Monitoring 7 sinflar uchun
Download 9.62 Kb.
|
7-sinf monitoring
- Bu sahifa navigatsiya:
- __________ 24.
Monitoring 7 sinflar uchun. 1. Quyidagi harakatlardan qaysi biri tekis o’zgaruvchan harakatga misol bo’la oladi ? I. Tezligi bir xilda kamayib borayotgan jism harakati II. Tezligi bir xilda ortib borayotgan jism harakati III. Bir tekisda tormozlanayotgan jism harakati IV. Tezligi o’zgarmas bo’lgan jism harakati A) I, II, IV B) Faqat IV C) I, II, III D) I, II, III, IV 2. Boshlang’ich tezligi 2,5 m/s bo’lgan moddiy nuqta 0,1 m/s2 tezlanish bilan 10 s da qancha yo’lni bosib o’tadi ? A) 10 m B) 25 m C) 12,5 m D) 30 m 3. 12 m balandlikdan tushgan koptok 4 m balandlikka ko’tarildi. Koptokning yo’li va ko’chishi qanchaga teng ( m ) ? A) 10 m, 8 m B) 16 m, 8 m C) 8 m, 16 m D) 8 m, 8 m 4. 180 km/soat necha m/s ga teng ? A) 50 B) 18 C) 180 D) 5 5. Gapni to’ldiring: “Jismning muayyan bir paytdagi yoki trayektoriyaning ma'lum bir nuqtasidagi tezligi …. deb ataladi.” A) ...chiziqli tezlik... B) ...doimiy tezlik...C) ...muayyan tezlik... D) ...oniy tezlik... 6. m/s2 qanday kattalikning asosiy o’lchov birligi ? A) yo'l B) tezlik C) ko'chish D) tezlanish 7. Gapni to’ldiring: “Tekis harakatda jism tezligining yo'nalishi va son qiymati ….. " A) kamayib boradi B) ortib boradi C) o'zgarmaydi D) nolda teng bo'ladi 8. Tezlikning eng katta o’lchov birligi qaysi javobda keltirilgan ? A) m/s B) km/soat C) km/s D) m/min 9. Gapni to’ldiring: “To'g'ri chiziqli tekis sekinlanuvchan harakatda tezlik va tezlanish ….. yo'nalgan bo'ladi.” A) o'zaro qarama-qarshi B) bir xil C) ixtiyoriy D) o'zaro bir-biriga tik 10. Tekis sekinlanuvchan harakat uchun tezlanish qanday bo’ladi ? A) ixtiyoriy B) a=0 C) a>0 D) a<0 11. 40 m/s necha km/soat ga teng ? A) 144 B) 90 C) 14,4 D) 1440 12.Avtomobilning tezligi 20 s da 5 m/s dan 20 m/s gacha oshdi. Uning tezlanishi nimaga teng ( m/s2)? A) 0,75 B) 12,5 C) 5 D) 1,5 13. Quyidagi kattaliklarning qaysi biri vektor kattalik ? A) yo'l , tezlik , ko'chish B) vaqt, yo'l , tezlik C) tezlanish,yo'l , vaqt D) tezlik,tezlanish, ko'chish 14. To’g’ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakatda tezlanish qanday yo’nalgan ? A) harakat yo’nalishiga teskari B) harakat yo’nalishi bilan bir xil C) harakat yo’nalishiga tik D) tezlanish yo’nalishga ega emas 15. Qaysi holda kuzatuvchi uchun kuzatilayotgan jism moddiy nuqta bo’la oladi ? A) Aeroportdagi samolyot B) sport zalidagi o’quvchi C) sumkadagi kitob D) Balandda uchayotgan samolyot 16. Jismning tezligi 5 s da 2,5 m/s dan 4,5 m/s gacha oshdi. Harakat tezlanishi nimaga teng (m/s2 ) ? A) 0,8 B) 0,2 C) 0,4 D) 1,4 17. 720 km/soat necha m/s ga teng ? A) 50 B) 72 C) 200 D) 20 18. Gapni to’ldiring: “ Vaqt birligi ichida jism tezligining o’zgarishi ..... deb ataladi. ” 19. Boshlang’ich tezliksiz to'g'ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jismning 3- s oxiridagi tezligi aniqlang ( m/s ). Tezlanish 1,5 m/s2. 20. Poyezd 40 m/s boshlang’ich tezlik bilan stansiyaga yaqinlashmoqda. Uning tezlanishi -1,6 m/s2 bo'lsa, necha sekunddan keyin to'xtaydi. 21. 12,5 km ni metrga aylantiring _____________ 22. Jismning o'lchamlari kuzatuvchidanungacha bo'lgan masofadan ko'p marta kichik bo'lsa, bunday jism qanday ataladi ? _______________________ 23. Quyidagi tezliklardan qaysi biri eng katta: 25 m/s, 72 km/soat, 104 sm/s ? __________ 24. Boshlang’ich tezliksiz to'g'ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakatlayotgan jismning o'rtacha tezligini topish formulasini yozing ________________ . 25. Boshlang’ich tezliksiz tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jismning bosib o’tgan yo’lini hisoblash formulasini yozing .0> Download 9.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling