Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/92
Sana09.11.2021
Hajmi1.4 Mb.
#172605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
1 МБХ мм сиртки “МБХ” fan kir Bux balans d

Tаyanch  ibоrаlаr:  хo‘jalik  hisobi,  hisobda  qo‘llaniladigan  o‘lchovlar,  natura 

tabiiy o‘lchovi, mehnat o‘lchovi, pul o‘lchovi, operativ (operativ – texnika yoki tezkor 

hisob) hisob, statistik hisob, buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisob,  boshqaruv  hisobi, 

buxgalteriya  hisobi  ma’lumotlaridan  foydalanuvchilar,  buxgalteriya  hisobi 

subyektlari  va  obyektlari,  buxgalteriya  hisobining  asosiy  tamoyillari,  hisob  yuritish 

siyosati. 

1.1. Xo„jalik hisobi to„g„risida umumiy tushuncha va unga qo„yiladigan talablar 

Bozor  sharoitida  buxgalteriya  hisobi  iqtisodiy  fanlardan  biri  bo„lib,  uning 

nazariyasi buxgalteriya hisobini tashkil etish texnikasi, predmeti va usulini o„rgatadi. 

Bu fan xalq xo„jaligi tarmoqlarida buxgalteriya hisobini yuritish usullarini o„rganib, 

umumlashtirib,  uning  ilg„or  usullarini  joriy  etish bilan shug„ullanadi.  Hisob  – kitob 

ta‟minot mahsulot ishlab chiqarish, sotish jarayoni va taqsimot jarayonida boshqarish

tashkil qilish va rahbarlik qilish uchun zarur. 

«Buxgalteriya  hisobi»  o„zining  ko„p  yillik  tarixiga  ega.  Hisob  kishilik 

jamiyatining  barcha  ijtimoiy  –  iqtisodiy  bosqichlarida  mavjud  bo„lgan.  Lekin  u 

o„zining  mazmuni,  mohiyati,  ahamiyati,  vazifalari,  texnikasi,  shakllari  bilan  turli 

bosqichlarda bir – biridan farq qilgan bo„lib, o„sha bosqichning ishlab chiqarish usuli 

bilan  belgilangan  va  shu  bosqichning  xususiyatidan  kelib  o„sha  bosqichga  xizmat 

qilgan.  Har  bir  taraqqiyot  bosqichida  moddiy  ne‟matlar  ishlab  chiqarish  jarayonida 



mehnat  qurollari,  mehnat  buyumlarini  va  jarayonlarini  hisobga  olishda  hisob  – 

kitobdan foydalanilgan.  

Tovar  ayirboshlash  davrida  hisobga  bo„lgan  talab  yanada  kuchaydi.  Chunki 

tovar almashtirishda umumiy ekvivalent bo„lishini talab qilardi. Bu jarayonda har bir 

ishlab  chiqarilgan  tovarga  sarflangan  ijtimoiy  zaruriy  mehnat  miqdorini  bilish  talab 

qilinardi.  Bu  vazifani  faqat  hisob  –  kitob  qilish  yo„li  bajarilardi.  Shu  tariqa  jamiyat 

taraqqiyotida  hisobning  roli  oshib,  uning  vazifalari  kengayib  takomillashib  borgan. 

Jamiyatda hisob asosan qo„yidagi funksiyalarni bajaradi.  

- xo„jalik  yurituvchi  subyektlarning  xo„jalik  faoliyatida  ro„y  berayotgan 

jarayonlarni kuzatib borish; 

- kuzatish natijasida olingan ma‟lumotlarni miqdoriy ko„rsatkichlarda ifodalash; 

- xo„jalik  yurituvchi  subyekt  faoliyatini  kuzatish  natijalarini  maxsus  hujjatlarda 

qayd qilish; 

- maxsus  hujjatlarda  qayd  qilingan  xo„jalik  operatsiyalarini  umumlashtirish  va 

guruhlash; 

- xo„jalik  yurituvchi  subyektlarning  xo„jalik  jarayoni  va  operatsiyalari  ustidan 

nazorat olib borish va unga ta‟sir etish.  

Ushbu  hisob  funksiyalari  xo„jalik  yurituvchi  subyektlar  va  butun  xalq 

xo„jaligining iqtisodiy jihatdan asoslangan joriy va istiqbol rejalarini tuzish, ularning 

bajarilishini nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Xullas,  hisob  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish  jarayonini  miqdoriy  aks 

ettirish va unga sifat jihatdan tavsifnoma berishdan iboratdir. 

Endi  hisobni  kelib  chiqish  tarixiga  nazar  tashlasak,  uning  o„ziga  xos  tarixiy 

manbalari  mavjud.  Quyida    ushbu  manbalarni  keltiramiz.  Qadimda  15  –  asr(1445-

1517y.)da  Italiyada  Pacholilar  oilasi  yashagan.  Otasi  vino  tayyorlash  bilan 

shug„ullangan. Qo„shnilarning uzumlarini sotib olib, ulardan vino tayyorlab dubdan 

yasalgan  bochkalarda  saqlar  edi.  Ularning  oilasi  katta  va  ahil  edi.  Oilada  6  farzand 

bo„lib,  uchinchi  o„g„li  Luka  juda  ziyrak,  o„qishni  hohlardi.  Shuning  uchun  uni 

monaxlarga o„qishga berishdi. Chunki o„sha vaqtlarda maktablar faqat monastrlarda 

edi.  Luka  ulg„ayib,  o„z  davrining  mashhur  matematigi  bo„lib  yetishdi.  Hozirgacha 

uning  traktatlari  tanilgan  «Sonlar  yordamida  geometrik  figuralarni  hisoblab 

chiqarish» va boshqalar. Ana shundan buxgalteriya boshlandi: bir kun Luka otasining 

oldiga  kelganda  uning  ahvoli  juda  tang  ekanligini  ko„rdi.  Otasi  kimga  qancha  pul, 

vino  berishi  kerakligini  bilolmay  turgan  edi  (sotib  olgan  uzum  va  sotgan  vinolari 

uchun).  Ba‟zilariga  esa  vinosi  tayyor  bo„lganda  pul  o„rniga  vino  bilan  qarzini 

uzmoqchi  edi.  O„g„li  Luka  matematik  bo„lgani  uchun otasining  bu  hisob  – kitobini 

yechishga yordam berishi uchun qo„yidagi sistemani tuzdi. 

Avval  Luka  bir  nechta  alohida  barglarni  tayyorladi,  ularni  «Bochkalar»,  «Uzum», 

«Tayyor vino», «Yetilmagan vino» deb atadi. Keyin u otasidan nimalar sotib olganini va 

otasidan qo„shnilari nima sotib olishlari kerakligini eslashi lozimligini aytdi. Barcha pulni u 

tartib bilan kerakli barglarga joyladi - nihoyat u barglarga strelkalar qo„yib, bular qaysi nom 

bilan  yo„naltirilganligini  yozib  qo„ydi.  Shunday  qilib  birinchi  buxgalteriya  o„tkazmasi 

tuzildi. Otasi darhol o„z kreditorlari va debitorlari bilan kelishib oldi. (Kimga qancha berishi 

kerak,  yoki unga qancha  berishlari kerakligini  aniqlandi).  Luka  esa  hisob  – kitobni  yangi 

uslublari  bilan  shug„ullanishga  ahd  qildi.  Shaharga  qaytgach  u  puldor  kishilar,  ya‟ni 



bankirlar  hisob ishlarini qanday olib borishlari bilan qiziqdi. Ularda bergan ssuda va ularni 

qaytarish  muddatlari  ko„rsatilgan  alohida  kitoblarning  borligini  bildi.  Lekin  ssudani  bir 

kishidan ikkinchisiga berish yoki muddatini uzaytirish hisoblarida ular qiyinchiliklarga duch 

kelishayotgan edi. Bankirlarning iltimosiga ko„ra Luka Pacholi tekis xatosiz hisob tizimini 

ishlab chiqdi. Uning  1494 yilda chop etilgan «Schyotlar va yozuvlar  to„g„risida traktat» 

nomli  asari    birinchi  marta  buxgalteriya  hisobini  fan  sifatida  o„qitilishiga  asos  bo„lgan. 

Ushbu  asarda  birinchi  marta  buxgalteriya  schyotlari,  ularga  ikki  yoqlama  yozish 

tushunchalari kiritildi, ularning mohiyati ochib berildi, bu yozuvni amalga oshirishda to„rtta 

omil, ya‟ni subyekt, obyekt, vaqt, joy hisobda ko„rinib turilishlik zaruriyatlari isbotlangan. 

Luka  Pacholidan  keyingi  olti  asr  maboynida  buxgalteriya  hisobida  juda  ko„p  yangi 

postulatlar  va  tartiblar,  chunonchi  De  Lya  Porta  postulati  (XVII  asr),  J.  Savari  postulati 

(XVII  asr),    J.Dzappa  postulati  (XIX  asr),    J.Cherboni  postulati  (  XIX  asr),  I.  F.  Sher 

postulati (XX asr), E.Shmalenbax postulati ( XX asr), shuningdek  P.Gerstner tartibi (XIX 

asr oxiri va  XX asr boshi), V. Riger tartibi ( XX asr), CH. Garrison tartibi   (XX  asr) va 

boshqalar  vujudga  keldi.  Ushbu  va  boshqa    postulat  hamda  tartiblarga  asoslangan 

buxgalteriya  hisobi  asta-sekinlik  bilan  oddiy  kishilik  faoliyatidan  maxsus  iqtisodiy  fan  

darajasiga yetdi.    

Bu tizim buxgalteriya hisobining asosi bo„lib qoldi. «Buxgalteriya» nomi ancha 

keyin,  ya‟ni  18–asrda  kirib  keldi.  Bu  so„z  nemis  tilidan  «bux»  -  kitob,  «galter»-

ushlash  so„zlaridan  kelib  chiqqan.  Pacholining  ikkinchi  dunyoga  mashhur  bo„lgan 

«Hisobot va yozuv haqidagi traktati» da  ikkinchi o„rinda «ikkilamchi yozuv» yoki 

ikki  yoqlama  yozuv  haqida  tushuncha  berilgan.  Hisob  jarayoni  dastlab  juda  sodda 

tashkil  qilingan  bo„lib,  u  jamiyat  taraqqiyoti  bilan  asta–sekin  rivojlanib, 

takomillashib, amal qilish doirasi kengayib borgan. 

Hozirgi  kunda  buxgalteriya  hisobi  turli  tarkibiy  qismlarga  ajratilgan  holda 

maxsus  fanlar  sifatida  barcha  oliy  va  o„rta  maxsus  ta‟lim  muassasalarida  o„qitiladi. 

Chunonchi,  yaxlit  buxgalteriya  hisobini  o„rgatishga  mo„ljallangan  maxsus  fanlar 

bo„lib  «Buxgalteriya  hisobi  nazariyasi»,  «Moliyaviy  hisob»,  «Boshqaruv  hisobi», 

«Byudjet  hisobi»,  «Banklarda  buxgalteriya  hisobi»,  «Boshqa  tarmoqlarda 

buxgalteriya hisobining xususiyatlari» kabi fanlar hisoblanadi. 



Hisobda qo‘llaniladigan o‘lchovlar. 

 

Xo„jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ro„y beradigan xo„jalik muomalalarini 



hisobga  olish,  xo„jalik  mablag„larining  miqdorini,  bajarilgan  ishlarning  hajmini  va 

boshqa  ko„rsatkichlarni  faqatgina  kuzatish  orqali  aniqlab  bo„lmaydi.  Shuning  uchun 

xo„jalik  yurituvchi  subyektlarda  bu  jarayon,  xodisa  va  xo„jalik  muomalalarini 

hisobga olish uchun miqdoriy ifodalash va sifat jihatdan tavsifnoma berish kerak. Shu 

maqsadda hisobda natura, mehnat va pul o„lchovlaridan foydalaniladi. 

 

Natura tabiiy o‘lchovlaridan xo„jalik mablag„lari va ularning harakatini natura 

holida  ifodalash  uchun  foydalaniladi.  Hisob  obyektlarining  xususiyatlariga  qarab 

natura  o„lchovlari  turlicha  bo„ladi.  Fizik  va  iste‟mol  xossalariga  qarab  ular  bir  – 

biridan  farqlanadi.  Masalan,  hisob  obyektlari  og„irlik  birligida  (gramm,  kilogramm, 

sentner,  tonna), hajm  birligida  (metr,  kubometr),  uzunlik  birligida  (santimetr,  metr), 

hisob  birligida  (dona,  bosh)  va  boshqalarda  o„lchanadi.  Natura  o„lchovlari  moddiy 

qiymatliklarni  hisoblash,  tortish  va  o„lchashda  qo„llaniladi.  Natura  o„lchovlari 

obyektning  faqat  miqdorinigina  aks  ettiribgina  qolmasdan,  (masalan,  ishlab 



chiqarilgan  mahsulot)  balki  unga  sifatiy  tavsifnoma  (turi,  navi)  ham  beradi.  Shuni 

ham  qayd  qilish  kerakki,  ulardan  hisob  –  kitobni  aniq  olib  borishda  foydalanilsada, 

undan  foydalanish  ma‟lum  darajada  chegaralangan,  chunki  tabiiy  xususiyati  har  xil 

bo„lgan ko„rsatkichlarni bir joyga yig„ib aks ettirish imkoniyati yo„q. Masalan, hajm 

va og„irlik, dona  va maydon, uzunlik va og„irlik va shunga o„xshash  har xil natura 

ko„rsatkichlarini,  shuningdek  metr  miqdorini  kilogram  miqdori  bilan,  kubometr 

miqdorini sentr miqdori bilan olib borib bo„lmaydi. 

 

Mehnat  o‘lchovlari  biror  bir  turdagi  mahsulotni  ishlab  chiqarish  yoki  boshqa 

biror  ishni  bajarish  uchun  sarflangan  ish  vaqtini  aniqlashda  qo„llaniladi.  Mehnat 

o„lchovlariga  misol  tariqasida  kishi  –kuni,  kishi  soatni  keltirish  mumkin.  Mehnat 

o„lchovlari  natura  o„lchovi  bilan  birgalikda  mehnat  unumdorligi,  mehnat  haqi, 

bajarilayotgan ish me‟yorini belgilashda xizmat qiladi. 

Mehnat  o„lchovi  va  natura  o„lchovlari  muhim  ahamiyat  kasb  etsada,  ular 

vositasida har doim ham olingan ma‟lumotlarni unumlashtirish va solishtirish imkoni 

bo„lmaydi. Masalan, kishi kunini dona, tonna, metr bilan qo„shib hisob – kitob qilib 

bo„lmaydi. 

 

Tovar–pul  munosabatlarining  mavjudligi  mehnat  va  natura  o„lchovlari 



ma‟lumotlarini qiymat shaklida o„lchashni talab qiladi. Mazkur vazifani qiymat yoki 

pul o„lchovi bajaradi. 

 

Pul o„lchovidan xo„jalik yurituvchi subyektlarni hisobga olish va umumlashgan 



ma‟lumot  olish  hamda  ular  ustidan  nazorat  o„rnatishda  foydalaniladi.  Pul  o„lchovi 

ko„rsatkichlariga  so„m,  tiyin  (O„zbekiston)  rubl  (Rossiya),  dollar  (AQSH)  ni  misol 

keltirish  mumkin. 

 

Pul  o„lchovisiz  subyektning  mahsulot  ishlab  chiqarishga  sarflangan  barcha 



xarajatlarini hisoblash, xarajatlarni daromadlar bilan taqqoslash va natijani  aniqlash, 

mahsulot tannarxini aniqlash, mehnat unumdorligini oshirish uchun yashirinib yotgan 

zaxiralarni topib, ishlab chiqarishga jalb etish, ishlab chiqarishda ortiqcha xarajatlarni 

qisqartirishga  erishish  va  boshqa  imkoniyatlarni  topish  imkoniyati  bo„lmaydi. 

Bundan tashqari pul o„lchovi yordamida xo„jalik faoliyati ustidan xo„jalik hisobining 

pul bilan nazorat tamoyili amalga oshiriladi. Pul o„lchovisiz sifat ko„rsatkichi bo„lgan 

mahsulot  tannarxini  aniqlab  bo„lmaydi.  Lekin  hisobda  pul  o„lchovi  yakka  holda 

emas,  balki  mehnat  va  natura  o„lchovlari  bilan  birga  qo„llaniladi.  Masalan,  biror 

qiymatlikning  puldagi  ifodasini  topish  uchun  uning  natura  o„lchovidagi  miqdoriga 

narxini  ko„paytiriladi. Ish haqini hisoblashda ishchilar ishlab chiqarishda qatnashgan 

vaqti – miqdoriga kunlik ish haqi summasini ko„paytirish kerak. 

Xo„jalik  hisobida  qo„llaniladigan  o„lchov  birliklarini  K.B.O„razov  quyidagi 

jadvalda keltirgan (1.1.1-jadval). 


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling