Baqalarning siydik yo’llari qayerga ochiladi?Kloaka bo’shlig’iga.
Baqalar qanday hayvonlar?Sovuqqonli.
Baqalrning tana harorati nimaga bog’liq?Tashqi muhit haroratiga.
Baqalar qachon uyquga ketadi?Qishda pana joylarga kirib karaxt bo’lib yotadi.
Baqalarning baliqlarga nisbatan qaysi organi kuchli rivojlangan va nimalardan iborat?Bosh miyasi, 2ta bo’rtmachadan iborat yarim harlardan.
Baqalarning bosh miyasining qaysi qismi kuchli rivojlangan?Oldingi miya.
Baqalarning bosh miyasining qaysi qismi kuchli rivojlangan?Miyacha.
Baqalarning qaysi organlari tuzilishi quruqlik muhitiga moslashgan?Sezgi organlari.
Baqaning sezgi organlariga qaysilar kiradi?Ko’zi,burni,quloqlari.
Baqalarning eshitish organlari qaysi bo’limlardan iborat?Ichki va o’rta bo’limlardan.
O’rta quloq qanday vazifani bajaradi?Tovushni kuchaytirib beradi.
O’rta quloq qayerdan boshlanadi?Ko’zning orqasida joylashgan nog’ora pardadan.
Tovush ichki quloqqa qanday uzatiladi?O’rta quloq nayi ichida joylashgan eshitish suyakchalari orqali.
Eshitish organing qaysi bo’limlari kuchli rivojlangan?O’rta va ichki quloq.
Urchish davrida erkak baqalarda qanday jarayonlar kuzatiladi?Baland ovoz b-n sayraydi.
Baqalarning tuxumlari qanday urug’lanadi?Erkaklari urug’ suyuqligini sepib ketadi.
Baqalarda qanday urug’lanish sodir bo’ladi?Tashqi.
1ta baqa qancha tuxum qo’yadi?5000-10000.
Urug’langan tuxumlarida qanday jarayon kuzatiladi?Qobig’i bo’rtib,tiniq yopishqoq shilimshiq parda hosil qiladi.
Nima uchun baqaning urug’langan tuxumi quyosh nurini yaxshi o’tkazadi?Tuxum sirti qoramtir bo’ladi.
Qaysi vaqt baqa tuxumlarining rivojlanishiga qulay payt hisoblanadi?Suv haroratining yuqori bo’lishi.
Baqaning urug’langan tuxumlaridan necha kunda qulay sharoitda lichinka(itbaliq) rivojlanib chiqadi?1 – 2 haftada.
Itbaliq dastlab nima orqali nafas oladi?Ikki tutam jabralari orqali.
Itbaliq rivojlangan sari unda qanday o’zgarishlar sodir bo’ladi?Tashqi jabralar halqum devorida joylashgan ichki jabralari bilan almashinadi.
Itbaliqning yuragi necha kamerali?2 kamerali.
Itbaliqning qon aylanish doirasi nechta?1 ta.
Itbaliq tanasining ikki yonida qanday sezgi organlari joylashgan?Yon chiziqlari.
Tuxumdan chiqqan itbaliq dastlab nima hisobiga yashaydi?Tuxumdan qolgan oziq moddalar hisobiga.
Itbaliq keyinroq nimalar bilan oziqlanadi?mayda suvo’tlari,bir hujayrali hayvonlar,suvo’tlari sirtiga yopishgan turli mikroorganizmlar bilan.
Itbaliqning dastlab qaysi organi rivojlanadi?Orqa oyoqlari va keyinroq oldingi oyoqlari.
Itbaliq rivojlangan sari qaysi organlari rivojlanib boradi?Jabrasi o’pka bilan almashinadi,qon aylanish sistemasi qayta quriladi,atmosfera orqali nafas ola boshlaydi,dumi asta-sekin yo’qolib baqaga aylanadi.
Itbaliq qachon voyaga yetadi va urchiy boshlaydi?3 yildan keyin.
Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning qancha turi bor?4000 turi.
Suva hamda quruqlikda yashovchilar qaysi turkumlarga ajratiladi?Dumsiz va dumlilar.
Dumsizlar turkumiga qaysi hayvonlar kiradi?Baqalar va qurbaqalar.
Dumlilar turkumiga qaysi hayvonlar kiradi?Tritonlar va salamandralar.
Dumlilar qayerlarda uchramaydi?O’rta Osiyoda.
Do'stlaringiz bilan baham: |