Monolog (mono… va yun logos — soʻz, nutq) — badiiy asar komponentlaridan biri boʻlib, asarda ishtirok etuvchi shaxslarning oʻz-oʻziga, oʻzgalarga qaratilgan nutqi
Download 67.85 Kb.
|
MONOLOG
Muloqot jarayonida har ikki omil – til va tildan tashqaridagi omillar baravar ishtirok etganligi hamda birdek ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun bu o‘rinda ularni ajratishga harakat qilmaymiz. Asosiy e’tiborni jarayonning o‘ziga qaratamiz.
Tushunishimizcha, nutq odobining zarur sharti yoshi, jinsi, jamiyatda tutgan mavqeidan qat’i nazar, suhbatdoshlar o‘rtasidagi samimiy munosabat va hurmat-ehtirom bo‘lib hisoblanadi. Mana shu omillar bo‘lgan joyda so‘zlovchining o‘z shaxsini ustun qo‘yishiga, suhbatdoshini mensimasligiga, fikrini ortiqcha ovoz va harakatlar bilan ifoda etishiga o‘rin qolmaydi. Bunday paytlarda, odatda, suhbat ijobiy yakunlanadi. Faqat shu narsani ta’kidlash mumkin bo‘ladiki, suhbat jarayonida ohang juda katta vazifani bajaradi. Kayfiyat qanday bo‘lishdan qat’i nazar bu jarayonda eng ma’qul ohangni tanlash so‘zlovchini maqsadiga erishtiradi. So‘zlarni aniq-ravshan talaffuz qilish, muloyim va mayin ovoz bilan hovliqmasdan gapirish tinglovchida hamisha so‘zlovchini tushunishga harakat qilish istagini paydo qiladi. Birgina o‘tiring so‘zini turli ohangda talaffuz qilish bilan vaziyatga qarab iltimos, talab, maslahat, ogohlantirish, buyruq, jerkish kabi ma’nolarni ifoda etish mumkin. Shuning uchun ham gapirganda ohangga ehtiyot bo‘lish lozim. Mustaqillikdan keying o‘tgan davrda muomala jarayonidagi ayrim til birliklariga munosabat o‘zgardi. Kishilar bir-birlari bilan uchrashganlarida salomlashuv jarayonida qisqa qilib Salom deyishlar kamaydi va uning o‘rnini Assalomu alayкит egalladi. Hol-ahvol so‘rashish jarayonida Alloh va tinga aloqador bo‘lgan so‘zlar bemalol ishlatiladigan bo‘ldi. O‘rtoq falonchiyev deyishlar kam eshitiladigan bo‘ldi. Muhtaram, hurmatli, birodar so‘zlari faollashdi. Bu holatlar yana asta-sekinlik bilan muloqot jarayonida sharqona urf-odatlarga qaytish istagining ustunlik qilayotganligidan dalolat beradi. Mana shu istakni amalga oshirish jarayonida ayrim er-xotinlar o‘rtasidagi bir-birlarining ismlarini aytib yoki ba’zi farzandlarning o‘z ota-onalarini ruslarga taqlid qilib, sensirab murojaat qilishlari yo‘qolib ketishidan umid qilish mumkin. Qayerda nima haqda gaplashishni bilish ham nutq odobining eng zarur shartlaridan sanaladi. Masalan, to‘yda o‘limdan va azadan gapirish ma’qul bo‘lmaganidek, azada ham to‘yu tantanadan so‘zlash yoki kulib o‘tirish, bo‘lar-bo‘lmasga yonma-yon o‘tirganlarni gapga tortish ma’qul ish emas. Atrofdagilarning kayfiyatini, mavqei va yoshini hisobga olmasdan turib hazil qilish yoki latifa aytish ham (arosatli kishining ishi emas. Maqtov va xushomad ham hammaga yoqadi, ammo u nosamimiy bo‘lsa, hurmat sanalmaydi. Suhbat jarayoni turli paytlarda, turli joylarda yuz berishi mumkin. Наr bir vaziyat o‘z odob qoidalariga ega. Ammo ularning barchasi uchun umumiy holat shuki, so‘zlashdan ko‘ra tinglashga ko‘proq ahamiyat berish lozim bo‘ladi. Yoshi kattalarning gapirishiga ko‘proq imkoniyat berish lozim. Suhbatdoshning gapini mumkin qadar ma’qullab turish, agar bildirayotgan fikrlari ma’qul bo‘lmasa, buni yotig‘i bilan tushuntirish, hech imkoni bo‘lmasa, suhbat mavzusini boshqa tomonga burish lozim topiladi. Xullas, nutq odobi muloqot jarayonida nihoyatda zarur bo‘lib, u insonda an’anaviy urf-odatlarni o‘zlashtirish, ota-ona, ta’lim muassasalari, atrof-muhit, badiiy va ilmiy adabiyotlarni o‘qish davomida o‘zlashtiritib boriladi. Harqalay, bugunga kelib nutq madaniyatiga bo‘lgan talab tubdan o‘zgardi. Chunki mustaqil O‘zbekiston kelajakda o‘ziga xos va o‘ziga mos taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Bu yo‘lda adashmay borish uchun miliiy istiqiol g‘oyasini ishlab chiqdi. Ana shu milliy istiqlol g‘oyasini xalqimiz qalbi va ongiga singdirishda nutqiy ta’sirchanlik ham alohida mavqega ega. «O‘rnida ishlatilgan so‘zlar, yorqin va dildan bayon etilgan nutq, bama’ni fikr har doim odamlarning xulq-atvoriga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Muloqot jarayonida fikrga, sog‘lom g‘oyaga ega bo‘lish masalaning bir jihati. Uning boshqa bir muhim jihati ana shu fikrlarni bayon eta olish qobiliyatidir». O‘zbek xalqi dunyoda o‘z ma’naviyati va madaniyati mavjud bo‘lgan turkiy xalqlarning biri sifatida tildan foydalanishda ham qadimiy an’analari, odat va ko‘nikmalariga ega. Zero, ana shu ana’ana va odatlar har bir xalqning o‘zligini ko‘rsata oladigan belgilar sanaladi. Ona tilimizning bu ijtimoiy jihatlari tadqiqotchilarimizning ham e’tiborini tortgan. Ammo keyingi o‘n yillikda ushbu mavzuga bag‘ishlangan ikkita yirik tadqiqot – S. Mo‘minov va Sh. Iskandarovalarning monografik ishlari maydonga keldiki, biz mazkur mavzuni yoritishda bevosita ana shu kuzatishlar natijalariga asoslanamiz. Ma’lumki, inson faoliyati uning jamiyat mahsuli sifatida mavjudligi sanalib, ana shu faoliyat jarayonida u ma’lum harakatlarni amalga oshiradi hamda jamiyat a’zolari bilan til muomalasida: muloqotda, fikr almashishda bo‘ladi. Ammo bu muomala tildan foydalanuvchilarning madaniyati darajasiga ko‘tarilgunga qadar uzoq davrni bosib o‘tishi tabiiy. O‘zbek nutqi ham bugungi taraqqiyot bosqichiga yetgunga qadar ana shunday vaqt sinovidan o‘tgan. Tushuntirish xati. Monologik matn. Halima Xudoyberdiyeva hayoti va ijodi. Fan- O‘zbek tili O‘qituvchi- Kamaliddinova Nigora Sirajiddinovna REJA: 1 • Tushuntirish xati 2 • Monologik matn va uning turlari 3 • Halima Xudoyberdiyeva hayoti va ijodi 4 • “Majnuntol” she’ri Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 45-maktab direktori J.Salimovaga 11-B sinf o‘quvchisi S. G‘aniyevadan Tushuntirish xati Men 2018-yil 4-aprelda onam betob bo‘lib qolganliklari tufayli darslarga kela olmadim. Ilova: Onamning kasalligi haqidagi shifokor ma’lumotnomasi. 2020-yil 5-aprel (imzo) S. G‘aniyeva Bilib oling! Tushuntirish xati ish yoki o‘qish jarayonida shaxs tomonidan sodir etilgan ayrim intizombuzarlik holati va uning sababi ko‘rsatilgan rasmiy ish qog‘ozi hisoblanadi. Tushuntirish xati rahbar talabi bilan aniq va ixcham tarzda yoziladi, dalillar bilan izohlanadi, qo‘shimcha asoslov hujjatlari bilan taqdim qilinadi. Toshkent shahri Mirzo Ulug’bek sanoat kolleji direktori A.Mahamatovga T.Murodovdan Tushuntirish xati 2019-yil 19- noyabr. 12-guruhda mashg’ulot o’tkazilmay qolishi to’g’risida 2019-yil 19-noyabr soat 8.30 da fuqaro himoyasi mashg’ulotiga 26 ta o’quvchidan 4 tasigina keldi. Natijada mashg’ulotni qoldirishga to’g’ri keldi. Sana O’qituvchi (Imzo) T.Murodov 1-mashq. Yuqorida berilgan namuna va so‘z birikmalaridan foydalanib, tushuntirish xati yozing. Zaruriyat tufayli, betobligi sababli, shifoxonada davolanayotgani uchun, nosozligi tufayli, imkoniyati yo‘qligi tufayli, ob-havo o‘zgarganligi munosabati bilan, xabar berilmaganligi sababli, ruxsat berilmaganligi bois. Bilib oling! Monolog yunoncha monos - bir necha va logos - nutq so‘zlaridan olingan bo‘lib, bir shaxsning bog‘lanishli nutqini bildiradi. Monolog o‘z xususiyatiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi. So‘zlovchining to‘g‘ridan to‘g‘ri boshqalarga qaratilgan nutqi ochiq shakldagi monolog yoki tashqi monolog deyiladi. Monolog insonning ichki nutqi, ya’ni o‘z-o‘zi bilan so‘zlashuvi tarzida bo‘lsa, yopiq shakldagi monolog yoki ichki monolog deyiladi. Monologlar badiiy asarlarda ko‘p uchraydi. 2-mashq. Abdulla Qahhor hikoyalaridan berilgan parchalarni o‘qing. Ichki va tashqi monologik nutqlarni qiyoslang va yozing. Kampir uning tovushini eshitmadi. U o‘zicha gapirib borar edi: «Burungi zamon bo‘lsa, mana shu maxluqqa tegmasdan ilojing yo‘q edi, desam, Adolat ishonmaydi, o‘lay agar ishonmaydi!» («Qizlar» hikoyasidan.) San’atkor izvoshchini hayron qoldirib, o‘zidan o‘zi g‘uldirab borar edi. Uyda ham tomog‘idan hech narsa o‘tmadi - ikki piyola choy ichdi, xolos. Unga turib-turib ta’sir qilar edi: «Ashulani mexaylistik aytar emishman! Tovushim yomon bo‘lsa, nega plastinkaga oldi? Tanqid deganiga endi bu kishining ham tanqid qilg‘ulari kelipti... Obbo!..» («San’atkor» hikoyasidan.) Ozbek shoiralari Halima Xudoyberdiyeva (1947) Halima Xudoyberdiyeva 1947-yil 17-mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida dehqon oilasida tug‘ilgan. «Otam, - deb eslaydi shoira, - adabiyotga ixlosmand odam bo‘lib, o‘rtoqlari bilan tez-tez yig‘ilishib turishardi. Ular chaqchaqlashib suhbat qurib, kitobxonlik qilganlarida uyimizda tongotar bazm bo‘lardi. Qiblagohim otam kitoblar qiroatini joyiga keltirib, g‘alati, yurakni larzaga keltiruvchi bir xonish bilan o‘qirdilar. Ijodkor bo‘lib, ozgina nimagadir erishgan bo‘lsam, buning uchun men otaonamning poyiga bosh qo‘yib, ko‘nglimni izhor qilmog‘im lozim». Halima Xudoyberdiyeva o‘rta maktabdan so‘ng Toshkent Davlat universitetida ta’lim oldi. So‘ngra «Saodat» jurnalida avval bo‘lim boshlig‘i, muharrir o‘rinbosari va keyinchalik bosh muharrir sifatida samarali faoliyat ko‘rsatdi. Shoira ijodida uning so‘nggi yillarda yaratgan ikki she’riy to‘plami - «Bu kunlarga yetganlar bor» va «To‘marisning aytgani» alohida qimmatga ega. Halima Xudoyberdiyeva o‘zining «Muqaddas ayol» nomli she’riy to‘plami uchun Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. 1992- yilda esa unga «O‘zbekiston xalq shoiri» degan yuksak unvon berilgan. Majnuntol Majnuntol, ey, egib shox Sen kimlarga sir aytding. Baridan bo‘ldim ogoh, O‘n aytdingmi, bir aytding. Siringni suvga solma, Bargingdan g‘am arisin. Bir siringni ololmay Yosh dunyolar qarisin. Sen ham ko‘zin yoshini Hech kim ko‘rmas bir naysan. Faqat ishqing yashirib Mendek yig‘layolmaysan. Lug‘at majnuntol - плакучая ива qarimoq - стареть sir - тайна, секрет nay - музыкальный инструмент arimoq - исчезать типа свирели Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 1. Shoira Halima Xudoyberdiyeva haqida so‘zlab bering. 2. Matnning qanday turlari bor? 3. Dialog va monolog matnlarga xos xususiyatlar haqida ma’lumot bering. 4. Tushuntirish xati qachon va qanday yoziladi? Uy vazifasi. «Men sevib o‘qigan kitob» mavzusida kichik monologik matn yozing. Nutqning dialogik va monologik shakllari Inson nutqi ko'rinishlari sifatida dialogik nutq ham, monologik nutq ham nutqning shakllanishidagi umumiy qoidalarga hamda insonlar o'rtasida amalda bo'lgan muomala etikasi va tamoyillariga bo'ysunadi. Ayni paytda, ularning har biri shakllanishdagi til xususiyatlari va tildan tashqarida bo'lgan omillarga munosabati bilan bir-biridan farqlanadi. Ikki kishi o'rtasidagi har qanday suhbatni dialog sifatida e'tirof etish Download 67.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling