Moliyaviy vositachilarning asosiy funktsiyalari. Reja kirish
Moliyaviy vositachilar faoliyatini takomillashtirish istiqbollari
Download 0.62 Mb.
|
Moliyaviy vositachilarning asosiy funktsiyalari.11
3.Moliyaviy vositachilar faoliyatini takomillashtirish istiqbollari.
Iqtisodiyotda takror ishlab chiqarish uzluksizligini taʼminlash asosida barqaror iqtisodiy taraqqiyotni qoʼllab-quvvatlash uchun mukammal moliyaviy vositachilik tizimi talab etiladi. Moliyaviy vositachilik tizimining muhim elementlaridan biri – bu investitsion banklardir. Nazariy-uslubiy jihatdan, investitsion bank faoliyati deganda odatda quyidagilar koʼzda tutiladi: qimmatli qogʼozlarni muomalaga chiqarishni tashkil etish, qimmatli qogʼozlarni joylashtirishni tashkil etish (anderrayting), qimmatli qogʼozlar likvidliligini saqlab turish (market-maykerlik), qoʼshilish/birikish bitimlariga xizmat koʼrsatish, sekyuritizatsiya bitimlariga xizmat koʼrsatish, investitsion-moliyaviy konsalting xizmatini koʼrsatish, analitik taʼminot, yangi moliyaviy mahsulotlarni shakllantirish. Investitsion bankning asosiy maqsadi – bu kompaniya qiymati va joylashtirishning optimal bahosini aniqlash, shuningdek, aktsiyalarni inevstorlarga sotishni taʼminlashdan iborat boʼlishi lozim. Qimmatli qogʼozlarni joylashtirgandan soʼng investitsion bank market-maykerga aylanadi, yaʼni aksiyalarning kotirovkasini ushlab turadi va emitent haqida analitik hisobotlarni chiqaradi. Shunday qilib, emitent kompaniya va investitsion bank oʼrtasida uzoq muddatli va oʼzaro manfaatli hamkorlik oʼrnatiladi. Аyni paytda, investitsion bankning asosiy vazifasi uning qimmatli qogʼozlarni joylashtirishni tashkil etish(anderrayterlik) faoliyatida namoyon boʼladi. Аnderrayter emitentga muayyan summani toʼlashni kafolatlagan holda, oʼz zimmasiga qimmatli qogʼozni joylashtirish bilan bogʼliq barcha tavakkalchiliklarni oladi. Taʼkidlash lozimki, emitentdan qimmatli qogʼozni xarid qilish va uni keyinchalik invsetorlarga sotish orasida muayyan vaqt oraligʼi mavjud boʼladi. Natijada anderrayter baho tavakkalchiliki bilan toʼqnash keladi. Chunki qimmatli qogʼozni sotish bahosi uning emitentdan sotib olingan bahosidan past boʼlish ehtimoli mavjud. Bundan tashqari, bozor tavakkalchiliki ham mavjud boʼlib, u bozordagi umumiy vaziyatning oʼzgarishi natijasida baholarning salbiy oʼzgarishini koʼzda tutadi. Investitsion banklar guruhiga faoliyati quyidagilar bilan bogʼliq boʼlgan istalgan tijorat bankini kiritish mumkin: – qimmatli qogʼozni oldi-sotdi qilishda agentlik xizmatini koʼrsatish; – korporativ qayta tuzish jarayonlarini (qoʼshib olishlar va birikishlar) amalga oshirish; – qimmatli qogʼozlar bozorida brokerlik operatsiyalarini amalga oshirish; – qimmatli qogʼozlar bozorida dilerlik operatsiyalarini amalga oshirish; – anderrayter xizmatini koʼrsatish. Bundan koʼrish mumkinki, koʼpchilik tadqiqotchilar banklarning investitsion faoliyatini investitsion banking sifatida emas, balki bank operatsiyalarining alohida turi sifatida eʼtirof etishadi. Biroq bu holatni aksariyat holatlarda milliy sharoitlarda tijorat banklarining qimmatli qogʼozlar bilan operatsiyalarining moliyaviy resurslar va fond bozorining yetarlicha rivojlanmaganligi hisobiga cheklanishi bilan izohlash mumkin. Investitsion bankning muhim funksiyalaridan biri – bu vositachilik funksiyasidir. Mohiyatan investitsion banklar aksiya, obligatsiya va barcha ekzotik qimmatli qogʼozlarining xaridorlari va sotuvchilarini bogʼlovchi vositachilar hisoblanadi. Shu jihatdan qaraganda, investitsion banklar moliyaviy vositachi sifatida quyidagi funktsiyalarni bajaradi: – pul mablagʼlarini jamlash: alohida iqtisodiy subʼektlarning chakana jamgʼarmalari ulgurji jamgʼarmalarga tranformatsiya qilinadi va kreditorlarga yetkaziladi. Bu oʼrinda investitsion bankning tijorat bankidan farqli jihati jamgʼarilgan mablagʼni oʼzi mustaqil tasarruf eta olmasligidadir. Chunki mablagʼlar bank mijozi ixtiyorida qoladi va uning istagi boʼyicha foydalaniladi; – pul mablagʼlarini qayta taqsimlash: a) investitsion banklar qimmatli qogʼozlarni emissiya qilish orqali ortiqcha pul mablagʼlariga ega boʼlgan iqtisodiy subʼektlarning (kreditor) resurslarini mablagʼga ehtiyojmand boʼlgan emitentga oʼtishini taʼminlaydi; b) investitsion banklarning oʼzi ham bozorga qimmatli qogʼozlarni chiqarishi mumkin, olingan mablagʼlarni esa yana boshqa emitentlarning qimmatli qogʼozlariga investitsiya qiladilar va bu orqali “majburiyatlarning ayirboshlanishi”ni taʼminlaydilar; – diversifikatsiya yordamida tavakkalchilikni kamaytirish: mijozlarning mablagʼlari evaziga xarid qilingan moliyaviy instrumentlarning yirik portfelini boshqarish orqali kichik investor cheklangan moliyaviy instrument portfeli bilan erisha olmaydigan natijaga, yaʼni qator tizimsiz tavakkalchiliklarni kamaytirishga muvaffaq boʼladi; – muomala xarajatlarini kamaytirish: investitsion banklar alohida moliyaviy operatsiyalarga ixtisoslashuv, faoliyat koʼlamining kengligi, tarkibida konsalting va tahliliy boʼlinmalarning mavjudligi evaziga oʼzining va mijozlarining muomala xarajatlarini kamaytiradilar. Bundan tashqari, investitsion banklar moliyaviy bozor segmentini tartibga solish kabi muhim makroiqtisodiy funksiyani ham bajaradilar. Chunonchi: – market-meyker sifatida u yoki bu moliyaviy instrumentning likvidliligini taʼminlaydi va ularga nisbatan haqqoniy baho oʼrnatilishiga koʼmaklashadi; – moliya bozorining professional ishtirokchisi sifatida moliya bozorining faoliyat yuritishini ham taʼminlaydi, chunki xaridor va sotuvchisiz bozorning oʼzi ham mavjud boʼlmaydi; – anderrayter sifatida investitsion banklar fond bozorida savdo obʼekti sanalgan va muayyan likvidlilikka ega boʼlgan moliyaviy mahsulotlarni yaratadilar. Boshqacha aytganda, ular moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Umuman olganda, investitsion banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyati pul resurslarini jamgʼarish va qayta taqsimlash va maʼlum maʼnoda moliya bozorining muayyan segmentlarini tartibga solishda namoyon boʼladi. Sug‘urta kompaniyalari – bu moliyaviy vositachilar bo‘lib, ularning asosiy funksiyasi uy xo‘jaliklari va firmalarga alohida turdagi shartnomani sotib olish orqali risk darajasini kamaytirish imkoniyatini taqdim etishdir. Bunday shartnoma sug‘urta polisi deb nomlanadi va unga muvofiq, unda keltirilgan konkret holatlar yuzaga kelganda mijozlarga ma’lum summa to‘lanadi. Predmeti baxtsiz hodisadan, o‘g‘irlik yoki yong‘indan sug‘urtalash bo‘lgan polislar kutilmagan hodisalardan keladigan zararni sug‘urtalash va mulkiy sug‘urtalash sohasiga kiradi. Sog‘liq bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha to‘lovlarni nazarda tutuvchi polislar kasallik bo‘yicha va mehnatga layoqatsizlik sug‘urtasiga, mijoz vafot etgan taqdirda pul to‘lanishi nazarda tutiladigan polislar hayotni sug‘urtalashga kiradi.Sug‘urta polislari ularni sotib oluvchi uy xo‘jaliklari va firma-larning aktivi hisoblanadi. Bozor munosabatlari takomillashuvi iqtisodiy infratuzilmaning qaror topishi bilan birgalikda kechadigan jarayondir. Sug‘urta faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida bir tomondan, ijtimoiy kafolatni ta’minlasa, ikkinchi tomondan, shartnomaviy majburiyat va tariflar mexanizmi orqali turli sug‘urta risklaridan ogoh etish negizida iqtisodiyot sub’ektlari manfaatlarining himoyasini ham o‘z zimmasiga oladi. Sug‘urta faoliyati jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini himoya qilish, ularning risklar yuz berishi oqibatida ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararlarini qoplashning zaruriy vositasi sifatida paydo bo‘ldi hamda rivojlandi. Shunday anglanilgan zarurat - aniq sug‘urta manfaatlari negizida sug‘urta munosabatlari yuzaga keldi. Sug‘urta munosabatlari, ularning tashkiliy shakllari qandayligidan qat’i nazar, sug‘urta fondini yaratish va undan foydalanish jarayonidir. Ta’kidlash lozimki, sug‘urta munosabatlari - murakkab va keng qamrovli moliyaviy-pullik iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, ular yuzaga kelishi uchun o‘zaro bog‘liq shart-sharoit majmuasi mavjudligi ham muhimdir. Bugungi kunda mamlakatimizda moliyaviy vositachilarni qo’llab-quvvatlash va ular faoliyatini yanada rivojlantirish borasida ko’pgina islohotlar o’tkazilmoqda. 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasida ham moliyaviy vositachilarning asosiylaridan bo’lgan banklar, investitsiya va sug’urta kompaniyalarining mamlakatimizning makroiqtisodiy barqarorligini yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolishda o’rni kattaligi ta’kidlab o’tilgan hamda ular faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha ham quyidagi bir qancha vazifalar belgilab qo’yilgan: bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitalashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investisiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish; sug’urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning xajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish; xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o’ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investisiya va kreditlardan samarali foydalanish.8 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yilning 28-dekabrida Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida ham mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalaridan biri sifatida bank tizimini rivojlantirish hamda investitsiya muhitini yaxshilash borasida vazifalarni belgilab o’tgan: “ ... bank va moliya tizimida islohotlarni jadal davom ettirish, sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini kengjoriy etish zarur. …Hukumat va Markaziy bank xalqaro moliya institutlari koʻmagida bank-moliya tizimini rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqishi lozim”. 9Hamda prezidentimiz Oliy Majlisga murojaatnomasi davomida bank tizimidagi eng asosiy muammo – ular kapitalining asosiy qismi, yaʼni, 83 foizi davlatga tegishli ekanligini va bu esa ,oʻz navbatida, bank sektorida sogʻlom raqobatga toʻsiq boʻlib, xizmat koʻrsatish sifatiga salbiy taʼsir qilishini ham ta’kidlab o’tgan hamda kelgusida xususiy va xorijiy kapitalning kirib kelishi hisobidan davlat banklari ulushini bosqichma – bosqich kamaytirib borilishini ta’kidlab o’tganlar. Bu esa ,o’z navbatida, raqobat muhitining yaxshilanishiga, davlatimizda mavjud banklar faoliyatining, kreditlash sifatining yanada oshishiga olib keladi. Joriy yilning 24-yanvarida ham prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2020-yilda va kelgusi 5 yilda mamlakatimizni rivojlantirish uchun eng muhim ustuvor vazifalarni belgilab olish maqsadida Oliy Majlisga yana o’z murojaatnomasini qildi. Murojaatnoma davomida mamlakatimizda mavjud bo’lgan moliyaviy vositachilar faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha bir qancha masalalarga to’xtalib o’tdilar: “Iqtisodiyotni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirish uchun faol investitsiya siyosatini izchil davom ettirish zarur. …2020-yilda o‘zlashtiriladigan investitsiyalarning salmoqli qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar va kreditlar bo‘lishini alohida qayd etmoqchiman. Investorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash, infratuzilma yaratish xarajatlarini qisman davlat tomonidan qoplash mexanizmlari joriy etilmoqda. … bank tizimini rivojlantirish uchun bu yil keskin choralar ko‘rishimiz lozim. …2020-yildan boshlab har bir bankda keng ko‘lamli transformatsiya dasturi amalga oshiriladi. Bu borada banklarimizning kapital, resurs bazasi va daromadlarini oshirish alohida e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Banklarda axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish orqali ularning dasturiy ta’minotini tubdan yangilash lozim. Shu yil 1 iyulga qadar “kredit tarixi” axborot tizimini to‘liq ishga tushirish zarur. 10 Murojaatnoma davomida bank tizimida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaydigan “loyihalar fabrikasi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, banklarimiz xalqaro moliya bozorlariga chiqib, arzon va uzoq muddatli resurslar olib kelishi, davlat ulushiga ega bo‘lgan banklar bosqichma-bosqich strategik investorlarga sotilishi, aholida bank tizimiga nisbatan ishonchni shakllantirish va banklar faoliyatiga chetdan aralashishga chek qo‘yilishi lozimligini ta’kidlab o’tdilar. Mamlakatimizda sug’urta bozorini rivojlantirish, sug’urta kompaniyalari rolini yanada oshirish masalalari bo’yicha prezidentimiz rahbarligida, vazirliklar va bir qator tegishli idoralar rahbarligida yig’ilishlar, anjumanlar o’tkazilib kelinmoqda. Jumladan, 2019-yilda prezidentimiz rahbarligida sug’urta bozorini rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazilgan. Bu yig’ilish davomida bir qator vazifalar belgilab olingan. Shuningdek, Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligini tashkil etish taklif qilindi. Mutasaddilarga sugʻurta sohasini oʻrta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, 2022-yilgacha aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan sugʻurta mukofoti hajmini 3 baravar, sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini esa 2 baravar oshirish vazifasi qoʻyildi. Iqtisodiyot tarmoqlarini sugʻurta xizmatlari bilan qamrab olish muhimligi qayd etildi. Milliy sugʻurta kompaniyalarining xalqaro moliya bozorlariga chiqishini taʼminlash, ilgʻor korporativ boshqaruv tizimini joriy qilish orqali xalqaro reytinglar olish boʻyicha ham aniq vazifalar belgilandi. 11 Xulosa Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, moliyaviy vositachilarning asosiylari sifatida banklar, investitsiya va sug‘urta kompaniyalarini ko‘rsatish mumkin. Ularning moliyaviy mahsulotlariga , boshqalar qatorida, chek hisobvaraqlari, kreditlar, ipotekalar, o‘zaro fondlarning qimmatli qog‘ozlari va keng ko‘lamli sug‘urta shartnomalari kiradi. Moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatuvchi ko‘pgina firmalar, qo‘shimcha faoliyat sifatida xilma-xil moliyaviy axborotlarni yig‘ish va tarqatish bilan shug‘ullanishadi. Biroq, faoliyatning aynan ushbu sohasiga ixtisoslashgan kompaniyalar mavjud. Reyting agentliklari axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi eski kompaniyalardan hisoblanadi. Banklarning asоsiy maqsadi pul mablag’larini kreditоrlardan qarz оluvchilarga va sоtuvchilardan хaridоrlarga o’tkazishda vоsitachilik qilishdir. Banklar bilan bir qatоrda, bоzоrlarda pul mablag’larni o’tkazishni bоshqa mоliyaviy va kredit - mоliyaviy tashkilоtlar: investitsiоn fоndlar, sug’urta kоmpaniyalari, brоkerlar va hоkazоlar bajarilishlari mumkin. Ikki pоg’оnali bank tizimining zarurligi bоzоr munоsabatlarining qarama-qarshiliklaridan kelib chiqadi. Bir tоmоndan, bu хususiy mоliya mablag’laridan erkin fоydalanish huquqini talab qiladi. Bu quyi pоg’оna banklar-tijоrat banklari оrqali amalga оshiriladi. Ikkinchi tоmоndan, bu munоsabatlarni ma`lum miqdоrda tartibga sоlish nazоrat qilish maqsadli yo’naltirish zarur. Bunday maхsus institut sifatida Markaziy bank yuzaga chiqadi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling