Monetar siyosat nazariyasi” fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Download 26.92 Kb.
|
MAVZU-1
MAVZU. MONETAR SIYoSATNING NAZARIY ASOSLARI “Monetar siyosat nazariyasi” fanining predmeti, maqsad va vazifalari “Monetar siyosat nazariyasi” fanining predmeti, monetar siyosatning nazariy asoslarini, Markaziy bankning diskont, majburiy zaxiralar, valyuta siyosatini va ochiq bozordagi operatsiyalarini hamda monetar siyosatda qo’llanadigan matematik modellarini o’rganishdan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida milliy xo’jalikning samarali faoliyat yuritishi uchun monetar siyosat orqali pul muomalasini tartibga solish muhim ahamiyatga ega. Pul-kredit siyosati davlat yo’li bilan moliya sohasini tartibga solish usullaridan biri sifatida jamiyatda makroiqtisodiy barqarorlikka erishishga yo’naltirilgandir. Makroiqtisodiy barqarorlik umumiy narx-navo o’sishi sur’atlarining pastligi, ijtimoiy xo’jalikda ishlab chiqarishning barqaror o’sishi, mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan to’liq bandligi, to’lov balansining qoniqarli ahvoldaligi va milliy valyutaning tashqi bozorlardagi barqarorligi kabi ko’rsatkichlarda aks etadi. Bu vazifalarni qattiq monetar siyosat yuritish orqali hal etish mumkin. Monetar siyosat - Markaziy bank tomonidan milliy valyuta va narxlar barqarorligini ta’minlashda, pul massasi, bank tizimining likvidligi hamda to’lov balansini tartibga solishda, makroiqtisidiyot va moliyaviy barqarorlikni, iqtisodiy o’sishni mustahkamlashga yo’naltirilgan vositalar, usullar va chora-tadbirlar yig’indisidir. Monetar siyosat mamlakatda narxlar barqarorligini ta’minlash asosida iqtisodiy o’sishga, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish va uni yanada mustahkamlashda muhim o’rin tutadi. “Monetar siyosat nazariyasi” fanini o’qitishdan maqsad-rivojlangan mamlakatlardagi pul-kredit nazariyasini, monetar siyosatning nazariy asoslarini hamda Markaziy bankning diskont, majburiy zahiralar, valyuta siyosatini, ochiq bozordagi operatsiyalarini hamda monetar siyosatida qo’llanadigan matematik modellarini o’rgatish bo’yicha talabalarda shu sohada nazariy va amaliy professional bilimini shakllantirishdir. Fanning asosiy vazifalari: monetar siyosatning mohiyatini, uning asosiy instrumentlarini hamda monetar siyosat orqali iqtisodiyotni tartibga solittt va uni barqaror o’sishini ta’minlash yo’llarini amaliy tomondan o’rganish va tashkiliy tomonlarini bilish; iqtisodiyotni rivojlantirishda pul hajmini tartibga solish jarayonlarini o’rganish; monetar siyosatning xalqaro tendentsiyalarini o’rganish; pul-kredit siyosati instrumentlarini aniqlash; markaziy bankning monetar siyosati, tijorat banklari tizimining faoliyatini samarali olib borish, ularni liberallashtirish hamda modernizatsiyalash mexanizmlarini o’rganadi. SHuningdek, “Monetar siyosat nazariyasi” fani fundamental fanlardan biri bo’lib, boshqa iqtisodiy fanlarni chuqur o’rganishda asos bo’lib xizmat qiladi. Download 26.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling