Mo'minov Abbosbek: ✨✨✨Test Vaqti✨✨✨


Download 18.72 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi18.72 Kb.
#238602
Bog'liq
test


Mo'minov Abbosbek:

✨✨✨Test_Vaqti✨✨✨

1.Quyida berilganlardan asosi o‘z shakldoshi

bilan o‘zaro bir xil turkumga oid bo‘la oladigan

yasama so‘zlarni aniqlang.

1) yog‘siz; 2) bo‘shamoq; 3) toychoq; 4) bog‘li

A) 1, 3 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 4 D) 2, 4

2. Qaysi javobda Erkin Vohidov haqida ma’lumot

berilgan?

A)U “Yillar armoni”, “Sohibqiron” asarlari

muallifidir.

B)U “Osmonning oxiri”, “Qora quyosh”

dostonlari muallifidir.

C)Shoirning matbuotda birinchi marta

“Qushcha” she’ri bosilib chiqadi.

D)U nemis shoiri Gyotening “Faust” asarini

o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

3. Alisher Navoiyning qaysi asari

lug‘atshunoslikka oid?

A) "Xazoyin ul-maoniy" B) "Lison ut-tayr"

C) "Sab’at-u abhur" D) "Mahbub ul-qulub"

4.Ulg‘ayib, ustiga egar urilibdiki, har yakshanba

kuni butun Hisorni oshib, shu yer(bozorga)ga keladi. Tor taxta ko‘prikning yoniga omonatgina qurilgan choyxona etagida

to‘xtaydi. . . To‘riq uzoq vaqtgacha bunga

ko‘nikolmadi, bir-ikki marta, hatto tizginni uzib

qochdi, butun bozor ahlini sarson qildi. Bir-ikki

marta esa yarim yo‘lda tixirlik qilib oyog‘ini tirab turib oldi, bo‘lmadi. Qamchi yedi. Endi

ko‘nikib qoldi.

Ushbu parchada tasviri keltirilgan to‘riq ot

qaysi asarda uchraydi?

A) "Asrga tatigulik kun" romani (Ch.Aytmatov)

B) "Qiyomat qarz" hikoyasi (O‘.Umarbekov)

C) "Uloqda" hikoyasi (A.Qodiriy)

D) "Do‘nan" hikoyasi (T.To‘la)

5. Yasama so‘zning ega vazifasida kelishi

kuzatiladigan bog‘langan qo‘shma gapni

aniqlang.

A)Surayyoning peshonasiga qo‘limni qo‘yib

qo‘rqib ketdim: isitmasi nihoyatda baland.

B)Faqat uzoqlarda bir tepalik ko‘rinadi va

boyagi mashinaning changi ko‘zga tashlanadi.

C)Tuyakashlar arabcha gaplashishar, afsuski,

men bu tilni bilmas edim.

D)Zal dam guvullab qo‘yar, dam onda-sonda

qarsak chalib qo‘yardi.

6. Qaysi javobdagi ma’lumot Uvaysiy haqida?

A)U zullisonayn shoira bo‘lib, fors-tojik tilidagi

asarlarini Maknuna taxallusi bilan yozgan.

B)Otasi o‘rniga taxtga o‘tirgan Qo‘qon xoni

Muhammad Alixon shoiraga yaxshi

munosabatda bo‘lmaydi.

C)Bo‘lg‘usi shoira zamona xoni oilasiga yaqin

qarindosh bo‘lgan xonadonda − Andijon hokimi Rahmonqul otaliq xonadonida dunyoga kelgan.

D)Uning erta vafot etgan turmush o‘rtog‘i Amiriy taxallusi bilan she’rlar ijod qilgan

shoir sifatida mashhur edi.

7. Gap bo‘laklari joylashuvi quyidagi tartibga to‘liq mos keladigan egasi

yashiringan gapni aniqlang.

Aniqlovchi ,to'ldiruvchi ,hol, kesim

A)Berilgan topshiriqni vaqtida bajarish kerak.

B)Kecha bobomlarni ko‘rgani bordik.

C)Urush. . . Oynisa ayvon ustuniga suyanganicha qotib qoldi.

D)Shaftolizor bog‘larni shavq bilan aylandim.

8. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan?

A)mehmondo‘st, ijotkor, rayhon

B)iste’dod, bunyodkorlik, hujum

C)mudofaa, jigarband, jaxolat

D)jaxongashta, navo, mahliyo

9. Adib XIII asrning oxiri XIV asrning boshlarida

Xorazmning Roboti o‘g‘uz degan joyida yashab

ijod etgan. U Nosiruddin To‘qbug‘aning

iltimosiga ko‘ra "o‘qimoqg‘a keraklik,

o‘rganmakka yarog‘liq" asar yozgan.

Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?

A) Fuzuliy B) Ahmad Yassaviy

C) Yusuf Xos Hojib

D) Nosiruddin Rabg‘uziy

10. Tarkibida ham vazifadosh ko‘makchi, ham sof

ko‘makchi qatnashgan gapni aniqlang.

A)Majlis boshlanishidan avval ma’ruzasini yana

bir bor diqqat bilan o‘qidi.

B)Hasharchilar tushlikdan keyin yana dalaga

qarab yo‘l oldilar.

C)Axir baliq ham suvga intiladi, ko‘kat

yorug‘lik sari bo‘y cho‘zadi.

D)Ustoz bir necha soniyalik sukutdan so‘ng

do‘sti tomon yuzlanib gap boshladi.

@Uztilim1.Qaysi javobda o'zaro ma'nodosh bo'lgan juft otlar berilgan?

A.Ur-yiqit

B.Ko'z-qosh

C.O'y-xayol

2.Tarkibida fe'l turkumiga oid so'z mavjud bo'lmagan qoshma otni aniqlang?

A.Iskabtopar

B.Kaltakesak

C.Beshotar

3.Bulbul gulzorni izlar, boyo'g'li esa hamisha vayronani ko'zlar.

Ushbu gapdagi yasama so'zlar qaysi turkumga mansub?

A.Ot,sifat

B.Ot,fe'l

C.Ot

4.Qayerda tinchlik bo'lsa, u yerda sotqinlik, aldamchilik g'am-g'ussa bo'lmaydi.



Yasama otlar nechta?

A.2ta


B.3ta

C.4ta


5.Yasama mavhum ot qatnashgan gapni toping?

A.Hasad-yurakning zanglashi

B.Toshkentlik mehmonga registon juda yoqdi

C.Qaysarlik mag'lubiyat sababchisidir.

6.Qaysi maqolda 2 o'rinda narsa oti qatnashgan?

A.Ko'kka boqma, ko'kka boq

B.Sayoq yurgan tayoq yeydi

C.Asal aynimas,saryog' chirimas

7.Mavhum otlarni toping?

Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g'ayrat, ham dadillik baxsh etgandek bo'ladi.

A.3

B.5


C.4

8.Yasama sifatdan yasalgan ot qaysi qatorda qatnashgan?

A.Yoqimli do'st suhbati olis yo'lni yaqin qilur

B.Sergaplik dushmanimizdir, chunki u ayblarni oshkor qiladi

C.Andishali odam iffatli bo'ladi

9.Shunday yashar sokin, bezavol.Pastakkina tandiri bilan,Katta uyda kichkina bir chol, kichkina bir kampiri bilan.

Ot so'z turkumiga ois so'zlarni toping?

A.6


B.5

C.4


10.Ikkinchi qismi jarangli va jarangsiz undoshdan tarkib topgan sodda yasama so'z bo'lgan qo'shma so'zni belgilang?

A.Tishkovlagich

B.Chidamlilik

C.Tinchliksevar

@Uztilim

@Uztilim


@Uztilim1. Berilgan she’riy parchada nechta yasama so’z qo’llangan?

Qon yig’latdi qaysi bag’ritosh,

Jayron, nega ko’zing to’la yosh?

Oyog’ingga qo’yib yotay bosh,

Jayron, nega ko’zing to’la yosh?

A) 5 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 3 ta

2. Tarkibidagi jarangsiz undoshni jarangli jufti bilan almashtirib

yangi ma’noli so’z hosil qilish mumkin bo’lgan so’zlar qatorini

aniqlang.

A) xor, shox, xam B) es, ek, os

C) tob, qor, o’t D) zo’r, don, tub

3. Birov odob o‘rgatsa, o‘rganmagan kishi hayvon, ammo uzr

so‘rasa, qabul qilmagan kishi shaytondir.

Ushbu gapda nechta fe’lning munosbat shakli qatnashgan?

A) 2 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 1 ta

4. Turlovchi qo’shimchalarga qaysi qo’shimchalar kiradi?

A)Egalik va kelishik shakllari

B) egalik, kelishik, ko’plik shakllari

C) egalik, kelishik, shaxs-son shakllari

D) egalik, kelishik, bog’lama shakllari

5. Quyida berilgan so’zlardan faqat turlovchi qo’shimchalar

ta’sirida fonetik hodisa yuz bergan so’zlar qatorini

toping.

1) bilakka; 2) tarog’im; 3) egni; 4) bo‘yoqqa; 5)qo’yni; 6) o’ynoqi

A) 1,2,6 B) 1,3,5 C) 1,2,3,4,5 D) 1,3,4,5

6. Qaysi gap tarkibida fe'lning munosabat shakli vazifasida

qo'llangan ko'makchi morfema sonor undosh tovush bilan

ifodalangan?

A) Otangning bolasi bo'lma, odamning bolasi bo'l.

B) Nima qilay, o'rgilay, aytsam, tilim kuyadi, aytmasam - dilim.

C) Kimki buni tushunmabdi, u katta xatoga yo'l qo'yadi.

D) Bir tishlam non gadosi bo'lib, birovlarning eshigiga borgan

vaqtlarim ham bo'ldi.

7. Men kutubxonada qadimiy kitoblarning ro’yxatini

ko’rdim va o’qib chiqib o’zimga kerakli kitoblarni so’radim.

Ushbu gapda turlovchi qo’shimchalar soni nechta?

A) 7 ta B) 6 ta C) 8ta D) 9 ta

8. Quydagi qaysi fe’llar fonetik qoida asosida yozilgan. 1) sanamoq

2) o’ynamoq 3) ko’karmoq 4) saylamoq 5) susaymoq

6) o’ylamoq 7) qiynamoq 8) qaynamoq

A) 3,4,6,8 B) 1,2,5,8 C) 1,2,4,7 D) 1,2,5,7

9. Qaysi maqolda fe’ldan yasalgan ot ishtirok etgan?

A) Nomardga yalinma, bir baloga chalinma

B) Issiq kiyim tanni ilitar, issiq so’z jonni ilitar.

C) Qarindoshingni yomonlab qaydan maza topasan

D) Aqlsiz do’stga kular, aqlli do’stini suyar.

10. Morfologik usul bilan yasalgan otlarni aniqlang.

A) yog’li, kinolenta B) suvarak, elak

C) o’roq, to’rtlik D) ota-ona, aka-uka

@UZTILIM


@UZTILIMONA TILI VA ADABIYOT:

🔖🔖🔖🔖🔖🔖🔖🔖🔖🔖🔖🔖. 1.chog‘li, bo‘ylab kabi ko‘makchilar qaysi kelishik

shaklidagi so‘zlarga qo‘shiladi?

A) bosh kelishigidagi

B) qaratqich kelishigidagi

C) jo‘nalish kelishigidagi

D) chiqish kelishigidagi

2. old, ost, ust singari vazifadosh ko‘makchilar qaysi

kelishik shaklidagi so‘zlarga qo‘shiladi?

A) bosh kelishigi B) qaratqich kelishigi

C) jo‘nalish kelishigi D) chiqish kelishigi

3.-gina qo‘shimchasi qaysi turkumga oid so‘zlarga

qo‘shilib, ma’noni kuchaytirish, erkalash,

ta’kidlash uchun ishlatiladi?

A) ot, sifat, ravish, fe’l B) ot, ravish, sifat

C) ot, sifat D) faqat otlarga

4. Ismlarning munosabat shakllari qaysi javobda

noto‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) ismlarning egalik shakli

B) ismlarning ko‘plik shakli

C) -man, -san, -dir qo‘shimchalari

D) bo‘lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq so‘zlar

5. Kampirning jig‘i - biyroni chiqdi// ombordan

olib chiqqan bir savat paxtasi bilan chig‘irig‘ini

ko‘tarib// vaysaganicha// uyiga kirib ketdi.

Ushbu gapda // belgisi o‘rniga qanday tinish

belgilari qo‘yiladi?

A) ikki nuqta, tire, vergul

B) tire, vergul, vergul

C) ikki nuqta, vergul, vergul

D) nuqtali vergul, vergul, vergul

6. Turlanish nima?

A) ismlarning egalik qo‘shimchalari bilan

o‘zgarishi

B) ismlarning kelishik qo‘shimchalari bilan

o‘zgarishi

C) ismlarning egalik va kelishik

qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi

D) ismlarning ko‘plik qo‘shimchasi bilan

qo‘llanishi

7. Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasini olgan so‘zlar

gapda qanday bo‘lak vazifasini bajaradi?

A) vositali to‘ldiruvchi, o‘rin holi, payt holi

B) vositali to‘ldiruvchi, o‘rin holi

C) faqat vositali to‘ldiruvchi

D) vositali to‘ldiruvchi, o‘rin holi, vaziyat holi

8. Qaysi qo‘shimchalar so‘zlarning munosabat

shakllarini hosil qiladi?

A) ko‘plik, kichraytirish va erkalash

qo‘shimchalari

B) egalik, kelishik, -man, -san, -dir

qo‘shimchalari

C) fe’l nisbatlari va fe’l zamonlari qo‘shimchalari

D) berilganlarning barchasi so‘zlarning

munosabat shakllarini hosil qiladi.

9. Qaysi qatordagi gapda egalik qo‘shimchasi

qo‘llangan?

A) Kechasi ishlaydi, kunduzi uxlaydi.

B) Oradan ikki kun o‘tgandan keyin Tesha

Saidiyning hujrasiga keldi.

C) Tuni bilan mijja qoqmadi.

D) Berilgan gaplarning barchasida egalik

qo‘shimchasi mavjud.

10. Bola boshini qo‘llari orasiga qo‘yib, Boysun tog‘i

uzra charx urayotgan bulutlarga qarab jim qoldi.

Ushbu gapda nechta o‘rinda fe’lning vazifa

shakllari qo‘llangan?

A) 4 B) 2 C) 5 D) 3

@Uztilim

11. Ismlarning lug‘aviy shakllari qo‘llangan javobni

belgilang.

A) kitobning, kitobim, o‘quvchilar

B) uycha, odamlar, oyijon, quyoshdek

C) daftarcha, koptokka, qalamim

D) farzandmiz, bolam, mushukcha

12. Ismlarning munosabat shakllarini toping.

1) -lar; 2) -im; 3) -imiz; 4) -jon; 5) -da; 6) -cha;

7) -dir; 8) -man; 9) -ga; 10) -day

A) 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 4, 6, 8, 10

C) 2, 3, 5, 7, 8, 9 D) 6, 9, 10

13. Ismlarni kesim sifatida shakllantiruvchi va ega

bilan munosabatini ifodalovchi qo‘shimchalarni

toping.

A) -cha, -lar, -man

B) -ga, -da, -dan

C) -dir, -day, -dek

D) -man, -san, -dir

14. -ch qo‘shimchasi qaysi qatordagi so‘zlardan ot

yasaydi?

A) jirkan, tin, sevin B) ishon, tayan, quvon

C) o‘tin, shoshil, aya D) qo‘rq, tin, quvon

15. Bosh kelishikdagi so‘z yoki otli birikma bilan

ifodalanadigan bir tarkibli gap qanday

nomlanadi?

A) to‘liqsiz gap B) atov gap C) so‘z - gap

D) kiritmalar

16. Otlar qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?

A) kim? nima? B) kim? nima? qayer?

C) kim? nima? qaysi?

D) kim? nima? qayer? qaysi?

17. Borish-kelish qilmaysiz, kimdan qoldi

ko‘nglingiz.

Ushbu gapdagi juft so‘z qaysi so‘z turkumiga xos

va uning sintaktik vazifasini aniqlang.

A) ot, to‘ldiruvchi B) ot, ega

C) harakat nomi, ega

D) harakat nomi, to‘ldiruvchi

18. Tub otlar berilgan qatorni toping.

A) saroydagi, ijodkorlar, sartarosh

B) qassob, zargarlik, quroldosh

C) qalpoqcha, do‘stlarimizga, zavqini

D) g‘azalxonlar, ijodkorlik, qo‘lqop

19. Yasama otlar berilgan qatorni toping.

A) saroydagi, ijodkorlar, sartarosh

B) qassob, zargarlik, quroldosh

C) qalpoqcha, do‘stlarimizga, zavqini

D) g‘azalxonlar, ijodkorlik, qo‘lqop

20. O‘zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari

//Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi va Davlat

madhiyasi milliy iftixorimiz, sharaf-shonimiz

sanaladi.

Ushbu gapda //belgisi o‘rnida qanday tinish

belgisi ishlatilishi kerak?

A) vergul B) nuqtali vergul C) ikki nuqta



D) tire

@Uztilim
Download 18.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling