459 
Diskontlangan xarajatlar – joriy vaqtdagi diskontlash koeffitsiyenti orqali 
aniqlangan kapital quyilmalar bo’yicha taxmin qilinadigan xarajatlar. 

Download 2.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling