Monopol raqobat va bozor samaradorligi Reja Raqоbatlashgan mоnоpоl bоzоri. Raqobatlashgan bozor muvozanati


Download 267.04 Kb.
bet6/8
Sana09.02.2023
Hajmi267.04 Kb.
#1179612
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5411208959560264359

5-rasm. Kurno muvozanati.
Birinchi firmaning ikkinchi firma ishlab chiqarishga ko’ra, ishlab chiqarish chizig’i rasmda chizig’ini beradi.
Xuddi shunday, ikkinchi firmaning mahsulot ishlab chiqarish hajmini birinchi firma ishlab chiqarishiga ko’ra tahlil qilib, natijada ikkinchi firmaning ishlab chiqarish chizig’i ni olishimiz mumkin (5-rasm). chizig’i ikkinchi firmaning birinchi firma ishlab chiqarish hajmini faraz qilgandagi va shu birinchi firmaning ishlab chiqarishi ikkinchi firmaning ishlab chiqarish hajmidan bog’liq ekanligini ifodalaydi. Agar firmalarning chekli xarajatlari bir-biridan farq qilsa, ya’ni bo’lsa, ularning ishlab chiqarish chiziqlari va lar ham bir-biridan farq qiladi (12.5-rasm).
Birinchi firmaning ishlab chiqarish chizig’i bilan ikkinchi firmaning ishlab chiqarish chizig’i kesishgan nuqtaga mos keluvchi birinchi va ikkinchi firmalar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot hajmlari muvozanati Kurno muvozanati deyiladi.
Muvozanat nuqtada har bir firma o’zining raqobatchi firmasining ishlab chiqarish hajmini aniq faraz qiladi. Muvozanat nuqtaga mos holda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi ikkala firma uchun ham optimal hisoblanadi va hech qaysi firma o’z mahsulotining ishlab chiqarish hajmini optimal hajmdan ko’proq yoki kamroq hajmga o’zgartirishdan manfaatdor emas.
Mahsulot hajmini optimal hajmdan har qanday o’zgartirilishi ikkala firmaning ham daromadini kamayishiga olib keladi. Muvozanat ishlab chiqarish hajmlari va firmalarning foydasini maksimallashtiradigan hajmlar hisoblanadi va firmalar bir-birlarining ishlab chiqarish hajmlarini to’g’ri faraz qiladilar.
Kurno muvozanati, o’yinlar nazariyasida Nesh muvozanati deb yuritiladi. Nesh muvozanati holatida har bir o’yinchi o’zining raqibi tanlagan harakatiga ko’ra tanlovi eng yaxshi tanlov hisoblanadi. Nesh muvozanati holatida hech bir o’yinchi o’zining harakatini o’zgartirishdan manfaatdor emas. Kurno muvozanatida ham har bir duopolist raqibi tanlagan ishlab chiqarish hajmida o’zining ishlab chiqarish hajmini foydani maksimallashtiradigan darajada belgilaydi va shu sabab duopolistlar o’zlarining mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini o’zgartirishidan manfaat olmaydilar.
Kurno modeli duopolistlar Kurno muvozanat holatida bo’maganda, ular shu muvozanatga erishish uchun harakat qilishi mumkinligi to’g’risida hech narsa demaydi. Nima uchun deganda, modelda raqobatchining mahsulot ishlab chiqarish hajmi o’zgarmas deb qilinadigan asosiy farazi bajarilmaydi. Hech qaysi firmaning mahsulot ishlab chiqarish hajmi o’zgarmasdan qolmaydi.

Download 267.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling