Moliyaviy va boshqaruv hisobi


 Xo‘jalik hisobining turlari


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/92
Sana09.11.2021
Hajmi1.4 Mb.
#172605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
1 МБХ мм сиртки “МБХ” fan kir Bux balans d

1.2. Xo‘jalik hisobining turlari 

Xo„jalik  faoliyati  juda  murakkab  ko„p  qirralidir.  Bunday  sharoitda  xo„jalik 

yurituvchi  subyektlarda  va  butun  xalq  xo„jaligida  ro„y  beradigan  turlicha  xo„jalik 

faoliyatlari  va  muomalalarini  qamrab  oladigan,  xalq  xo„jaligiga  rahbarlik  va  uni 

boshqarish  uchun  zarur  ma‟lumotlar  bilan  ta‟minlay  oladigan  hisobning  yagona 



tizimi  talab  qilinadi.  Hisobning  bu  tizimiga  operativ  texnika  hisobi,  buxgalteriya 

hisobi va statistik hisoblar kiradi. Bu uchala hisob turi birgalikda xalq xo‘jaligi hisobi 

deb ataladi. Bu uchta hisobning har biri o„z aniq obyekti, vazifalari va xususiyatlariga 

ega. 


Operativ  (operativ  –  texnika  yoki  tezkor  hisob)  hisob  ma‟lum  xo„jalik  jarayoni 

va operatsiyalari haqidagi ma‟lumotlarni ular yuz bergan joyning o„zida kechiktirmay 

tezda  yetkazib  berish,  joriy  kuzatish  va  nazorat  qilish  usulidir.  Xo„jalik 

operatsiyalarini amalga oshirishda bu hisob yordamida reja ko„rsatkichlari haqiqatda 

erishilgan ko„rsatkichlar bilan son va sifat jihatdan solishtiriladi. 

Operativ(tezkor)  hisobning  xususiyatlaridan  biri  shundaki,  uning  yordamida 

xo„jalikning  hamma  tomoni  emas,  balki  ba‟zi  bir  ko„rsatkichlarigina  nazorat  qilib 

boriladi.  Ikkinchi  xususiyati  esa  –  bu  hisob  ma‟lumotlari  xo„jalik  faoliyati  va 

operatsiyalarini  kuzatish  natijasida  olinadi.  Ularni  maxsus  hujjatlarda  qayd  qilish 

shart  emas.  Ular  og„zaki,  telefon,  faks  yoki  telegraf  orqali    berilishi  ham  mumkin. 

Operativ hisob yordamida  mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi, mehnatga 

haq  to„lash  fondining  kundalik  sarfi,  mol  yetkazib  beruvchilar  bilan  tuzilgan 

shartnoma  shartlarining  bajarilishi,  ishchi  va  xizmatchilarning  ishga  o„z  vaqtida 

kelishlari to„lov muddatlari bo„yicha majburiyatlarning bajarilishi va boshqa shu kabi 

ma‟lumotlar  olinadi.  Xo„jalikda,  asosan  operativ  rejalashtirish  va  operativ  rahbarlik 

qilishda operativ(tezkor) hisobdan foydalaniladi. 



Statistik  hisob–ommaviy  ijtimoiy  xodisalarni  o„rganish  va  nazorat  qilish 

tizimidir. 

Statistika  ijtimoiy  hayotda  ro„y  beradigan  ommaviy  va  ayrim  tipik  hodisalarni 

miqdor va sifat jihatidan aks ettiradi. U faqat xo„jalik jarayonlarinigina emas, balki 

jamiyat  hayotidagi  madaniy  va  siyosiy  hodisalarni  o„rganish,  ularning  rivojlanish 

qonuniyatlarini ham o„z ichiga oladi. 

Statistik  hisob  tegishli  usullardan,  masalan,  statistik  kuzatish,  statistik  yig„ish, 

statistik guruhlash, o„rta miqdorni olish va boshqalardan foydalanib, jamiyat xo„jalik 

faoliyati  rivojlanishining  asosiy  qonuniyatlarini  aniqlaydi.  Statistik  hisob  ishlab 

chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarish munosabatlari va jamiyat hayotidagi siyosiy va 

madaniy  jarayon  rivojlanishining  miqdoriy  ko„rsatkichlarini  beradi.  Shuning  uchun 

ham  xalq  xo„jalik  hisobi  tizimi  statistik  hisob  talablariga  mos  holda  umumiy 

metodologiya asosida yuritiladi. 

Statistikada 

buxgalteriya 

va 


operativ–texnika 

hisobi  ma‟lumotlaridan 

foydalaniladi.  Statistik  hisobning  asosiy  manbai  hisobot  ma‟lumotlari  hisoblanadi. 

Statistika  hisobotining  maxsus  shakllarida  mehnat  hajmi  (miqdori)  va  sifati,  ishlab 

chiqarishda sarflangan mehnat va uning unumdorligi, ish haqi, subyektlarda ishlovchi 

xodimlarning soni, ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi va shu kabi ma‟lumotlar 

aks  ettiriladi.  Statistik  hisobning  boshqa  turlari  kabi  xalq  xo„jaligi  hisobi  tizimida 

muhim o„rin tutadi. Undan hisobning boshqa turlari singari xalq xo„jaligi rejalarining 

bajarilishi  to„g„risida  ma‟lumot  olish,  rejani  tuzish,  ichki  zaxiralarni  aniqlab  ularni 

ishlab chiqarishga joriy etishda keng foydalaniladi. 



Buxgalteriya hisobi –bu xo„jalikda bo„lib o„tadigan hodisa, voqea, jarayonlar va 

xo„jalik muomalalarini miqdor va sifat jihatdan hisobga olib borish tizimidir. 




Buxgalteriya  hisobi  –  bu  kundalik  va  umumiy  ma‟lumotlar  olish  maqsadida 

xo„jalik  yurituvchi  subyektlarning  xo„jalik  faoliyatini  uzluksiz  ravishda  kuzatish  va 

nazorat qilish tizimidan iboratdir.  

Buxgalteriya  hisobining  xalq  xo„jaligidagi  muhim  ahamiyatini  e‟tirof  etgan  holda 

uning  qo„yidagi  xususiyatlarini  ta‟kidlash  mumkin.  Buxgalteriya  hisobi,  birinchidan, 

xo„jalik  yurituvchi  subyekt  mablag„larining  joylashuvi  va  ularning  tashkil  topish 

manbalarining o„zgarishlariga sabab bo„luvchi barcha  xo„jalik  jarayoni va  muomalalarini 

yoppasiga qayd qiladi; ikkinchidan, bu jarayon va o„zgarishlar ikki yoqlama yozish usuli 

bilan  muntazam,  uzluksiz  va  o„zaro  bog„langan  holda  qayd  qilinadi;  uchinchidan,  yozuv 

faqat hujjatlargagina asoslanadi; to„rtinchidan, hamma xo„jalik operatsiyalari buxgalteriya 

hisobida pul ifodasida aks ettiriladi. 

Operativ, buxgalteriya va statistika hisoblari birgalikda xalq xo„jalik hisobining 

yagona tizimini tashkil qiladi. 

Buxgalteriya hisobi ma‟lum bir xo„jalik yurituvchi subyekt to„g„risida moliyaviy 

ma‟lumotlarni  aniqlash  (1),  qayta  ishlash  (2)  va  korxonaning  moliyaviy  holatiga 

qiziquvchilarga yetkazib berishni (3) amalga oshiradigan tizimdir. 

K.B.  Urazovning  fikricha  “Korxonalarni  moliyalashtirilishiga  ko‘ra  ularda 

yuritiladigan xo„jalik hisobini korxona hisobi va byudjet hisobiga ajratiladi.  




Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling