Moliyaviy vositachilarning iqtisodiyotda tutgan o'rni


II.Bob.Investitsiya bankirlari vositachilar sifatida


Download 152 Kb.
bet4/8
Sana22.06.2023
Hajmi152 Kb.
#1650486
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MOLIYAVIY VOSITACHILARNING IQTISODIYOTDA TUTGAN O\'RNI

II.Bob.Investitsiya bankirlari vositachilar sifatida

2.1 Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilar

Bu guruh tashkilotlar iqtisodiy faoliyatning o‘ziga xos turlarini rag‘batlantirish maqsadida tuzilgan kompaniyalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu kompaniyalar faoliyati moliyalashtirish jarayonini yengillashtiradi yoki ular muayyan guruhdagi mijozlarga har xil turdagi qarzga oid instrument (vosita)larni taqdim etadilar. Bunga misol tariqasida fermerlar, talabalar, kichik korxonalar, yangi uylarni sotib oluvchilar va boshqalarga qarz beruvchi yoki qarzni kafolatlovchi davlat agentliklarini ko‘rsatish mumkin. Davlat tashkilotlarining boshqa guruhi bank omonatlarining sug‘urtasi uchun tashkil etilgan agentliklar sifatida namoyon bo‘ladi. Ularning asosiy funksiyasi moliyaviy tizimning barcha qismida yoxud uning qaysidir bir qismida iqtisodiy inqirozlarning oldini olish orqali iqtisodiy barqarorlikka ko‘maklashishdan iborat.


Bu rejada eng yomon ssenariy bank sarosimasi hisoblanadi. Omonat-chilar, agar pullarining ishonchli joyda turganligi va istagan paytda ularni qaytarib olishlariga ishonishsa, o‘z omonatlarini banklarda saqlashga rozi bo‘ladilar. Shu bilan birga banklarda nolikvid va riskli aktivlar mavjudligi va bu aktivlar bankning omonatchilar oldidagi majburiyatlarini ta’minlash uchun xizmat qilishi ham ularga ma’lum. Agar omonatchilar qaysidir paytda o‘z omonatlarini to‘liq miqdorda qaytarib olishlariga ishonishmasa, ular sarosimaga tushib, bankka qarab yugurishadi va birinchi bo‘lib navbatga turishga va imkon qadar tezroq o‘z pullarini qaytarib olishga urinishadi.
Bu kabi holat bankni o‘z riskli aktivlarining bir qismini pulga sotishga majbur qiladi. Agar omonatlarni ta’minlovchi aktivlar nolikvid bo‘lsa, ularni tezroq sotish zaruriyatitalqin qilayapmiz? Hamma vaqt ham unga tayyor turibmizmi va uni sog‘lom
holat sifatida qabul qilayapmizmi? Ilmiy tadqiqotlarimizni amalg oshira borib Markaziy banklar faoliyatini takomillashtirishga bag‘ishlangan tavsiyalarimizga muammoning bu jihatlariga e’tibor berayapmizmi? “Taklif-tavsiya”larimiz, ayrim hollarda, teskari yo‘nalishga ega emasmi? Va h.k.
bankka bu aktivlarni o‘z narxidan past narxlarda sotishga to‘g‘ri kelishini bildiradi. Agar qaysidir bankda omonatchilar bilan hisob-kitob qilish uchun mablag‘ yetishmasa, “yuqtirish riski” paydo bo‘ladi va yuqorida keltirilgan holat boshqa muassasalarda ham takrorlanishi mumkin. Biroq “yuqtirish” muammosi “naqdga yopishish” deb ataladigan holatda, ya’ni odamlar hech bir bankda omonatlarini
qoldirmasdan, ularni naqd pul ko‘rinishida ushlab turishga harakat qilishgan taqdirda umumiy moliyaviy tizimga xavf solishi mumkin.
Bugungi kunda ko‘plab xalqaro moliyaviy tashkilotlar mavjud. Ularning vakolati turli davlat hukumatlari moliyaviy siyosatini muvofiqlashtirishdan iborat. Bunday xalqaro moliyaviy tashkilotlar ichida eng muhimi Bazelda (Shveytsariya) joylashgan Xalqaro hisob­kitoblar banki (BIS – Bank for International Settlemens) hisoblanadi. Uning vazifasi barcha mamlakatlardagi bank qoidalarining maksimal o‘xshashligini ta’minlashdan iborat. Undan tashqari xalqaro moliya bozorida yana ikki xalqaro moliyaviy tashkilot faoliyat yuritadi.
Ularning maqsadi – savdo va moliya faoliyatini rag‘batlantirishdan iborat. Bular: Xalqaro valyuta fondi (XVF) (IMF – International Monetary Rupd) va Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki yoki Dunyo banki (International Bank for Reconstruction and Development, World bank). XVF unga a’zo
bo‘lgan davlatlar iqtisodiy va moliyaviy sharoitlarining o‘zgarishini kuzatadi, texnik yordam ko‘rsatadi, xalqaro savdo va moliya operatsiyalari qoidalarini ishlab chiqadi, xalqaro iqtisodiyotning turli masalalari bo‘yicha maslahat beradi, ayrim
a’zo davlatlar to‘lov balansini to‘g‘rilab olishlari uchun resurslar taqdim qiladi va h.k. Dunyo banki rivojlanayotgan davlatlarda turli investitsi on loyihalarni moliyalashtiradi. U rivojlangan davlatlarda obligatsiyalar sotuvi orqali kapitalni jalb etadi va shundan so‘ng uni muayyan mezonlarga javob beruvchi va biror-bir
davlatning iqtisodiyotini rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirish uchun qarzga beradi. Moliyaviy tizim moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi bozorlar, vositachilar, firmalar va boshqa institutlarni o‘z ichiga oladi. Ular yordamida uy xo‘jaliklari, xususiy kompaniya va hukumat tashkilotlari o‘zlari qabul qilgan moliyaviy qarorlarini amalga oshiradilar. Moliyaviy tizim tarkibiga aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar sotiluvchi bozorlar, shuningdek, banklar va sug‘urta kompaniyalari kabi moliyaviy vositachilar kiradi.
Pul mablag‘lari moliyaviy tizim tuzilmasining turli elementlari orqali ortiqcha moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan kompaniyalardan mablag‘ yetishmaydigan kompaniyalarga oqib o‘tadi. Ko‘pgina hollarda moliyaviy oqim moliyaviy vositachilar orqali o‘tadi.
Moliyaviy tizim olti asosiy funksiyani bajaradi:
- iqtisodiy resurslarni vaqt oralig‘ida, davlat chegaralari orqali va iqtisodiyotning bir sohasidan boshqasiga ko‘chirish;
- riskni boshqarish;
- savdoga imkon beruvchi kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish;
- turli korxonalardagi egaliklarni bo‘lish va moliyaviy re­surslarni qo‘shish;
- iqtisodiyotning turli sohalarida markazlashtirilmagan
qaror qabul qilish jarayonini muvofiqlashtirishga imkon beruvchi narx (baho) ma’lumotibilan ta’minlash;
- stimullashtirish muammolarini hal etishusullarini ta’minlash.
Bu muammolar bitim ishtirokchilaridan biri ega bo‘lgan ma’lumotga boshqasi ega bo‘lmaganda yoki qatnashchilardan biri ikkinchisining nomidan agent sifatida harakat qilgan hollarda yuzaga keladi.
Yuqorida sanalgan moliyaviy funksiyalarni bajarish usullarining takomillashuviga olib keladigan raqobat moliya sohasida har qanday innovatsiyaning yuzaga kelishi
uchun asosiy turtki beruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Fond bozorlarida quyidagi moliyaviy aktivlarning asosiy turlari bilan savdo qilinadi: qarz majburiyatlari, aksiyalar va hosilaviy qimmatli qog‘ozlar.
• Qarz vositalari pulni qarzga oluvchi barcha firmalar, hukumat va uy xo‘jaliklari tomonidan chiqariladi. Aksiyalar – bu firma egalarining uning aktivlarining bir qismiga egaligi to‘g‘risidagi talabidir.
• Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar – bu qiymati boshqa aktivlar narxlari bilan bog‘liq ravishda o‘rnatiladigan opsionlar va fyuchers shartnomalari kabi moliyaviy instrumentlardir.
Foiz stavkasi, deb qarzga olingan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilingan daromadlilik stavkasiga aytiladi. Qarzlarning turi qancha bo‘lsa, foiz stavkalarining turlari ham shuncha bo‘ladi. Foiz stavkasining miqdori hisob-kitob pul birligi, to‘lov qatori (navbati) va kredit instrumenti (defolt riski) bo‘yicha bitim shartlarining bajarilmasligi ehtimoliga bog‘liq. Nominal foiz stavkasi aniq pul birliklarida ifodalanadi; daromadlilikning real stavkasini aniqlash uchun vosita sifatida ma’lum bir standartlashtirilgan iste’mol savatidan foydalaniladi.
Muayyan (qayd qilingan) nominal foiz stavkalari bo‘yicha taklif etiladigan obligatsiyalar daromadlilik real stavkasining noaniq ko‘rsatkichiga ega. Inflyatsiyani hisobga olgan holda indekslangan hamda muayyan real stavkalarini taklif etuvchi obligatsiyalar daromadlilik nominal stavkasining noaniq ko‘rsatkichi bilan tavsiflanadi. Bozor iqtisodiyotida daromadlilik stavkasi darajasiga
to‘rt asosiy omil ta’sir etadi:
• ishlab chiqarish vositalari samaradorligi– shaxta,
to‘g‘on, yo‘l, ko‘prik, zavod, mashina va tovar-material zahiralariga sarflangan mablag‘dan kutilayotgan daromadlilik stavkalari;
• ishlab chiqarish vositalari samaradorligiga nisbatan
noaniqlik darajasi;
• insonlarning vaqtinchalik afzal ko‘rishlari – insonlarning kelajakda emas, aynan bugun tovarlar va xizmatlarni iste’mol qilishni qanchalik afzal ko‘rishlari;
• riskni yoqtirmaslik – investitsiya riskini qisqartirish
maqsadida daromadlilikni oshirishdan voz kechishga rozi insonlar soni.
Indekslash, deb investitsiya stretegiyasini atashadi, u ning maqsadi investitsiya kapitalining daromadliligi o‘zgarishini mo‘ljal sifatida tanlangan birja indeksiga bog‘lab qo‘yishdir. Asosiy funksiyasi mijozlarni ular moliya bozorida bevosita opera-tsiyalaridan olishlari mumkin bo‘lgan moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarga nisbatan yuqori samarali moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat firmalarga moliyaviy vositachilar, deyiladi. Moliyaviy vositachilarning asosiy turlari ichida banklar, investitsiya va sug‘urta kompaniyalarini keltirish mumkin. Ularning moliyaviy mahsulotlari: chek hisobvaraqlari, kreditlar, ipotekalar, o‘zaro jamg‘armalarning qimmatli qog‘ozlari va sug‘urta
shartnomalarining keng diapazoni kabilarni o‘z ichiga oladi.


Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling