Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/92
Sana09.11.2021
Hajmi1.4 Mb.
#172605
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   92
Bog'liq
1 МБХ мм сиртки “МБХ” fan kir Bux balans d

Solishtirish  imkonining mavjudligi – bu bir turdagi axborot ichida emas, balkim 

ikki  xil  turdagi  axborot  orasidagi  munosabatga  xos  belgidir.  U  foydalanuvchilarga 

moliyaviy  hisobotlarning  ikki  to„plamidagi  berilgan  axborotlar  orasidagi 

o„xshashliklar va farqlarni topish imkonini beradi. 



Buxgalteriya hisobining tamoyillari 

                                                 

3

 О„zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi tо„g„risida”gi Qonuni 30.08.1996 yil 3- modda 



 

4

  Ushbu Qonun  4-modda 




1996  yil  30  avgustda  qabul  qilingan  O„zbekiston  Respublikasining 

«Buxgalteriya hisobi to„g„risida»gi qonuning 6 – moddasida buxgalteriya hisobining 

qo„yidagi tamoyillari huquqiy jihatdan asoslandi. 

- buxgalteriya hisobining ikki yoqlama yozuv  

- usulida yuritish

- uzluksiz; 

- xo„jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi; 

- aniqlik; 

- hisoblash; 

- oldindan ko„ra bilish (ehtiyotkorlik yoki korservatizm); 

- mazmunning shakllardan ustunligi; 

- ko„rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi; 

- moliyaviy axborotning betarafligi; 

- hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi

- aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi. 

1998  yil  14  avgustda  475  –  son  bilan  O„zbekiston  Respublikasi  Adliya 

Vazirligida ro„yxatga olingan O– BHMS (buxgalteriya hisobining milliy standarti) da 

buxgalteriya hisobining qo„yidagi asosiy tamoyillari belgilab berildi: 

- hisoblash; 

- ikki yoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish; 

- uzluksizlik; 

- xo„jalik muomalalari, aktivlar va passivlarni baholash; 

- ishonchlilik; 

- ehtiyotkorlik (konservatizm); 

- mazmunning shakldan ustunligi; 

- ko„rsatkichlarning qiyosiyligi; 

- betaraflik ; 

- hisobot davri daromadlari bilan xarajatlarning muvofiqligi; 

aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi; 



tushunarlilik; 

ahamiyatlilik;  



muhimlilik; 

haqqoniy va xolis taqdim



tugallanganlik; 

izchillik; 



o„z vaqtida taqdim etish. 



Hisoblash tamoyili.  Daromadlar  va  xarajatlar  buxgalteriya  hisobida  pul 

mablag„larini olish yoki to„lash asosida emas, balki ularning hisoblanishi yoki paydo 

bo„lishi bilan e‟tirof etiladi va moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi. 

Ikki  yoqlama  qayd  etish  usuli  bilan  hisob  yuritish  tamoyili,  xo„jalik  yurituvchi 

subyekt  buxgalteriya  muomalalarini  ikki  yoqlama  yozish  tizimi  asosida  yoritilishi 

kerakligini  bildirada.  Ikki  yoqlama  yozish  tizimi  sodir  bo„lgan  xo„jalik  muomalasi 

bo„yicha  tegishli  summani  bitta  schyotning  debet  tomoniga  va  aynan  shu  summani 

ikkinchi schyotning kredit tomoniga qayd qilishdan iborat bo„ladi. 



Uzluksizlik    tamoyili.  Xo„jalik  yurituvchi  subyekt  doimiy  faoliyatini  noma‟lum 

uzoq muddatgacha davom ettiruvchi sifatida qaraladi. Uning o„z faoliyatini tugatish 

yoki faoliyat ko„lamini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham yo„q deb taxmin 

qilinadi. 



Xo‘jalik  muomalalari,  aktivlar  va  passivlarni  baholash  tamoyili.  Moliyaviy 

hisobotlarda  axborotlarni  umumlashtirish  maqsadida  barcha  xo„jalik  muomalalari 

yoki voqealar pul birligida o„lchanishi kerak. 

Ishonchlilik  tamoyili.  Axborot,  unda  jiddiy  xatolar  va  taxminlar  bo„lmasa  va 

unga foydalanuvchilar asoslanishsa, ishonchli hisoblanadi. 

Muomalalar  yoki  voqealarning  ishonchliligi  birlamchi  hisob  hujjatlari  bilan 

tasdiqlanishi kerak. 



Ehtiyotkorlik tamoyiliga rioya qilish, qarorlar qabul qilishda aktiv va daromadlar 

bo„rttirib 

ko„rsatilmasligi 

va 


majburiyatlar 

va 


xarajatlarni 

yetarlicha 

baholanmasligiga yo„l qo„ymaslikni anglatadi. 

Mazmunining shakldan ustunligi tamoyili

Agar  hisob  hujjatlari  va  moliyaviy  hisobotlardagi  axborotlar  muomalar  va 

voqealarning  mazmunini  ishonchli  darajada  aks  ettirsa,  bunday  axborotlar  uning  huquqiy 

shakli  bilangina  emas,  balki  mohiyati  va  iqtisodiy  realligi  bilan  muvofiq  holda  hisobga 

olinishi va taqdim etilishi zarur. 

Ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchanligi tamoyili. 

Moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo„lishi uchun, bir hisobot davridagi axborot, 

boshqa  hisobot  davridagi  xuddi  shunday  axborot  bilan  taqqoslanadigan  bo„lishi  kerak. 

Foydalanuvchilar  xo„jalik  yurituvchi  subyektning  moliyaviy  hisobotlarini  tayyorlashda 

foydalanadigan hisob siyosatidan, undagi barcha o„zgarishlardan va ushbu o„zgarishlarning 

natijalaridan xabardor bo„lishi kerak. 



Bartaraflik tamoyili

Moliyaviy  hisobotda  beriladigan  axborot  ishonchli  bo„lishi  uchun  taxminlardan  holi 

bo„lishi kerak. 

Hisobot  davri  daromadlari  bilan  xarajatlarning  muvofiqligi  tamoyili.  Hisobot  davri 

daromadlari  bilan  xarajatlarning  muvofiqligi  shuni  anglatadiki,  mazkur  davrda  ushbu 

hisobot davridagi  daromadlarni olishga asos bo„lgan xarajatlargina aks ettiriladi.  

Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi tamoyili. 

Aktivlar  va  majburiyatlarni  haqiqiy  baholash  ularning  tannarxi  yoki  sotib  olingan 

narxini baholash uchun asos bo„lishni nazarda tutadi. 

Standartlarda ko„zda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baho sotib olish qiymatidan farq 

qilishi mumkin. 

Tushunarlilik tamoyili. Moliyaviy hisobotlarda berilayotgan axborot foydalanuvchilar 

uchun tushunarli bo„lishi kerak. 



Ahamiyatlilik tamoyili

Moliyaviy axborotdan foydalanuvchilar tomonidan qarorlarni qabul qilish jarayonida, 

ularning  ehtiyojlarini  qondirish  va  ularga  subyektning  moliyaviy  va  xo„jalik  faoliyatiga 

baho berishda ko„maklashish uchun ahamiyatli bo„lishi kerak. 



Muhimlilik tamoyili. 

Moliyaviy hisobotlarda axborotni kiritmaslik yoki noto„g„ri taqdim etish axborotdan 

foydalanuvchilarning  qabul  qilgan  iqtisodiy  qarorlariga  ta‟sir  etsa,  u  muhim  hisoblanadi. 



Axborotning  ahamiyatiga  uning  mohiyati  ham,    shuningdek  uning  qimmati  (muhimligi) 

ham ta‟sir etishi mumkin. 



Haqqoniy va xolis taqdim etish tamoyili

Moliyaviy  hisobotlar  foydalanuvchida  xo„jalik  yurituvchi  subyektning  moliyaviy 

ahvoli, muomalalarning natijalari, pul mablag„larining xarakati to„g„risida haqqoniy va xolis 

tasavvur yaratishi kerak. 



Tugallanganlik tamoyili. 

Moliyaviy  hisobotlarning  ishonchligini  taminlash  maqsadida,  hisobot  davridagi 

axborot yetarlicha to„la hajmda taqdim etilishi kerak. 

Izchillik  tamoyili.  Hisob  siyosati  bir  davrdan  boshqa  davrga  izchil  o„tkazilishini 

nazarda  tutadi.  Foydalanuvchilar  xo„jalik  yurituvchi  subyektning  moliyaviy  ahvolidagi 

o„zgarishning  yo„nalishlarini  aniqlanashi  uchun  turli  davrlardagi  hisobotlarni  qiyoslash 

imkoniyatiga ega bo„lishlari kerak. 



O‘z vaqtida taqdim etish tamoyili. Hisobot axborotining asossiz darajada kechiktirilishi 

natijasida u o„zining iqtisodiy  ahamiyatini  yo„qotadi.  Axborotni o„z  vaqtida taqdim  etish 

uchun bitimning yoki boshqa voqeaning barcha jihatlari ma‟lum bo„lgunga qadar hisobotga 

zarurat  paydo  bo„lishi  mumkin,  bu  esa  uning  ishonchliligini  buzadi.  Boshqa  tomondan,  

agar  hisobot  ba‟zi  jihatlar  ma‟lum  bo„lgunicha  kechiktirilsa,  hatto  eng  ishonchli  axborot 

ham  foydalanuvchilarga  katta  naf  keltirmaydi,  chunki  ular  ilgariroq  qaror  qabul  qilishga 

majbur bo„ladilar.   


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling