Moliyaviy va huquqiy sanktsiyalar mazmuni va turlari


Download 30.56 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi30.56 Kb.
#1577569
Bog'liq
esse2


Moliyaviy va huquqiy sanktsiyalar mazmuni va turlari
Moliyaviy sanksiyalar soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik chorasi bo‘lib, pul undirish (jarimalar va penya) tarzida qo‘llaniladi.
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga - soliq to‘lovchilarga moliyaviy sanksiyalar sud tartibida qo‘llaniladi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddati o‘tkazib yuborilganligi uchun penya hisoblash, shuningdek soliq to‘lovchi sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybini tan olgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan hollar bundan mustasno.
Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar faqat sud tartibida qo‘llaniladi, penya hisoblash hollari bundan mustasno. Bosh prokuratura Akademiyasida “Maqsadli moliyaviy sanksiyalar qo‘llash masalalari” mavzusidagi seminar-trening o‘tkazildi.
Trening pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatga jalb qilingan tashkilotlarning mas’ul xodimlari uchun tashkil qilindi.
Trening dasturi maqsadli moliyaviy sanksiyalar qo‘llashning mazmun-mohiyati, benefitsiar mulkdorlarni aniqlash bo‘yicha xalqaro standartlar, shuningdek, xaridorlarni, xususan xorijiy mamlakatlar ommaviy mansabdor shaxslari va ularning oila a’zolari hamda yaqinlarini lozim darajada tekshirish bo‘yicha choralarni aniqlash va qo‘llash kabi masalalarni o‘z ichiga olgan. Yuqorida keltirilgan masalalar bo‘yicha xorijiy va milliy amaliyotning qiyosiy tahlili o‘tkazildi.
Tadbirga Akademiya professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda katta amaliy tajribaga ega Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Moliya vazirligining mutaxassislari jalb qilindi.
Download 30.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling