Moliyaviy vositachilarning iqtisodiyotda tutgan o'rni
Download 152 Kb.
|
MOLIYAVIY VOSITACHILARNING IQTISODIYOTDA TUTGAN O\'RNI
XulosaXulosa qilib shuni aytish mumkinki, moliyaviy vositachilarning asosiylari sifatida banklar, investitsiya va sug‘urta kompaniyalarini ko‘rsatish mumkin. Ularning moliyaviy mahsulotlariga, boshqalar qatorida, chek hisobvaraqlari, kreditlar, ipotekalar, o‘zaro fondlarning qimmatli qog‘ozlari va keng ko‘lamli sug‘urta shartnomalari kiradi. Moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatuvchi ko‘pgina firmalar, qo‘shimcha faoliyat sifatida xilma-xil moliyaviy axborotlarni yig‘ish va tarqatish bilan shug‘ullanishadi. Biroq, faoliyatning aynan ushbu sohasiga ixtisoslashgan kompaniyalar mavjud. Reyting agentliklari axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi eski kompaniyalardan hisoblanadi.Banklarning asоsiy maqsadi pul mablag’larini kreditоrlardan qarzоluvchilarga va sоtuvchilardan хaridоrlarga o’tkazishda vоsitachilik qilishdir. Banklarbilanbirqatоrda, bоzоrlarda pul mablag’larni o’tkazishni bоshqa mоliyaviy va kredit - mоliyaviy tashkilоtlar: investitsiоn fоndlar, sug’urta kоmpaniyalari, brоkerlar va hоkazоlar bajarilishlari mumkin.Ikki pоg’оnali bank tizimining zarurligi bоzоr munоsabatlarining qarama-qarshiliklaridan kelib chiqadi. Bir tоmоndan, bu хususiy mоliya mablag’laridan erkin fоydalanish huquqini talab qiladi. Bu quyi pоg’оna banklar-tijоrat banklariоrqali amalga оshiriladi. Ikkinchi tоmоndan, bu munоsabatlarni ma`lum miqdоrda tartibga sоlish nazоrat qilish maqsadli yo’naltirish zarur. Bunday maхsus institut sifatida Markaziybankyuzagachiqadi. 2019-yil 1 – dekabr holatiga mamalaktimizda mavjud bo’lgan tijorat banklari soni 30 tani tashkil qilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining saytidagi ma'lumotgako‘ra, endi mamlakatimizda beshta davlat banki bor : «Poytaxt bank», O‘zmilliybank, Xalq banki, «Asaka» bank va Asia Alliance Bank. Xususiy banklar soni oltita - «Trastbank», «Turkiston», «Davr-bank», Ravnaq-bank, Hi-Tech Bank, «Oriyent finans». Beshta bank xorijiykapitalishtirokidatashkiletilgan - «Savdogar», Hamkorbank, «KDB Bank O‘zbekiston», Ziraat Bank Uzbekistan vaEronningSaderatbankiningToshkentdagisho‘'basi. Qolgan o‘n to‘rttasi - aksiyadorlik-tijorat banklari. Investitsion bankning asosiy maqsadi – bu kompaniya qiymati va joylashtirishning optimal bahosini aniqlash, shuningdek, aktsiyalarni inevstorlarga sotishni taʼminlashdan iborat boʼlishi lozim. Qimmatli qogʼozlarni joylashtirgandan soʼng investitsion bank market-maykerga aylanadi, yaʼni aksiyalarning kotirovkasini ushlab turadi va emitent haqida analitik hisobotlarni chiqaradi. Shunday qilib, emitent kompaniya va investitsion bank oʼrtasida uzoq muddatli va oʼzaro manfaatli hamkorlik oʼrnatiladi. Bozor munosabatlari takomillashuvi iqtisodiy infratuzilmaning qaror topishi bilan birgalikda kechadigan jarayondir. Sug‘urta faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida bir tomondan, ijtimoiy kafolatni ta’minlasa, ikkinchi tomondan, shartnomaviy majburiyat va tariflar mexanizmi orqali turli sug‘urta risklaridan ogoh etish negizida iqtisodiyot sub’ektlari manfaatlarining himoyasini ham o‘z zimmasiga oladi. Sug‘urta faoliyati jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini himoya qilish, ularning risklar yuz berishi oqibatida ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararlarini qoplashning zaruriy vositasi sifatida paydo bo‘ldi hamda rivojlandi Bugunki kunda mamlakatimizda moliyaviy vositachilarni qo’llab-quvvatlash va ular faoliyatini yanada rivojlantirish borasida ko’pgina islohotlar o’tkazilmoqda. 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasida ham moliyaviy vositachilarning asosiylaridan bo’lgan banklar, investitsiya va sug’urta kompaniyalarining mamlakatimizning makroiqtisodiy barqarorligini yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolishda o’rni kattaligi ta’kidlab o’tilgan. Download 152 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling