Monopolistik faoliyatni amalga oshirish oqibatlari va monopolistik faoliyat uchun javobgarlik

Download 0.57 Mb.
bet3/3
Sana08.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1168815
1   2   3
Bog'liq
Ibrohim Sattorov, MRI-91 2-kurs Biznes Huquqi fani

Xo'jalik yurituvchi subyekt tomonidan monopoliyaga qarshi davlat organining qonunbuzarlikni to'xtatish, dastlabki holatni tiklash, shartnomalarni bekor qilish yoki o'zgartirish to'g'risidagi ko'rsatmalarini bajarmasligi uni moliyaviy javobgarlikka tortish uchun asos bo'ladi. Shuningdek, monopoliyaga qarshi davlat organiga zarur axborotlarni taqdim etmaslik yoki ataylab noto'g'ri ma'lumotlami taqdim etish yohud ushbu organning ruxsati bilan sodir etilishi lozim bo'lgan harakatlarni uning roziligisiz amalga oshirish ham moliyaviy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Moliyaviy javobgarlik moliyaviy jarima ko'rinishida bo'ladi.

Yuqorida sanab o'tilgan harakat hamda harakatsizliklar o'z navbatida aybdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish uchun ham asos bo'ladi. Bu bevosita O'zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 178-moddasida o'z ifodasini topgan. Moliyaviy javobgarlikka xo'jalik yurituvchi subyekt tortilsa, ma’muriy javobgarlikka xo'jalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxsi tortiladi. Yuqoridagi qoidabuzarliklarni ma’muriy javobgarlik qo'llanilgandan so'ng yana sodir etish jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Mazkur holat O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 183- moddasida aks ettirilgan. Bunda aybdor shaxs jarimaga tortilishi, muayyan huquqdan mahrum etilishi yoki ahloq tuzatish ishlariga jalb etilishi mumkin. Demak, monopolistik faoliyatni amalga oshirish darhol moliyaviy, ma’muriy hamda jinoiy javobgarlikka tortilish uchun asos bo'la olmas ekan. Balki monopoliyaga qarshi davlat organining monopoliyaga oid qonunbuzarlikni bartaraf etish to'g'risidagi ko'rsatmalarini bajarmaslik moliyaviy, ma’muriy hamda jinoiy javobgarliklarni keltirib chiqaradi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling