Moliyaviy va boshqaruv hisobi
O„zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to„g„risida”gi
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
1 МБХ мм сиртки “МБХ” fan kir Bux balans d
1.6.O„zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to„g„risida”gi
Qonuni va uning ahamiyati.
1996 yil 30 avgustda qabul qilingan O„zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to„g„risida»gi qonuni 24 ta moddadan iborat bo„lib, buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda hisobot tuzish bilan bog„liq munosabatlar O„zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to„g„risida»gi Qonuni va boshqa me‟yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o„z vaqtida to„liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta‟minlashdir. Ma‟lumki, jahon amaliyotiga mos keladigan "Buxgalteriya hisobi to„g„risida"gi Qonunsiz milliy hisob tizimini yetarli darajada qayta qurish mumkin emas. Ushbu Qonun, eng avvalo, buxgalteriya hisobini tashkil etish, buxgalteriya hujjatlari va registrlari, aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish va baholashning asosiy tamoyillari va qoidalari, o„z va qarzga olingan kapital hisobi, moliyaviy hisobotlar oldiga qo„yilgan asosiy vazifalar, maqsad va talablarni belgilab beradi. Bundan tashqari, mazkur Qonun buxgalteriya hisobini yuritishda xo„jalik yurituvchi subyektlarning huquqi, burchi va ma‟suliyatlarini shuningdek, moliyaviy hisobotlarni topshirish va chop etish bo„yicha qo„yiladigan talablarni belgilab beradi. Ushbu qonunga ko„ra buxgalteriya hisobining tashkil kilinishi korxona, muassasa va tashkilotlarning rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda subyektning rahbariga quyidagi huquqlar beriladi: - bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya xizmat sohasini yaratish yoki - shartnoma asosida taklif qilingan mutaxassis bilan buxgalteriya hisobini yuritish, shartnoma asosida ixtisoslashgan buxgalterlik firmasiga topshirish yoki buxgalteriya hisobining subyektiga kiradigan xo„jalik birlashmasining markazlashtirilgan buxgalteriyasi bo„limining xizmatidan foydalanish; - buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish; Shu bilan birga subyektning rahbariga quyidagilarni taminlash majburiyatlari yuklatilgan: - ichki hisob va hisobot tizimini ishlab chiqish; - xo„jalik muomalalarini nazorat qilish tartibi; - buxgalteriya hisobining to‟liqligi va ishonchliligi; - hisob hujjatlarining saqlanishini; - tashqi foydalanuvchilarga moliyaviy hisobotni tayyorlab berish; - soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlarni tayyorlab berish; - hisoblashishlarning o„z vaqtida amalga oshirilishi. Subyektda pul mablag„larini, tovar-moddiy va boshqa qiymatliklarni qabul qilish uchun asos bo„lib hisoblangan hujjatlar, korxona, muassasa va tashkilotning kredit va hisoblashish majburiyatlari, va shuningdek buxgalteriya hisoboti va balansi rahbar yoki uning hohishi bilan belgilangan shaxslar tomonidan imzolanadi. Subyektning rahbari hujjatlarga o„z imzolarini qo„yadigan ikki ro„yxatni belgilab tasdiqlaydi. Birinchi ro„yxatga rahbarlik funksiyalarini bajaruvchi shaxslar, ikkinchisiga esa - buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv funksiyalarini bajaruvchi shaxslar kiritiladi. Ikkinchi ro„yxatdagi shaxslarning imzosisiz hujjatlar haqiqiy hisoblanmaydi. Bozor iqtisodiyoti sharotida har bir korxona, tashkilot yoki firma farmon, nizom va ko„rsatmalarga rioya qilgan holda hisob siyosatini o„zi belgilaydi va subyektning rahbariyati yoki mulk egasining buyrug„iga muvofiq amalga oshiriladi. Bu buyruqda buxgalteriya apparatini tashkil qilish va uning tuzilishi, moliyaviy va boshqaruv hisobini tashkil qilish va buxgalteriya hisobini yuritishning aniq tartib va qoidalari belgilanadi. Qonunda, ko„rinib turibdiki, buxgalteriya hisobini tashkil etishda muhim o„rin tutuvchi eng asosiy tartib-qoidalar belgilangan. Ushbu tartib-qoidalarga amal qilish barcha turdagi xo„jalik yurituvchi subyektlar uchun majburiydir. Buxgalteriya hisobi axborotidan foydalanuvchilar va ularni manfaatlari Buxgalteriya hisobi va uning ma‟lumotlaridan xayotda juda keng mikyosda foydalaniladi. Bu axborotlardan foydalanuvchilarni uch guruxga bo‟lish mumkin: 1) subyektning boshqaruvchilari; 2) subyektdan tashkarida turib, undan moliyaviy manfaatdor bo„lganlar; 3) subyektning moliyaviy-xo„jalik faoliyatidan to„g„ridan- to„g„ri moliyaviy qiziqishda bo„lmagan shaxslar, guruhlar yoki agentlar. Buxgalteriya hisobi axborotlarini o„z faoliyatida qo„llovchi asosiy ichki va tashqi foydalanuvchilar tarkibi quyidagi rasmda keltirilgan.
Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling