Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/92
Sana09.11.2021
Hajmi1.4 Mb.
#172605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   92
Bog'liq
1 МБХ мм сиртки “МБХ” fan kir Bux balans d

bo„lish mumkin: 

 reglamentlashtiriladigan hisob; 



 reglamentlashtirilmaydigan hisob. 



Reglamentlashtiriladigan hisob deganda shakli va mazmuni, yuritish texnikasi 

va tartibi ma‟lum me‟yoriy hujjatlar bilan tartibga solingan hisob tizimi tushuniladi. 

Tartibga  soluvchi  hujjatlar  bo„lib  qonunlar,  farmonlar,  milliy  standartlar,  nizomlar, 

yo„riqnomalar 

hisoblanadi. 

Reglamentlashtiriladigan 

hisobga 

O„zbekiston 

Respublikasida moliyaviy hisob va statistik hisob kiradi. Ushbu hisob turlari shakl va 

mazmun jihatdan hamma uchun bir xildir. 



Reglamentlashtirilmaydigan hisob deganda shakl va mazmuni, yuritish tartibi 

va texnikasi davlat tomonidan belgilab qo„yilmagan hisob tizimi tushuniladi. Bunday 

hisob turlariga operativ-texnik hisobni, boshqaruv hisobini, ishlab chiqarish hisobini 

kiritish mumkin. Ushbu hisob turlarida qo„llaniladigan registrlar, ularning shakllari, 

yuritish tartibi har bir xo„jalik tomonidan o„z hohishiga qarab belgilanadi. 

Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilarning quyidagi ikki asosiy  

guruhi mavjud: 

Tashqi foydalanuvchilar; 



Ichki foydalanuvchilar. 




Ichki foydalanuvchilari, ya‟ni korxonaning boshqaruv xodimlari ishlab chiqarish 

va  moliyaviy  xarakterdagi turli qarorlarni qabul qiladi.  Hisobot  asosida subyektning 

keyingi  yilgi  moliyaviy  rejasi  tuziladi,  mahsulot  sotishni  ko„paytirish  yoki 

kamaytirish,  sotiladigan  tovarlar  narxlari,  korxona  resurslarini  investitsiya  qilish 

yo„nalishlari  kreditlarni  jalb  qilishning  maqsadga  muvofiqligi  kabi  qarorlar  qabul 

qilinadi. 

       Moliyaviy va boshqaruv hisobi moliyaviy ma‟lumotlaridan foydalanuvchilar turli  

guruhining mavjudligi, buxgalteriya hisobining yagona tizim sifatida ikki bo„linishga 

olib keldi: 

1.  Moliyaviy hisob

2.  Boshqaruv hisobi. 

Moliyaviy  hisob  –  Korxona  faoliyati  to„g„risida  buxgalteriya  hisobi  ma‟lumotlaridan 

tashqi va ichki foydalanuvchilar uchun umumlashgan holda ma‟lumot beradigan hisob turi. 



Moliyaviy hisob  - bu xo„jalik yurituvchi subyektlar  faoliyati, faoliyat natijalari, 

mulki (aktivlari, mablag„lari), mulkni tashkil topish manbalari to„g„risidagi moliyaviy 

xarakterdagi axborotlarni yig„ish, qayd etish, guruhlash, jamlash hamda ularni ichki 

va  tashqi  foydalanuvchilar  hukmiga  tegishli  shakl  va  mazmunda  taqdim  etish 

tizimidir. 

Boshqaruv    hisobi-  raqobatli  bozor  sharoitida  tijorat  sirini  saqlagan  holda  ichki 

foydalanuvchilar,  xususan  boshqaruv  xodimlari  uchun  aniq,  mukammal  boshqaruv 

qarorlarini  qabul  qilishda  muhim  tahliliy  xususiyatga  ega  bo„lgan  ma‟lumotlar  bilan 

ta‟minlaydigan  hisob turi. 




Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling