Moliyaviy xo‘jaligini qayta qurishning zarurligi. Xo‘jalik yurituvchi subektning moliyaviy isloh qilinish samaradorligini baholash
Download 163.98 Kb.
|
moliya referat9
- Bu sahifa navigatsiya:
- O = A - A x (R : R ), Bu yerda: O
K = K : K ,
Bu yerda: K – kapitalning faollik koyeffitsiyenti; K – aylanma aktivlar (ishlayotgan kapital); K – barcha aktivlar (XYUSning barcha kapitali). Shuning uchun ham, XYUS rezervlarining butun bir qismi aylanma mablag‘lardan foydalanish, ular aylanishining tezligi bilan bog‘liq. Ana shu maqsadda ishlab chiqarish zaxiralarining ortiqcha qismini qidirib topish va realizatsiya qilish asosida aylanma mablag‘larning tarkibiy tuzilishini optimallashtirish, debitorlik qarzlari va tayyor mahsulot zaxiralariga qо‘yilmalar-ni qisqartirish talab yetiladi. Aylanma mablag‘lardan foydala-nish samaradorligini oshirishning rezervlarini qidirib topish uchun ularning absolyut va nisbiy ozod bо‘lishini (bо‘sh bо‘lishini, bо‘shashini) aniqlash muhim ahamiyatga yega. Tahlil qilinayotgan davrning boshi va oxiridagi aylanma mablag‘lar haqiqiy о‘lchamlari о‘rtasidagi farq ularning absolyut ozod bо‘lishini (absolyut iqtisod qilinganligini) kо‘rsatadi. Aylanma mablag‘larning nisbiy ozod bо‘lishi yesa ularning hisobli о‘lcham taqqoslaganda qancha iqtisod qilinganligi tavsiflaydi, о‘tgan davrda ulardan foydalanish samaradorligini hisobga olgan holda haqiqatdagi aylanishga xizmat qilish uchun XYUSga qancha aylanma mablag‘lar kerak bо‘lishi mumkinligidan darak beradi. Nisbiy ozod bо‘lish XYUS aylanma mablag‘laridan foydalanish-ning samaradorlik darajasini xarakterlaydi – ularning shartli ozod bо‘lishini kо‘rsatadi va uni quyidagicha aniqlash mumkin: O = A - A x (R : R ), Bu yerda: O – aylanma mablag‘larning nisbiy ozod bо‘lishi; A – tahlil qilinadigan davrdagi aylanma mablag‘- larning haqiqiy miqdori (yillik о‘rtachasi); A – bazis (о‘tgan) davrdagi aylanma mablag‘larning miqdori (yillik о‘rtachasi); R – hisobot (joriy) davrda realizatsiya qilingan mahsulotlar hajmi; R – о‘tgan (bazis) davrda realizatsiya qilingan mahsulotlar hajmi. Aylanma mablag‘larning aylanuvchanligini tezlashtirish XYUS moliyaviy ahvolini mustahkamlashning muhim rezervi hi-soblanadi. Buning natijasida ozod bо‘lgan mablag‘lar investitsiya-larga, innovatsion faoliyatga, aktivlarning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga va h.k.larga yо‘naltirilishi mumkin. Moliyaviy rezervlarni jalb qilishda moliyaviy leverijdan foydalanish katta ahamiyatga yega. Kompaniyaning aylanmasiga turli shakllarda qarz mablag‘larini jalb qilish yevaziga rentabellik-ning о‘sishiga moliyaviy leverij deyiladi. Moliyaviy leverij XYUS qarz kapitalining XYUS о‘z kapitaliga nisbatini kо‘rsatuv-chi moliyaviy faollik koyeffitsiyenti orqali ifodalanadi. Uni formula orqali quyidagi tarzda kо‘rsatish mumkin: Download 163.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling