ICHKI NUTQ
Ichki nutq nutq faoliyatining alohida xili hisoblanadi. Ko`pincha ichki nutq amaliy va nazariy faoliyatni rejalashtirish fazasida vosita sifatida nomoyon bo`ladi. Agar biz biron-bir qiyin masalani yechayotgan bo`lsak uni o`z-o`zimiz bilan maslahat (muhokama) qilib olamiz. Tabiyki ichki nutq chala-yarim, uzuq-yuluq - ya’ni fragmentar xarakterga ega bo`ladi. Sababi biz o`z fikrimizni, nima haqida o`ylab nima haqida "gapirayotganimizni" o`zimiz juda yaxshi tushunamiz.
Ikkinchi tomondan, ichki nutqda biron vaziyatni idrok qilish paytida anglashilmovchilik bo`lmaydi. Ichki nutq xaddan tashqari sharoitga bog’liqdir. Ichki nutqni artikulyatsiya a’zolarining harakatlarini (lablar, tilning harakatlari) qayd qilish yo`li bilan tekshirish mumkin. Ammo bu holda ichki nutqning mantikiy jihatdan oxirigacha olib boilmaydigan, real ovoz chiqarishgacha yetkazilmaydigan talaffuz qilish harakatlarigina o`rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |