Moliyaviy va boshqaruv hisobi
Download 2.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliyaviy va boshqaruv hisobi
5
Bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlash masalasi doimo e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda va bu o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Biroq, bu boradagi ishlarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish kerak. Nega deganda, aynan banklar, ta’bir joiz bo‘lsa, butun iqtisodiyotimizni oziqlantirib turadigan qon tomirlari hisoblanadi, mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi ko‘p jihatdan ularning samarali faoliyatiga bog‘liq. Birinchi navbatda banklar, ularning muassislari kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha boshlangan ishlarni oxiriga yetkazishi, o‘z nizom jamg‘armasi miqdorini belgilangan ko‘rsatkichlarga olib chiqishi lozim. Bugungi kunda banklarda omonatlarning ko‘payishiga, ularning bank tizimiga jalb etilishiga nimalar to‘sqinlik qilayotganini har tomonlama chuqur tahlil qilish va bu borada qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish kerak. Bu o‘rinda gap aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bo‘sh mablag‘larini bank sektoriga jalb qilishda ta’sirchan va uzoq muddatli rag‘batlantirish omillarini tashkil etish, iqtisodiyotning real sektoriga kredit ajratishni ko‘paytirish uchun banklarning imkoniyatini kengaytirish haqida bormoqda. Banklar zimmasiga investitsiya faoliyatini kengaytirish vazifalari yuklangani sababli ularning ishini tubdan qayta tashkil etish lozim. Birinchi navbatda, bu borada investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va moliyalashni tashkil etish bo‘yicha tijorat banklarining maxsus xizmatlarini mustahkamlash zarur. 5 И.Каримов. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари.-Т.: Ўзбекистон.2009. 93 Inqirozga qarshi choralar dasturida ko‘zda tutilgan tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirish jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining tahdid va xatarlariga munosib qarshi turish, uning iqtisodiyotimizga salbiy ta’sirining oldini olish imkonini beradi. Respublikamizda bank tizimi davlat Markaziy banki va tijorat banklaridan tashkil topgan bo’lib, ular o’z mijozlariga shartnoma asosida xizmat ko’rsatadi. Mijozlar bank xizmatlaridan foydalanishda mustaqil ravishda o’zlari tanlagan bir yoki bir nechta banklarda hisob-kitob-pul bilan bog’liq operatsiyalari amalga oshiradi. 6 Shu bilan birga ishlab chiqarish faoliyati kengaytirish maqsadida bankning kredit resurslaridan foydalanishlarilari va maqsadli kredit munosabatlari yuzasidan kredit shartnomalarini rasmiylashtirishlari mumkin. Hech kimga sir emaski, bugun keng ko‘lamda tarqalib borayotgan jahon moliyaviy inqirozining asosiy sabablaridan biri — bu banklar likvidligi, ya’ni to‘lov qobiliyatining zaifligi bilan bog‘liq muammoning keskinlashuvi, kredit bozoridagi tanglik, sodda qilib aytganda, pul mablag‘larining yetishmasligi bilan izohlanadi. Mamlakatimizda esa birgina tijorat banklarining aktivlari miqdori, "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq shakllangan zaxiralarni hisobga olgan holda, 13 trillion 360 milliard so‘mdan oshadi. Bu aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning jalb qilingan depozitlari hajmidan taxminan 2,4 barobar ko‘p demakdir. Bank aktivlari hajmining sezilarli darajada oshganini hisobga olib, bugungi kunda respublikamizda aholining banklardagi barcha depozitlarini davlat tomonidan yuz foiz kafolatlash ta’minlanmoqda. 6 Ўзбекистон Республикаси банкларида очиладиган банк ҳисобварақлари тўғрисида йўриқнома. ЎзР АВ 29.09.2003 й. 1080-1-сон билан рўйхатга олинган 94 Shu borada 2006 yilda tashkil etilgan "Mikrokreditbank"ning faoliyati xususida alohida to‘xtalish joiz. Mamlakatimiz hududlarida 78 ta filiali va 270 dan ziyod minibanki faoliyat ko‘rsatayotgan mazkur bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tarmog‘ini kreditlar bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda. 2007—2008 yillar davomida ushbu bank aktivlari miqdori 3,5 barobar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash hajmi 4 barobarga oshdi va bu maqsadlarga 150 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. 7 Prezident farmoni asosida "Mikrokreditbank" ustav jamg‘armasini 72 milliard so‘mga oshirish va uning hajmini 150 milliard so‘mga yetkazish haqida qaror qabul qilindi. Korxonalar banklarda hisob–kitob va valuta schyotlaridan tashqari, maxsus joriy schyotlari (limitlashtirilgan chek daftarchalari, akkreditivlar, maxsus schyotlar va b.) dan ham foydalanishlari mumkin. Хo’jalik yurituvchi subyektlarning pul mablag’lar hisobi buxgalteriya hisobi schyotlar rejasining beshinchi bo’limi, majburiyatlari bo’yicha hisob–kitoblar esa oltinchi va yettinchi bo’limida tayinlangan schyotlarda yuritiladi. Хo’jaliklarda mavjud pul mablag’laridan maqsadli foydalanish va ularni samarali boshqarish, shuningdek, olinadigan mablag’lar va majburiyatlarni o’z vaqtida so’ndirish buxgalteriya hisobi orqali nazorat qilinadi. Shu boisdan, ushbu nazoratni to’g’ri va o’z vaqtida tashkil etishda uning oldiga bir qator vazifalarni bajarishni taqozo etadi. Ular quyidagilardan iborat: pul mablag’lari va hisob–kitob operatsiyalarini o’z vaqtida tegishli hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirib borish; kassadagi kirim va chiqim qilinayotgan mablag’larni to’g’ri rasmiylashtirish hamda ularni kassa daftarida qayd qilib borish; 7 И.Каримов. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари.-Т.: Ўзбекистон.2009. 95 kassadagi naqd pul mablag’lari va unga ekvivalent bo’lgan pul hujjatlari, qimmatli qog’ozlarning butligini kundalik nazorat qilib borish; pul mablag’laridan to’gri foydalanish va ularning maqsadli sarflanishini doimiy nazorat qilish; budjet, budjetdan tashqari mablag’lar, banklar, xodimlar va boshqa tashkilotlar, xaridor va buyurtmachilar bilan shartnomada belgilangan to’lov shakllariga amal qilib borishni nazorat qilish; qarzlarni qaytarish muddatidan o’tkazib yubormaslik maqsadida debitor va kreditorlar o’rtasidagi o’zaro hisob – kitoblarni o’z vaqtida taqqoslama dalolatnomalar bilan rasmiylashtirish hamda uni so’ndirish bo’yicha chora- tadbirlar ko’rish; xo’jalikning pul mablag’lari harakatini oldindan prognozlash va pul oqimini me’yorlashtirish bo’yicha tegishli tadbirlar ishlab chiqishda iboratdir. Download 2.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling