Moliyaviy va boshqaruv hisobi


 “Balans” tushunchasi va uning iqtisodiy ahamiyati. Buxgalteriya


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/92
Sana09.11.2021
Hajmi1.4 Mb.
#172605
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92
Bog'liq
1 МБХ мм сиртки “МБХ” fan kir Bux balans d

1.8. “Balans” tushunchasi va uning iqtisodiy ahamiyati. Buxgalteriya 

balansining tuzilishi va mazmuni 

 

Buxgalteriya  balansi  moliyaviy  hisobotning  tarkibiy  qismlaridan  biri 



hisoblanadi,  xo„jalik  yurituvchi  subyektning  mulkiy  va  moliyaviy  ahvoli  haqidagi 

axborotni to„playdi hamda oshkor qiladi(15-sonli BHMS). 

Xo„jalik  yurituvchi  subyektlar  mablag„lari  doimo  ishlab  chiqarish  jarayonida 

harakatda  bo„lib,  davrlar  bo„yicha  miqdor  va  qiymat  jihatdan  o„zgarib  boradi. 

Ularning  xo„jalik  faoliyati  ustidan  rahbarlik  qilish  va  boshqarish  uchun  subyekt 

qanday  mablag„larga  ega,  ularning  tarkibi  va  qayerda  joylashganligi  hamda  bu 

mablag„lar  qanday  manbalardan  tashkil  topganligi  to„g„risida  aniq  ma‟lumotlar 

bo„lishi kerak. 

Xo„jalik  mablag„larining  tarkibi,  joylanishi,  harakati  va  ularning  kelib  chiqish 

manbalaridagi o„zgarishlarni bir– biriga solishtirib, ma‟lum bir sanaga pul o„lchovida 

umumlashtirib aks ettirish buxgalteriya balansi yordamida amalga oshiriladi. 

Buxgalteriya  balansida  subyektning  xo„jalik  mablag„lari  va  ularning  tashkil 

topish  manbalari  umumlashtirilib,  odatda,  kunning  oxiriga  (banklarda)  yoki  hisobot 

oyidan keyingi oyning birinchi kuniga pul o„lchovida tuziladi. 

Buxgalteriya  hisobining  muhim  vazifalaridan  biri  bo„lib    mulkga  egalik  qilish 

huquqini ifodalovchi matematik  tenglikni hamma vaqt  ta‟minlab  berish va  saqlash 

hisoblanadi.  


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling