- Adabiyotlar
- Asosiy adabiyotlar
- Pardaev M.Q. Iqtisodiy tahlil nazariyasi. Samarqand: «Zarafshon» 2001.
- Vahobov A.V., Ibragimov A.T., Ishonqulov N.F. Moliyaviy va boshqaruv tahlil. -T.: «Sharq», 2005.
- Yergeshev Ye. Davlyatov X.M. Iqtisodiy va moliyaviy tahlil. –T.: «Adolat», 2010.
- Pardaev va boshqalar. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. O‘quv qo‘llanma. –T.: “Cho‘lpon” nashriyoti, 2012.
- K.R.Subramanyam Financial statement analysis, 11th ed, USA, McGraw-Hill Education, 2014.
Qo‘shimcha adabiyotlar - Qo‘shimcha adabiyotlar
- Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 56 b.
- Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 47 b.
- Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.
- Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 103 b.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-4947-sonli Farmoni.
- Savitskaya G.V. Analiz xozyaystvennoy deyatelnosti predpriyatiya. / Uchebnik. -5 ye izd., pererab. i. dop. –M, Infra-M, 2009.
- Mavzu: Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish tahlili
- 1. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va uning hajmiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlili.
- 2. Chorva mollari bosh soni va uni ko‘paytirish rejasining bajarilishini tahlil qilish.
- 3. Poda tuzulmasi va uning o‘zgarishini tahlil qilis
- 4. Chorva mollarining mahsuldorligi va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlili.
- 5.Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishini ko‘paytirish rezervlarini aniqlash.
- 6.Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish rejasining bajarilishini tezkor tahlil qilish.
- CHorvachilik qimmatbaho va juda kerakli oziq-ovqat mahsulotlari (sut, go’sht, tuhum va hokazo) va sanoat uchun ko’plab turdagi xom ashyo etkazib beradi. Binobarin, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga tobora usib borayotgan ehtiyojlarini to’liq qondirish imkoniyatlari ko’p jihatdan ana shu tarmoqni muvaffaqiyatli rivojlantirishga bog’liqdir.
- CHorvachilik tarmog’ini tahlil qilish usullari xuddi deh-qonchilik tarmog’inikiga o’xshash. Ammo chorvachilikning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz bo’ladi. Ko’pgina tarmoqlar yil davomida bir xilda mahsulot beradi. Undan tashqari, chorvachilikda ishlab chiqarishning pirovard natijasi ma’lum darajada aniq, omillarga — oziqlantirish va naslchilik ishlari darajasiga, boqish texnologiyasiga, mehnat hamda moddiy pul mablag’lari sarfiga bog’liq bo’ladi.
- CHorvachilikning yalpi mahsuloti deganda muayyan davrda (odatda bir yilda) shu tarmoqda etishtirilgan mahsulotlarning umumiy xajmi tushuniladi. CHorvachilikning yalpi mahsulotiga go’sht, sut, tuxum, jun, qorakul teri, pilla kabilar kiradi. SHuningdek, qoramolchilikda yangi tug’ilgan buzoqlar va yosh mollarning o’sishi hamda semirtirishga qo’yilgan mollarga qo’shilgan tirik vazn ham yalpi mahsulot hisoblanadi. quychilikda jun, yangi tug’ilgan qo’zilar va ularning o’sishi shuningdek, qo’shimcha mahsulotlar, go’ng va h.k ham yalpi mahsulot hisobiga kiradi.
- CHorvachilik o’simlikchilik bilan bir qatorda qishloq xo’jaligining muhim tarmog’i bo’lib, uning tarkibiga sut va go’sht yo’nalishidagi qoramolchilik, qo’ychilik, cho’chqachilik, yilqichilik, parrandachilik, asalarichilik, quyonchilik, ipakchilik, baliqchilik va boshqalar kiradi. O’z navbatida bu tarmoqlarning har biri mahsulotning ayrim turlarini etishtirishga ixtisoslashgan holda muayyan ishlab chiqarishlarni: qoramolchilik – sut chorvachiligini hamda mol go’shti, parrandachilik – tuxum hamda parhez go’sht etishtirishni o’z ichiga oladi.
- CHorvachilikda mablag’larning doiraviy aylanishi dehqonchilikdagiga qaraganda muhim farq va xususiyatlarga ega. Bu erdagi texnlogik jarayonlar chorvka mollarini oziqlantirish va parvarishlash, mahsulotning chiqishi singari operatsiyalarning bir xilligi bilan ajralib turadi. Buning ustiga ushbu barcha operatsiyalar o’simlikchilikda bo’lgani singari vaqt nuqtai nazaridan qat’iy chegaralanmaydi, chunki chorvachilik tarmog’idagi ishlab chiqarishning texnologik jarayoni muomalalarning anchagina bir tekisligi va bir xilligi bilan tavsiflanadi. Bu xususiyatlarning hammasi, tabiiyki, xarajatlarni hisobga olishni tashkil etishga ta’sir ko’rsatadi
- CHorva mollarning bosh soni va mahsuldorligi yalpi mahsulot miqdorining ko’payishiga bevosita bog’lik ekanligini tahlil qilishda ularning bajarilishini faqat foizlarda ko’rsatibgina qolmasdan, balki natura ko’rsatkichlarida ham ifodalash kerak
- Mollar mahsuldorligini oshirishga zooveterinariya qoidalarining bajarilishi, sigirlar sonnning ko’paytirilishi, mollarni ratsion asosida boqish uchun em-xashak bilan etarlicha ta’minlash, issiq molxonalar qurish, naslchilik ishlarini yaxshi yo’lga quyish, ilg’or texnologiyaning jadal usullarini joriy qilish va boshqalar bevosita ta’sir ko’rsatadi.
- Har bir chorva turi (guruhi) bo’yicha umumiy xarajatlar va yil davomida olingan mahsulotlarning umumiy summasi aniqlanadi. Bunda xarajatlar hisob ob’ektlari bo’yicha to’g’ri taqsimlanishi, kishi-soatlar, ozuqa-kunlar va ozuqa birliklari to’g’ri hisobga olinishi, chorvachilikning ayrim tarmoqlari (parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, tuyachilik) bo’yicha tug’allanmagan ishlab chiqarish hajmining to’g’ri aniqlanishi, olingan asosiy, yondosh va qo’shimcha mahsulotlar miqdori hamda qiymatining to’g’ri aks ettirilishga e’tibor berish zarur.
- U yoki bu hayvon turining tegishli guruhi bo’yicha qo’shilgan vazn quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
- Vq=Vo-Vch-Vk-Vb
- Bunda: Vq - qo’shilgan (semirgan) vazn;
- Vo - yil oxiriga qolgan vazn;
- Vch – yil davomida xo’jalikdan chiqarilgan hayvonlar vazni (o’lgan hayvonlarning yil boshiga bo’lgan tirik vaznini ham qo’shgan holda);
- Vk – yil davomida xo’jalikka kirim qilingan hayvonlar vazni;
- Vb – yil boshtga bo’lgan vazni.
E’tiboriz uchun RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |