Monografiya Имомов. Б
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Monografiya Имомов.Б.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ettinchidan
Beshinchidan, Bugungi kunda jahonda iqtisodiyotning eng serdaromad
yo‘nalishlaridan biriga aylanayotgan turizm sohasini rivojlantirishda O‘zbekiston PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 131 va Turkiya aloqalari jadal yo‘lga qo‘yildi. Mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirishda Turkiyaning “mo‘risiz sanoat” tajribasi hamda sayyohlik firma va kompaniyalari muhim rol o‘ynamoqda. Bunda ayniqsa, turkiyalik ishbilarmonlar va mutaxassislar tomonidan sayyohlikni yangi yo‘nalishlarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirayotgan loyihalari o‘z navbatida O‘zbekistonning jahon turizm bozoriga integrasiyalashuviga hamda sayyohlar sonini ortishiga xizmat qiladi. Oltinchidan, O‘zbekiston–Turkiya aloqalarida muhim yo‘nalishlaridan biri bu ta’lim tizimiga qaratildi. O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va Turkiyaning “Silm” shirkati o‘rtasida 1992-2000 yillarga mo‘ljallangan ta’lim sohasidagi hamkorlik dasturi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. O‘zbekistonning viloyat markazlarida o‘zbek-turk liseylari ochildi. Lisey o‘quvchilari respublika va xalqaro miqyosida uyushtirilgan fan olimpiadalarida ijobiy natijalarga erishdi. Ammo liseylarda o‘qituvchilarga viza olish, aviachiptalar, tibbiy xizmat ko‘rsatish, oylik maoshlarni to‘lashda konvertasiya bilan bog‘liq muammolar hamda “Silm” shirkatlarining diniy-siyosiy oqimlar ta’sirida ekanligi aniqlangandan so‘ng ularning faoliyati to‘xtatildi. Shuningdek, ikki mamlakat hamkorligining har bir bosqichlarida fan olimlari va ilmiy tadqiqot markazlari tomonidan fanning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar, xalqaro anjumanlar o‘tkazilib, ko‘plab o‘zaro qo‘shma loyihalar amalga oshirib kelindi. Ettinchidan, O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasida madaniyat va san’at sohalarida o‘zaro aloqalar yuqori darajada rivojlanib, asosan madaniyat va san’at kunlari, milliy bayram tadbirlari o‘tkazish hamda O‘zbekiston – Turkiya do‘stlik jamiyati, o‘zbek-turk milliy madaniy markazlari tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro konferensiyalar, festivallar, tanlovlar va xalqaro ko‘rgazmalarni tashkil etish odat tusiga kirib bordi. Shuningdek, musiqa, tasviriy san’at, xalq og‘zaki ijodi, teatr va kino sohalarida ikki davlat vakillari hamkorlik qilib kelmoqda. Samarqandda o‘tkaziladigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida turkiyalik san’atkorlar doimiy ishtirokchiga aylandi. San’at ustalari xalqaro anjumanlarda uchrashib, o‘zaro muloqat qilib keldi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 132 Yuqorida keltirilgan xulosalardan kelib chiqib, Turkiyaning ta’lim, fan va texnika, innovasiyalar, sog‘liqni saqlash hamda sayyohlik xizmatlarini ko‘rsatish borasidagi ulkan tajribasidan foydalanish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish O‘zbekistonning kelgusi taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deb o‘ylayman. Shu bilan birga, kelajakdagi o‘zaro aloqalarning mustahkamlashda ayrim jihatlarni e’tibordan qochirish kerak emas. Ikki davlat hamkorligining o‘tmishdagi xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarish va ularni boshqa takrorlamaslik, eski tizimning ba’zi xatolarini esa mumkin qadar tezroq va adolatli hal etish hamda aloqalarning kelajagiga raxna solishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Shuningdek, Turkiya bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mafkuraviy asoslarga ko‘ra emas, iqtisodiy manfaatlar ustuvorligi asosida shakllantirish maqsadga muvofiqdir. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling