Molıya boshqaruv organları va ularnıng vazıfaları


Download 70.18 Kb.
bet4/6
Sana20.11.2023
Hajmi70.18 Kb.
#1788966
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Davlat ijroiya organlari va moliyaviy soha boshqaruvi

Ks =Hmo : Rmo


Bu yerda: Ks – moliyaviy oqim samaradorligining


koeffitsienti;
Hmo – davriy koeffitsientga o’zgartirilgan (korrektirovka qilingan) haqiqatdagi moliyaviy oqim;
Rmo - rejadagi moliyaviy oqim.
Moliyaviy oqimlar moddiy resurslarning uchrashma harakatini o’zida aks ettiradi. Ular orqali iqtisodiyotning makro- va mikrodarajalarida (korxonalar, firmalar, korporatsiyalar va boshqalarda) mulkdan foydalanishning holati, dinamikasi va samaradorligi nazorat qilinadi.
Tushumlar va boshqa pul mablag’larining kelib tushishini (oqib kelishini) aks ettiradigan moliyaviy oqimlar ijobiy oqimlar deyiladi. Aksincha, pul mablag’larining oqib ketishini xarakterlaydigan moliyaviy oqimlar salbiy oqimlar deyiladi. Korxonaning moliyaviy ahvolini mustahkamlash uchun ijobiy moliyaviy oqimlar salbiy moliyaviy oqimlardan ancha yuqori bo’lishi kerak. Bunday sharoitda korxonaning ixtiyorida qoluvchi pul mablag’-larining miqdorini aks ettiruvchi sof moliyaviy oqimning bo’lishi ta’minlanadi. Sof moliyaviy oqim korxona moliyaviy salohiyatining o’sish, ular daromadlarining kapitalizatsiyalashuvi darajasini aniqlash, investitsion va innovatsion imkoniyatlarining manbai bo’lib hisoblanadi.
Korxona va korporatsiyalar sof moliyaviy oqimining o’sishi ular rentabelligi va investitsion samaradorligini oshirish imkoniyatlarini xarakterlaydi hamda moliyaviy ahvolini mustahkamlashning muhim shart-sharoiti hisoblanadi.
Makrodarajada moliyaviy ahvolni xarakterlaydigan quyidagi bir necha ko’rsatkichlar mavjud:

    • bir ishlovchi to’g’ri keladigan ishlab chiqarilgan YaIMning miqdori;

    • inflyatsiya darajasi va dinamikasi;

    • davlat byudjetining ahvoli (defitsit, profitsit);

    • oltin-valyuta zaxiralarining miqdori va dinamikasi.

Davlatning moliyaviy ahvoli mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy kompleksi faoliyatining natijasidir.
Jahon taraqqiyoti tendentsiyalarining ko’rsatishicha, hozirgi sharoitda davlat moliyaviy ahvolini mustahkamlashning asosiy joriy va istiqboldagi rezervi ijtimoiy intellektning (sotsial kapitalning) to’planishi (jamg’ari-lishi) va uni iqtisodiy o’sishning innovatsion- investitsion strategiyasida foydalanish jarayonida samarali moddiy- lashtirish hisoblanadi. Sotsial xarakterdagi muammolarni (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va boshqalarni) hal etish, hayotning sifat darajasini oshirish bilan birga-likda, iqtisodiy taraqqiyotning kuchli omili va buning oqibatida esa, mamlakat joriy va istiqboldagi salohiyatini mustahkamlashning muhim shartidir.
Davlat qarzlarini o’z vaqtida qaytarish (uzish) davlat-ning moliyaviy ahvolini ko’rsatuvchi muhim ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Murakkab moliyaviy vaziyatda davlat defolt, ya’ni bir tomonlama tartibda qabul qilingan xalqaro moliya-kredit majburiyatlardan bosh tortish e’lon qilishi mumkin. Bir vaqtning o’zida davlat qarzlarini restrukturizatsiya qilish va uning qaytarilish muddatlari bo’yicha kreditorlar bilan muvofiqlashtirilgan holda choralarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish kerak.



Download 70.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling