Molıya boshqaruv organları va ularnıng vazıfaları
Moliya boshqaruv organlarining vazifalari va ahamiyati
Download 70.18 Kb.
|
Davlat ijroiya organlari va moliyaviy soha boshqaruvi
4.Moliya boshqaruv organlarining vazifalari va ahamiyatiBoshqaruv - bu ma’lum bir natijaga erishish uchun obyektga ta’sir etishning maqsadli uslublari va yo‘llari yig‘indisidir. Boshqaruv jarayoni inson faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan moliyaviy sohasiga ham taalluqlidir. Boshqarish, insonlarning ongli ravishdagi maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati sifatida, jamiyat rivojlanishining obyektiv qonuniyatlarini bilishga asoslanadi. Shu bilan birgalikda, boshqarishga davlat tegishli boshqarish tuzulmalari orqali katta ta’sir o‘tkazadi. Boshqaruv faoliyatining muhim sohasi moliyani boshqarish hisoblanadi. Uni ma’lum bir uslub va tamoyillarga hamda turli rag‘batlantirish va jazo (sanksiya)larga tayanib maxsus apparat amalga oshiradi. Boshqarish san’ati oldinga qo‘yilgan masalalarni tezroq hal qilish maqsadida mavjud usullar orasidan eng samaraligini tanlash yoki qo‘llanilayotgan usullardan oqilona foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Har qanday boshqaruv tizimiga xos bo‘lgani kabi, moliyani boshqarishda ham obyektlar va subyektlar mavjud bo‘ladi. Moliyani boshqarishning obyekti bo‘lib turli moliyaviy munosabatlar hisoblanadi; subyektlari esa, boshqarishni amalga oshiruvchi tashkiliy tuzulmalar hisoblanadi. Moliyaviy munosabatlarning turkumlanishidan kelib chiqib, ularning sohalari bo‘yicha quyidagi 3 guruh obyektlarga bo‘linadi: korxonalar moliyasi; sug‘urta; davlat moliyasi. Ushbu obyektlarga quyidagi moliyani boshqaruv subyektlari mos keladi: korxonalarning moliya xizmatlari (bo‘limlari); sug‘urta organlari; moliya organlari va soliq inspeksiyalari. Moliyani boshqarishni amalga oshiruvchi barcha tashkiliy tuzulmalar yig‘indisi moliyaviy apparat deyiladi. Davlat moliyasini boshqarishning maqsadi moliya siyosati shartlarini amalga oshirish hisoblanadi. Aynan samarali moliya siyosati bevosita moliyaning o‘ziga (boshqaruv obyektiga) yuklatilgan ishning aniq bir usullari bilan, moliya tizimi organlarini (boshqaruv subyektlarini) tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqarishning potensial imkoniyatlarini yaxlit birlashtirish imkonini beradi. Barcha davlatlarda moliya siyosati institutsional moliya tizimi orqali amalga oshiriladi. Ularning faoliyati moliyaning bo‘g‘inlarini xususiyatlarini, barcha moliya muassasalari funksiyalarini uslubiy umumiyligini hisobga olgan holda; boshqarishning barcha quyi organlarini markazlashgan boshqaruvda faol ishtirok etishini hisobga olgan holda moliyani boshqarishga quriladi. Moliya siyosatini yuritish va mos ravishda moliyani boshqarishning asosiy uslubiy tamoyillari quyidagilar hisoblanadi: • yakuniy maqsadlarga bog‘liqlik • barcha xo‘jalik tarmoqlarining makroiqtisodiy balanslashuvi; • jamiyatning barcha a’zolari manfaatlariga mos kelishlik; • iqtisodiy qonunlardan foydalanish; • real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy hamda siyosiy sharoitlarni hisobga olish. Moliyani boshqarishning maqsadi – makroiqtisodiy balanslashuvda, budjet profitsitida, davlat qarzining kamayishida, milliy valyutaning mustahkamligida, natijada esa aholining farovonligini o‘sishida namoyon bo‘luvchi barqarorlik va moliyaviy mustaqillikni ta’minlash. Moliyaning mohiyati uning funksiyalarida namayon bo’ladi va u asosan qo’yidagilarga bo’linadi. 1. Taqsimlash funksiyasi. Bu funksiya ko’yidagilarda o’z aksini topadi. - Yaratilgan yalpi ichki maxsulot dastlab korxonada,uni yaratishda ishtirok etgan xodimlarga, davlat budjetiga (soliq shaklida). -Davlat moliyasi orqali har xil fondlarni shakllantirishga. - Korxona va boshqalar o’z daromadlarining ma’lum qismini nodavlat va jamoa tashkilotlariga, ular tomonidan turli xayriya fondlarini tashkil etishga. - Xayriya fondlaridan kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy ximoya etishga. - Xonadonlar moliyasida –yaratilgan daromadni iste’mol va jamg’arma extiyojlariga taqsimlanishi. 2. Nazorat funksiyasi – Bu funksiya taqsimlash funksiyasi bilan o’zviy bog’lik bo’lib, u moliya munosabatlarining turli tarkibi orasida pul fondlarining shakllanishi va ishlatilishini nazorat qiladi. Ushbu funksiyaning bosh maqsadi ijtimoiy ishlab chiqarishni samaradorligini oshirish ,Xalq xujaligining barcha bug’inlari ishini yakunlash maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini to’g’ri tashkil etilishi va ulardan maqsadga muvofiq foydalanishni taminlashdan iborat. Moliyaviy nazorat umudavlat, ichki xo’jalik ,jamoa va mustaqil nazoratlarga bo’linadi. Umumdavlat nazorati Oliy Majlis, Moliya Vazirligi, Soliq ,kredit muassalari davlat qumitalari, vazirliklar, maxalliy boshqaruv organlari tomonidan amalga oshirilib unda pul mablag’larini shakllanishi va sarflanishi nazorati olib boriladi. Ichki xo’jalik nazorati korxona,tashkilot va muassasalarning moliyaviy xizmatlari (hisob,hisobot va rejalashtirish) bo’limlari tomonidan pul mablag’larining shakllanishi va harajatlar ustidan nazoratni ta’minlaydi. Jamoa nazoratini aloxida jismoniy shaxslar, o’z-o’zini boshqarish organlari va boshqalar ixtiyoriy ravishda olib boradi. Mustaqil nazoratni mustaqil auditorlik firmalari amalga oshiradi.Bunda barcha xo’jalik subyeklari faoliyati natijalarining qonuniyligi, amaldagi buxgalteriya hisobini yuritish bo’yicha va boshqalarga tegishli me’yoriy hujjatlarga mosligi, ularga amal qilinganligi nazoratdan o’tkaziladi. Amalga oshirish muddatidan kelib chiqib moliyaviy nazorat birlamchi, joriy va yakuniy nazoratlarga ham bo’linadi. Birlamchi moliyaviy nazorat korxonalar moliyaviy rejalarini budjet tashkilotlarini smetalarini, budjetlar loyihalarini va boshqalarni tuzish , ko’rib chiqish va tavsiflash bosqichlarida amalga oshiriladi. Joriy moliyaviy nazorat rejalarni bajarilishi ,xo’jalik moliyaviy operatsiyalarini borishi jarayonida amalga oshirib, unda daromad va harajatlarni amalga oshirilishini to’g’riligi, o’z muddatidaligi tezkor va moslashuvchanlik asosida olib boriladi. Yakuniy moliyaviy nazorat amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalarning to’g’riligi ,qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini tekshirish, tahlil va audit qilish orqali amalga oshiriladi. Shuning bilan birga ayrim mualliflar (A. O’lmasov,A Vaxobov, «Iqtisodiyot nazariyasi» Toshkent, 2006, 379-380 betlar ) moliyaning funksiyalariga rag’batlantirish, iqtisodiy axborot berish va ijtimoiy ximoya funksiyalarini ham kiritishadi. Bizning fondimizcha rag’batlantirish va ijtimoiy ximoya funksiyalari moliyaning taqsimlash funksiyasi natijasiligini, iqtisodiy axborot berish esa korxona ,tashkilot va muassasalarni funksional vazifalari ekanligini hisobga olib ularni moliyaning aloxida funksiyalariga ajratilishi maqsadga muvofiq emas. Moliya tizimi Moliya tizimi - bu davlatning hamda korxonalarni pul mablag’larini shakllantirish, taqsimlash va ishlatish usullari majmuasidir. Umuman moliya tizimini qo’yidagicha ifodalash mumkin(sxema): Moliya tizimining asosini xo’jalik yurituvchi subyeklar moliyasi tashkil etadi, chunki ular moddiy ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadi va ular ishtirokida yalpi ichki maxsulot va milliy daromad yaratiladi. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy - huquqiy shaklidan kelib chiqib ular moliyasining shakllanishi va undan foydalanish o’ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan, ijtimoiy tashkilotlar, kasaba uyushmalari, yoshlar va faxriylar tashkilotlari ,ijodiy uyushmalar, sport jamiyatlari va shu kabilardan iborat bo’lib, ularning moliyaviy resurslari asosan tashkilot azolik badallari,tijorat faoliyatidan olingan daromadlar, xomiylar va xayriya mablag’lari hisobiga tashkil topadi va shu tashkilotlar nizomiga asosan foydalaniladi. Ayrim korxona va tashkilotlar moliyasining xususiyatlari mavzuning 5 savolida yoritilgan. Davlat budjeti moliya tizimining bosh bug’ini hisoblanadi. U yordamida davlat boshqaruv organlari funksiyalarini taminlash uchun markazlashgan pul fondlari shakllantiriladi va ishlatiladi. Davlat budjeti mamlakatning asosiy moliya rejasi hisoblanadi va Oliy Majlis tomonidan qonun holida tasdiqlanadi. Davlat budjeti orqali davlat Xalq xujaligi tarakiyotini, ijtimoiy - madaniy tadbirlarni, mudofani,davlat xokimiyati va boshqaruv organlarini saqlash moliyalashtiriladi. Budjetdan tashqari jamg’armalar, soliqlar kabi ma’lum maqsadga yunaltirilgan ajratma va ushlovlardan tashkil topadi. Budjetdan tashqari jamg’armalar so’mmasining asosiy qismi maxsulot (ish xizmat) lar tannarxiga kiritiladi va u asosan ish haqi fondiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Budjetdan tashqari maqsadli jamg’armalardan biri Pensiya jamg’armasi hisoblanadi.Ushbu jamg’armaning shakllanishi va undan foydalanish tartibi fanning 6- «Ijtimoiy ta’minot moliyasi» mavzusida berilgan. Budjetdan tashqari jamg’armalarning yana biri bo’lib, ish bilan ta’minlashga kumaklashish jamg’armasi. Ushbu jamg’arma «Axolini ish bilan taminlash to’g’risida » gi (1992 y 13 yanvar) qonuniga muvofiq Vazirlar Maxkamasining 1992 y 13 dekabrdagi 606-sonli «Ish bilan ta’minlashga kumaklashish Respublika jamg’armasining tashkil etish to’g’risida» gi qarori asosida tashkil etilgan.Jamg’arma mablag’lari qo’yidagi mablag’lar hisobiga shakllanadi: - Mulkchilik shaklidan kat’iy nazar barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalar xodimlariga hisoblangan ish xaqiga nisbatan majburiy ajratmalar . Ushbu ajratma 2007 yilga 0,3 foiz miqdorida belgilangan. - Rezedent va norezedent yuridik shaxslar, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning ixtiyoriy badallari. - Majburiy ajratmalar belgilangan muddatda tulanmaganligi uchun jarimalar. - Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish jamg’armasining tijorat faoliyatidan daromad va boshqalar Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish davlat jamg’armasining mablag’lari qo’yidagi maqsadlarga foydalaniladi. -Axolini ish bilan ta’minlashning umumdavlat va mintaqaviy dasturini ishlab chiqishga - Ishdan bo’shab qolgan xodimlarni va ish bilan band bo’lmagan axolini kasbga yo’naltirish, qayta o’qitish va qayta tayyorlashga doir ishlarga. - Ishsizlik bo’yicha nafaqalar tulash. -Nogironlar va axolining ijtimoiy jixatdan kam ta’minlangan tabaqalari mexnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ishchi o’rinlarini tashkil etish. - Ish bilan ta’minlash organlarini saqlash, moddiy - texnikaviy ta’minotni amalga oshirish. - Axborot ma’lumotlarini tuplash, reklama-nashr ishlarini amalga oshirish, bo’sh o’rinlar yarmarkalarini o’tkazish va boshqalar. Maqsadli jamg’armalar tarkibida yetakchi o’rinlardan birini O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi xo’zuridagi Respublika yo’l jamg’armasi egallaydi.Ushbu jamg’arma O’zbekiston Respublikasi «Avtomobil yo’llari to’g’risida» gi qonunga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1995 yil 5-yildagi 334-sonli «O’zavtoyo’l davlat xissadorlik konserni» tarkibida tashkil qilingan. Ushbu jamg’armani tashkil qilishdan maqsad mamlakatimizda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini loyixalash,qo’rish,to’zatish va saqlashni mablag’ bilan ta’minlash, shuningdek Respublika yo’l tarmoqlaridan samarali foydalashni ta’minlashdir. Download 70.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling