Moliyaviy va boshqaruv hisobi
Mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf
Download 2.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliyaviy va boshqaruv hisobi
Mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf
etish bo‘yicha 2009—2012 yillarga mo‘ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi O‘zbekistonni 2009 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi. 168 Inqirozga qarshi choralar dasturining konkret bo‘limlari — belgilangan kompleks chora-tadbirlar quyidagi asosiy vazifani hal etishga qaratilgan. Korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish. Bu vazifa avvalambor iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari, eksportga yo‘naltirilgan va mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarish quvvatlariga tegishlidir. Bu o‘rinda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, xalqaro sifat standartlariga o‘tish bo‘yicha qabul qilingan tarmoq dasturlarini amalga oshirishni tezlashtirish vazifasi qo‘yilmoqda. O‘z navbatida, bu mamlakatimizning ham tashqi, ham ichki bozorda barqaror mavqyega ega bo‘lishini ta’minlash imkonini beradi. Bugungi kunda iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Dastur ishlab chiqilmoqda. Shu borada, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, umumiy qiymati 24 milliard AQSH dollaridan ziyod bo‘lgan qariyb 300 ta investitsiya loyihasi ustida ishlamoqdamiz. Jumladan, bunda yangi qurilish loyihalari — 18,5 milliard dollarni, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha loyihalar esa taxminan 6 milliard dollarni tashkil qiladi. 18 Shuni qayd etish kerakki, bozor iqtisodi sharoitidagi buxgalteriya hisobida markazlashgan rejali iqtisodiyot shartsharoitidan farqli o’laroq, asosiy vositalarning yangi obektlari paydo bo’ladi va hisobga olinadi. Ularga qono’n hujjatlariga muvofiq korxonaga mulk sifatida beriladigan yer uchastkasi ham kiradi. Yuqorida ko’rsatilgan BHMSning 5-bandiga muvofiq asosiy vositalarning yagona buxgalteriya hisobi inventar obektdir. Malum mustaqil vazifalarni bajarish 18 И.Каримов. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари.-Т.: Ўзбекистон.2009. 169 uchun mo’ljallangan barcha moslamalar va ashyolar yoki alohida konstro’ktiv jihozlangan o’sko’nalari bo’lgan obyekt inventar obyekti, deb e’tirof etiladi. Masalan, ishlab chiqarish binosini ishga tushirishda unga, odatda, yong’indan saqlash, ventilyatsion va isitish tizimlari biriktiriladi. Buxgalter hisobida bunday qurilmalar bino bilan birga bir inventar obyekt sifatida qaraladi. Ammo asosiy binoga biriktirilgan passajir yoki yuk liftlari, sovutgich kameralari, sanoat pechlari, odatda, alohida inventar obektlar sifatida qaraladi. Malum ishni bajarishga mo’ljallangan va o’zida bir butunlikni ifodalovchi konstruktiv birikkan predmetlarning alohida kompleksi ham o’z navbatida invetar obekti bo’lishi mumkin. Konstruktiv birikkan predmetlar kompleksi deganda kompleksga kiruvchi har bir predmet mustaqil emas, balki faqat o’z vazifasini kompleks tarkibida bajarishi natijasida umumiy moslama va xususiyatga ega bo’lgan bitta yoki turli vazifaga ega bo’lgan bitta yoki bir necha predmet tushuniladi. Biroq bitta asosiy vositaning turli foydalanish muddatiga ega bir nechta mustaqil obekti bo’lsa, har bir bunday obekt buxgalteriya hisobida alohida mustaqil inventar obekti sifatida e’tirof etiladi. Yuqorida keltirilgan -misolga qaytsak, faraz qilaylik, foydali xizmat muddati 40 yilga m o’ljallangan ishlab chiqarish binosiga ega bo’lgan korxonada foydali xizmat muddati yetkazib beruvchi tomonidan kafolatlangan va 25 yilni tashkil etadigan zamonaviy yong’indan saqlash tizimi montaj qilindi. Mazkur holatda binoning yong’indan saqlash tizimi asosiy vositalarning alohida inventar obyekti sifatida hisobga olinishi kerak. Download 2.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling