Bug’doydoshlarga hayotiy shakli qanday bo’lgan o’simliklar kiradi?Bir yillik,ikki yillik,ko’p yillik o’tlar,qisman daraxtsimon o’simliklar.
O’zbekistonda qo’ng’irbosh turkumiga oid nechta tur o’sadi?26ta.
Bug’doydoshlarga kiruvchi begona o’tlar?Chayir ajriq va g’umay.
Bug`doydoshlarning gulidagi changchilari va urug`chisi nima b-n o`raglan?2ta gul qipig`i b-n.
Cho’llarda hayotiy shakli qanday bo’lgan o’simliklar uchraydi?Bir yillik,ko’p yillik,o’t-o’simliklar,buta va daraxtlar.
Qumliklarda qaysi o’simliklar uchraydi?Saksovul,turli sho’ralar(sag’an,qumtariq), juzg’un,silen,iloq.
To’qaylarning vazifasi?O’ziga xos o’simliklar qoplamiga ega,daryo sohilini yemirilishdan saqlaydi,chorva mollari uchun ozuqa manbai, cho’llarning quruq havosini ma’lum darajada yumshatadi va uni kislorod bilan boyitadi,mo’ynali va foydali hayvonlarni saqlash va ko’paytirish.
To’qaydagi daraxt va butalarga misol?Turang’il,yulg’un,tol,jiyda
Juzg’un qaysi xususiyati bilan ajralib turadi?Ildiz tizimi yaxshi taraqqiy etganligi bilan.
Qum yuzasiga asosan kalta poyasi, 7-10 ta ingichka barglari chiqib turadigan ko’p yillik ildizpoyali o’t?Iloq.
Qumliklarda o’sadigan o’simliklarni turlari ko’p yoki kamligi nimaga bog’liq?Kuz va bahorning quruq yoki seryog’in kelishiga.
Tuprog’i gipsga boy joylarda o’sadigan o’simliklar?Qora boyalish,buyurg’un,shuvoq.
Juzg’unning yon ildizlari qanchagacha o’sadi?30 m
Cho’llardagi turli darajadagi sho’rlangan yerlarda tanasi shiraga boy bo’lgan o’simliklar?Seret baliqko’z,qizil sho’ra,sarsazan,qorabaroq.
O’zbekistonda eng katta to’qaylar qayerda joylashgan?Sirdaryo bilan Amudaryo bo’ylarida.
To’qaydagi namsevar o’tlar?Qamish,ro’vak,shirinmiya,qo’g’a,yantoq.
Ko’chma qumliklarni mustahkamlaydigan o’simliklar? Saksovul,turli sho’ralar(sag’an,qumtariq), juzg’un,silen,iloq.
Qumlikda o’sishga moslashgan o’simliklardan biri bu?Juzg’un.
Cho’lda o’sadigan o’simliklar? Saksovul,turli sho’ralar(sag’an,qumtariq), juzg’un,silen,iloq.
Yer yuzida ob-havoni oldindan aytib beradigan o’simliklarni qanchaga yaqin turi mavjud? 400 ga yaqin.
Iloqning bo’yi necha sm?15-20 sm
Adirlarda hayotiy shakli qanday bo’lgan o’simliklar uchraydi?Bir yillik,ko’p yillik o’tlar va butalar.
O’zbekistondagi tog’larda qaysi o’simliklardan tashkil topgan o’rmonlar yaqqol ko’zga tashlanadi?Yong’oq va archa.
Abiotik omillarga nima kiradi?O’lik tabiatning tarkibiy qismlari.
Yaylovlardagi ko’p yillik o’tlarga misol?Toron,shuvoq,sutlama,suguro’t,betaga,sanchiqio’t,yunona.
Biotik omillarga misol?Bakteriyalar,zamburug’lar,hayvonlar va o’simliklar kiradi.
Tog’dagi o’rmonlar cho’ldagi o’rmonlardan nimasi bilan farq qiladi?O’sish sharoiti, ayniqsa o’simliklar turning ko’pligi bilan.
Adir o’simliklariga xos bo’lgan xususiyat?Tuproqda chim hosil qiladi va uni turli nurashdan(suv,yomg’ir,shamol eroziyasidan)
Yaylovlarda yer bag’irlab o’sadigan butalar?Archa,irg’ay,na’matak,uchqat.
Ekologik omillar qanday guruhlarga ajratiladi?Abiotik va biotik.
O’zbekistondagi tog’lar qaysi tizmalarda joylashgan?Tyan-Shan va Pomir-Oloy tog’ tizmalarida.
Tog’lar qaysi viloyatlarda keng o’rin olgan?Farg’ona vodiysi atroflarida,Toshkent,Smarqand,Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida.
Adir o’simliklariga misol?Bo’yimodaron,ermon,andiz,isfarak,itqo’noq,shirach,qo’ziquloq,oqquray,marmarak,partak,beh,kakra.
Do'stlaringiz bilan baham: |