Monetar siyosat nazariyasi” fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Download 26.92 Kb.
|
MAVZU-1
Selevkid va Grek-baqtriya davlatlarning tuzilishi bilan bog’liq. Eramizdan avvalgi SH-P asrlarda shimoliy Baqtriya So’g’d, Buxoro, Xorazmda kumush va suberat (yupqa kumush bilan qoplangan, bronza asosli) tangalar chiqarila bshlandi.
Eramizdan avvalgi I asrlarda sof kumush va mis tangalar chiqarila boshlandi, ularning bir tomonida mahalliy hokimning portreti tasvirlangan, ikkinchi tomonida esa so’g’d, xorazm, keyinroq esa baqtriya tilida yozilgan yozuv va turli tasvirlar aks ettirilgan. Boshqa tanga pullar tizimi janubiy O’zbekiston va Turkmaniston hududlarida joylashgan ko’chmanchi xalqlar tomonidan tuzilgan yirik Kushon imperiyasi davrida yanada rivojlandi. Bu tizim kumushga emas, turli nominaldagi oltinga asoslangan. Eramizdan avvalgi III asrda O’rta Osiyo hududda Kushon davlatining parchalanishi bilan pul tizimi krizisi yuzaga keldi: tangalar sifati yomonlashdi, og’irligi yengillashdi, bularning barchasi quldorlik tuzumi tanazzuli bilan bog’liqdir. Ilgari o’rta asrlik oltin tangalar O’rta Osiyo mamlakatlarida zarb etilmagan. Kumush tangalar uchun “draxma” grek atamasi, bronza tangalari uchun esa “pani” mahalliy so’g’d so’zi va biz uchun tanish bo’lgan “tanga” denьga ) so’zi qo’llanilgan. O’rta Osiyo pul tizimi arablar va musulmonlik me’yorlari kirib kelishi bilan keskin o’zgardi. Oltin dinorlar (rimcha “dinariy” so’zidan olingan), kumush dirxamlar (grekcha “draxma” so’zidan olingan) va mis felьslar chiqarila boshlandi. IX asr oxirlarida Mavoraunnahrda markazi Buxoro shahri bo’lgan Samoniylar davlati barpo etildi. Bu davrda tanga yuqori rivojlanish darajasiga yetdi. Tangalar kumush miqdorining yuqoriligiga qarab farqlandi. Savdo aloqalarining kengayishi kumushning Yevropaga oqib ketishiga olib keldi. Bunga Uraldan Angliyagacha hududlarda arxeologlar tomonidan topilgan ko’pgina boyliklar misol bo’la oladi. XI asr boshlarida Somoniylar davlati o’rniga turk hoqonligi dinastiyasi kirib keldi va u ham pul munosabatlarida bir qancha o’zgarishlar yasadi. XIII asrda tangalar Buxoro, Xiva, Qo’qon, shuningdek, Toshkentda ham bosib chiqarila boshlandi. Buxoroda tangalarning yuqori probasi o’rnatildi, ularni zarb etish erkin tarzda amalga oshirildi. Har qanday shaxs davlat tanga idorasiga kumush olib kelishi va o’rniga kumush tanga (3,1 gr.) olishi mumkin edi. SHuningdek, oltin tangalar ham (“tillo” - 4,8 gr.) bosila boshlandi. Buxoroda mang’itlar dinastiyasining boshqaruvi bilan yuqori probali oltin tangalar chiqarila boshlandi. Rus savdogarlari Buxoro oltin tangalarini olishga juda ishqiboz edilar. Ularning probasi fors va hind oltinlarini yo’lda qoldirib ketar edi. Bu tangalarni bosish doimiy ravishda amalga oshirildi. Ular orqali asosan yirik savdolar amalga oshirilardi. XIX asrning oxirlarida Buxoroda qog’oz pullar ham muomalaga kira boshladi. SHunisi qiziqarliki, buning uchun amir mashinadan foydalanishni taklif qildi. Lekin, shu masala bo’yicha yig’ilgan kengash a’zolari darhol unga qarshi chiqdilar: “pulni qanday qilib mashinada chiqarish mumkin” va pullar avvalgidek qo’lda chiqarila boshlandi. Mahalliy tangalarni bosish O’zbekistonning Sovet Ittifoqiga qo’tttilittti bilan to’xtatilib qo’yildi, faqatgina bugunga kelib, mustaqillik yillaridagina o’z pullari - so’m va tiyinlarni (1994 yildan boshlab) chiqara boshladi. Rossiyada Dmitriy Donskiy davrida pul sifatida quyma kumushlar - “grivna”lar muomalada bo’lgan, tanga sifatida rim dinorlari (VIII asr yarmigacha), sharq dirxamlari ^SH-X asrlar,) g’arb tangalari (XI asrdan) ishlatilgan. Mo’yna boyliklari - ko’n, Download 26.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling